O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 393.5 Kb.
bet4/43
Sana02.02.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1147437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
chekma

Dono fikrlar olamida
Birovga yomon so'z aytadigan yoki boshqalarning yomon so'zini eshitadigan odam, kelishmovchilik uyg’otadi. Chunki, u o’z nafratini qoniqtirish uchun, pok insonni xonavayron qilishga harakat qiladi. Unday kimsa lavozimiga loyiq emas.
Amir Temur
O’z burchingni eslashga harakat qil, shu zahoti o’z qadr-qimmatingni bilib olasan.
A.Tolstoy
O’zgalar aybiga tetik nazar sol,
O’z aybing ko’rgandek, undan ibrat ol.
Nizomiy Ganjaviy
Haqiqiy mard odam biron-bir ishga qo’l urganda ehtiyotkor bo’lmog’i, barcha tasodiflarni chamalab ko’rmog’i, ammo ishni hal etishga kelganda esa jasorat ko’rsatmog’i kerak.
Gerodot
Axloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi.
Arastu


Atamalar lug’ati


Taqlid qilish – biron qolip yoki namunaga ergashish.
Yotsirash, begonalanish – kishi tevarak-atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatda o’zga kishi yoki jamoani go’yo unga qarama-qarshiday tuyulib shubha, hatto ularga nisbatan dushmanlik hissi uyg’onishi.
Norasmiy guruh – o’zaro faoliyat va daxldorlik hissi bilan birlashgan, lekin tasdiqlangan yuridik mavqega ega bo’lmagan kishilar majmuasi.
Konformizm – Insonning tevarak-atrofdagi odamlar fikriga moslashishi oqibatida o’z xulqini o’zgartira olish moyilligi.


Fikrlab ko’ring:
Agar norasmiy guruh qonunbuzarlikka tayorlanayotganini o’smir bola sezib qolsa. Bu o’’smirdagi qaysi sifatlar unga ushbu norasmiy guruhni noqonuniy hatti-harakatlariga qo’shilmaslikka halal beradi. Ularni belgilang!
botirlik – qo’rqoqlik
qizg’anchiqlik - sahiylik
xudbinlik – g’amxo'rlik
irodalilik - irodasizlik
ayyorlik - insonparvarlik
mustaqillik - konformizm
kuchlilik - zaiflik
Odatdagi guruhda – do’stlik va jinoiy guruhda esa – yurish-turish qoidalari mavjud. Ularni bir-biridan ajratishga harakat qiling.

Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling