2.Iqtisodiy o`sish omillari. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
Iqtisodiy o`sishga ta'sir ko`rsatuvchi omillarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o`sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
1.Tabiiy resurslarning miqdori va sifati.
2. Mehnat resurslarining miqdori va sifati.
3. Asosiy kapital va (asosiy fondlar)ning hajmi.
4. Texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida amalga oshirilayotgan «...tarkibiy o`zgarishlar iqtisodiy o`sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda»1 .
Iqtisodiy o`sishga taqsimlash omillari ta'sir qiladi. Ishlab chiqarish potentsialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to`liq jalb qilingan bo`lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o`sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli maxsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo`ladi.
Iqtisodiy o`sishga ta'sir qiluvchi, taklif va taqsimlash omillari o`zaro bog`liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o`sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o`sish uchun imkoniyat yaratadi. To`liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bun-
day o`sishni ruyobga chiqaradi.
Iqtisodiy o`sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o`z o`rniga ega bo`lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e'tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Taklif omillarining iqtisodiy o`sishga ta'sir qilishi quyidagichadir:
Real maxsulot o`sishini aniqlab beruvchi omillar
Mehnat sarflari
|
|
|
1. Band bo`lganlar soni
2. Ishlagan kishi soatlarining o`rtacha miqdori
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |