O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o`sishning asosiy qiymat ko`rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi


Download 0.92 Mb.
bet72/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o`sishning asosiy qiymat ko`rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • YaMM (SMM) yoki milliy daromad hajmining real ko`payishi;

  • YaMM (SMM) yoki milliy daromadning aholi jon boshiga solishtirgandagi o`sishi;

  • YaMM (SMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ortishi;

Iqtisodiy o`sishni aniqlashda har uchala ko`rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha bo`ladi:
Maslanan: agar diqqat markazida iqtisodiy potentsial muammosi tursa, birinchi ko`rsatkichda aniqlash ko`proq mos keladi. Alohida mamlakat va regionlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko`proq ikkinchi ko`rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko`rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Odatda, iqtisodiy o`sish % (foiz)da o`sishning yillik sur'ati sifatida aniqlanadi. Masalan, agar o`tgan yili real YaMM 60 mlrd. so`mni va joriy yilda 70 mlrd. so`mni tashkil qilgan bo`lsa, o`sish sur'atini joriy yildagi real YaMM hajmiga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin. Bu holda o`sish sur'ati 16, 6%ni (70G`60*100) tashkil qiladi.
Iqtisodiy o`sishning alohida tomonlarini xarakterlovchi ko`rsatkichlari ham mavjud bo`lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejalishi, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
A) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi darajasi, ya'ni uning unumdorligi.
B) xodimning malakasi va tayyorgarligi darajasi.
V) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o`rtasidagi nisbat.
G) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o`sishning jahon amaliyotida keng qo`llanadigan boshqa ko`rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo`yicha hisoblab chiqilgan YaMM ko`rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda xalq xo`jaligining yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o`rtasidagi nisbat ham o`rganiladi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling