O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Download 0.92 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
Tayanch iboralar:
Zahira. Milliy boylik. Milliy daromad. Infratuzilma. Makroiqtisodiyot. Real YaMM. Nominal YaMM. Amortizatsiya fondi. Ijtimoiy rezerv. Milliy daromad. 1.Iqtisodiy mustaqillik, uning mezonlari. Mustaqil milliy iqtisodiyotni shakllantirish yo`llari. O`zbekiston jahon siyosiy xaritasida, Osiyo qit'asining markazida yangi mustaqil davlat sifatida tobora ko`proq tilga tushmoqda. Davlat mustaqilligini qo`lga kiritish natijasida O`zbekiston uchun iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyotning, madaniy va ma'naviy yangilanishning keng istiqbollari ochildi. Hammaga ma'lumki, o`tmishda O`zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil «milliy iqtisodiyot» deb bo`lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligiga, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral-xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg`i, g`alla va boshqa ko`pgina ishlab chiqarish vositalari, iste'mol tovarlarining ta'minlanishi bo`yicha markazga qaram bo`lgan iqtisodiyot meros bo`lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O`zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga- markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo`lgan»1 mamlakat edi. Vaziyat taqozasi bilan O`zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bir yoqlama rivojlantirilgan majruh iqtisodiyotdan meros bo`lib qolgan, tabiiy va mineral xom ashyo zahiralaridan noto`g`ri foydalanish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishdagi, narx belgilashdagi, aholining iste'mol tarkibidagi buzilishlar tufayli vujudga kelgan g`oyat keskin muammolarni yakka o`zi hal qilishga majbur bo`ldi. Ma'muriy yo`l bilan rivojlantirishga asoslangan iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o`tishning tarkibi va usullarini o`zimiz belgilashimizga to`g`ri keldi. Jahon xo`jalik aloqalari tizimiga kirish, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo`lga qo`yishning eng maqbul yo`llari izlandi. 1991 yilning sentyabridan buyon o`tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo`lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklaridan, mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o`z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo`lida foydalanish imkoniyatiga ega bo`ldik. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko`plab yirik inshoatlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg`i va g`alla mustaqilligiga erishilganligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar, izchil o`sish sur'atlari milliy mustaqil iqtisodiyot sari harakat natijalaridir. O`zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o`zgarishlar bir necha yo`nalishda amalga oshirilmoqda : 1. Iqtisodiyotning mulkchilik asoslari rivojlantirildi. Turli mulk shakllari vujudga keltirildi va takomillashtirilmoqda. 2. Tayyor maxsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tarmog`i kengaytirilmoqda, yangilari qurilmoqda. 3. Kichik va o`rta biznes korxonalari tizimi shakllantirildi va jadal rivojlantirilmoqda. 4.Bozor infratuzilmasi vujudga keldi. Tadbirkorlarga va aholiga rang-barang iqtisodiy, moliyaviy, axborot-reklama, huqu- qiy va ilgari o`zimizda bo`lmagan boshqa xizmat turlari ko`rsatilmokda. Bu tarmoq ham kengayib, o`sib, shakl va mazmunini boyitmoqda. 5.O`zbekistonning geografik o`rni, geopolitik xususiyatlari transport va kommunikatsiya masalalariga jiddiy e'tibor qaratishni talab etmoqda. Mazkur masalaga iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlarning muhim va nisbatan mustaqil qismi deb qarash lozim. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ayniqsa qishloqqa sanoatni olib kirish, birinchi o`rinda, qishloq xo`jaligi maxsulotlarini kayta ishlashga mo`ljallangan o`rta va kichik korxonalar tarmogini rivojlantirish milliy iqtisodiyotda ustuvor ahamiyatga ega Shunday qilib, O`zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o`z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling