4. Milliy daromad, uning tarkibi, o`sish omillari, taqsimlanishi va kayta taqsimlanishi.
Ishlab chiqarishning o`zida yuz beradigan taqsimlash birlamchi taqsimlash deb ataladi. Uning natijasida birlamchi daromadlar ya'ni:
foyda ;
ish haqi fondi;
amortizatsiya fondi tashkil topadi.
Birlamchi taqsimlanishdan sung ikqilamchi yoki qayta taqsimlash yuz beradi. Bir marta qayta taqsimlangan ichki maxsulot qiymati moliya vositalarida, masalan : soliq va har xil to`lovlar yordamida qayta taqsimlanadi. Natijada jamiyat ixtiyoridagi milliy daromad (MD) hosil bo`ladi.
Milliy daromad jamiyat miqyosidagi barcha daromadlar yigindisidir, u tabiatan yangidan hosil etilgan maxsulot, lekin uning pul shaklida ifodalanishidir. Milliy daromadni aniqlash uchun sof milliy maxsulotdan bevosita soliqlar ayirib tashlanadi.
MDq SMM - biznesga egri soliqlar.
MD moddiy jihatdan olganda ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlaridan iborat bo`lib, zaruriy va qo`shimcha maxsulotning asosiy qismini o`z ichiga oladi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi.
- ishlab chiqarilgan MD-bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi;
- foydalanilgan MD-bu ishlab chiqarilgan MD dan yo`qotishlar (ya'ni tabiiy ofatdagi yo`qotishlar, saqlashdagi yo`qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig`i chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Milliy daromad iste'mol va jamg`arish fondiga ajratiladi.
-iste'mol fondi-bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini, hamda butun jamiyat ehtiyojlarini, ya'ni ta'lim, mudofaa va boshqalarini qondirishni ta'minlashga ketadigan qismi hisoblanadi;
- jamg`arish fondi-bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta'minlaydigan qismidan tashkil topadi.
Milliy daromadni, daromadlar barcha turlarini qo`shib chiqish yo`li bilan ham aniqlash mumkin.MD ni narxning o`zgarishi ta'siridan xoli etish kerak bo`ladi, chunki maxsulotning pulda hisoblangan hajmi narx darajasiga nisbatan to`g`ri mutanosiblikda o`sadi.
Milliy daromadning o`sish omillaridan biri mehnat unumdorligini oshirish darajasidir, ya'ni makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning asosi bo`lgan YaMM dir. MD ning talaygina qismi aholining shaxsiy iste'molini qondiradi.Aholi iste'molining YaMM hisobidan qondirilishi, birinchidan, ishlab chiqarishning insonparvarlik vazifasini ado etsa, ikkinchidan, mehnat qobiliyatini tiklash va rivojlantirish sharti bo`lib, ishlab chiqarishni yangilashga xizmat qiladi, ya'ni ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Ta'lim sohasini islox qilish, mudofaani mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |