O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 393.5 Kb.
bet6/43
Sana02.02.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1147437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
chekma

Atamalar lug’ati


Axloq qoidalari – yozma ravishda qayd etilmaydigan jamoatchilik tomonidan o’rnatiladigan inson xulq-atvorining majmuasi yoki yurish-turish qoidalari.
Mustaqillik – Tashqaridan rahbarliksiz va amaliy yordamsiz shaxs tomonidan o'z faoliyatini rejalashtirib, o’ylab ko’rish va faol harakat qobiliyatidir.
Faollik – muayyan inson faoliyatini jadal yo’nalganlik bilan namoyon bo'ladigan shaxs xususiyatidir.
Shaxs yo’nalganligi – insonning hayot mazmuni bo’lgan xohishi, intilishi, ehtiyoji, istagi, ishonchi, yuksak bosqich namoyon bo’ladigan murakkab va uyg’unlashgan hosila.


Mulohaza yuritib ko’ring!


O’zingizga bergan baho ko’rsatkichi qanday? Javoblar:
Aksariyat holda - 4 ball.
Ko'pincha - 3 ball.
Ba’zan - 2 ball.
Kamdan-kam - 1 ball
Hech qachon - 0 ball.


Munozara variantlari


  1. Men ko'pincha bexuda hayajonlanaman.

  2. Men do'stlarimning dalda berib turishini hohlayman.

  3. Men tentak bo'lib ko’rinishdan qo’rqaman.

  4. Men kelajagim uchun qayg’uraman.

  5. Boshqalarning tashqi ko’rinishi menikidan ancha yaxshiroq.

  6. Afsus, meni ko’pchilik tushunmaydi.

  7. Odamlar bilan yaxshi muomala qilishni bilmayman deb o’ylayman.

  8. Odamlar mendan juda ko’p narsani kutadilar.

  9. O’zimni kishandbanddek his qilaman.

  10. Menga doimo xuddi ko’ngilsizlik ro’y beradigandek tuyuladi.

  11. Odamlarning menga bo’lgan munosabati meni o’ylantiradi.

  12. Meni ortimdan odamlarning gapirishini sezaman.

  13. Men o’zimni xavfsiz deb hisoblayman.

  14. Fikr almashadigan, dardlashadigan odam yo’q.

  15. Odamlar mening yutuqlarim bilan unchalik qiziqmaydilar.



Mushohada qiling!


Ballar yig’indisi 10 dan kam bo’lsa shaxs o’zini yuqori baholaydi.
O’zgalar ustidan hukmronlik, maqtanchoqlik, manmanlik hissidan ozod bo’lish kerak.
Ballar yig’indisi 10 dan 30 gacha bo’lsa shaxs – o’zini to’g’ri baholaydi, ya'ni haqiqatga yaqin, qo’lidan har ish keladi, imkoniyatlari yetarli, faqatgina faol harakat qilishi kerak bo’ladi.
Ballar yig’indisi 30 dan ortiq bo’lsa - shaxs o’zini yetarli baholamaydi. O’ziga va o'z imkoniyatlariga ishonmaydi.

Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling