O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Birinchisi, yerni mulk sifatida egallab olish; Ikkinchisi


Download 0.92 Mb.
bet61/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Birinchisi, yerni mulk sifatida egallab olish;
Ikkinchisi, yerni xo`jalik yuritish ob'ekti sifatida egallab olish.
Jamiyatda egasiz, kimningdir mulki bo`lmagan yer yo`q. yer mulk ekan, undan egasi manfaatdor bo`lishi, naf kurishi shart.
Agar yerga mulkchilik bilan undan foydalanish bir shaxs qo`lida bo`lsa, yerni u tasarruf etadi va undan bevosita naf ko`radi.
Biroq hozirgi iqtisodiy hayotda yerga egalik bilan undan foydalanishning bir-biridan ajralishi ko`proq xosdir. yer bir shaxs (jismoniy yoki yuridik)ga qarashli mulk bo`lgani holda undan boshqalar foydalanishi, unda ishlab chiqarish yoki boshqa bir iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishi mumkin. Bu odatda ijara shakliga ega bo`lib, yerdan haq to`lash sharti bilan ma'lum muddatda foydalanish yuzasidan yer egasi va sohibkor o`rtasida yuzaga chiqadigan iqtisodiy aloqalar ijara munosabatlari deb yuritiladi.
Munosabat sub'ekti 2 ta :

  • ijaraga beruvchi - mulkdor

  • ijaraga oluvchi - tadbirkor, sohibkor.

1-sub'ektda faqat 1 ta mulkdorlik maqomi qoladi xolos, naf esa ijara haqidan iborat bo`ladi.
2-sub'ekt - mustaqil iqtisodiy faoliyat egasi. Uning mulk egasi oldidagi ma'suliyati bitta - kelishilgan ijara haqini o`z vaqtida to`lash. U iqtisodiy faoliyatida erkin - yerdan qanday foydalanish, nimani va qancha yetishtirish, kimga, qachon qanday shartlar bilan sotish, resurslarni qanday olish-uning ixtiyorida. Uning maqsadi yerdan foydalanib naf kurishdir.
Ijara haqi munosabatlari agrar munosabatlarining tarkibiy qismi bo`lib u quyidagilardan iborat: yerdan foydalanilganlik uchun tulanadigan renta; yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz; yerning ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshoatlar amortizatsiyasi.
2. Rentaning mohiyati, turlari va unga ta'sir etuvchi omillar.
Agrar munosabatlarining asosini renta munosabatlari tashkil etadi. Qishloq xo`jaligida yer kimning mulki bo`lsa, mulk egasi yerdan foydalanganligi uchun undan foydalanuvchilardan ma'lum miqdorda to`lov oladi. Bu to`lovning manbai qishloq xo`jaligida yaratilgan qo`shimcha mahsulotdir. yerning egasi ana shu qo`shimcha mahsulotning bir qismini mulkdor sifatida o`zlashtiradi. Bu yerda yer davlatnikimi, xususiymi buning ahamiyati yo`q. Davlat uni yer solig`i sifatida oladi. Xususiy yer egalari esa to`lov sifatida oladi. Ana shu soliq yoki to`lov yer rentasi deyiladi. Demak, yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan ro`yobga chiqarishning shaklidir.
Erdan foydalanish unga mulkchilikdan ajralmagan bo`lsa renta munosabati yuzaga chiqmaydi, olingan daromad to`laligicha mulkdor ixtiyoriga tushadi. yerga xo`jalik ob'ekti sifatida monopoliya o`rnatilganidagina renta yuzaga chiqadi va u turli shakllarga ega bo`ladi:
A) differentsial (ayirmali) renta

  • differentsial renta I;

  • differentsial renta II ;

b)absolyut renta
v) monopol renta (odatdagidan yuqori ijara natijasida)
g) qurilish uchastkalari uchun renta;
d) undirma sanoatidan olinadigan renta.
Er uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo`shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi.
Erni ijaraga olgan ijarachi esa soxibkorlik daromadini o`zlashtiradi. Differentsial renta 1 yerning tabiiy unumdorligi bilan bog`liq bo`lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo`llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida paydo bo`ladi, chunki bunday yerlarda sarf xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, yirik shaharlardan va markaziy yo`llardan uzoq joylashgan yerlarning mahsulot birligiga ketadigan xarajatga nisbatan kam bo`ladi.
Differentsial renta 2 yerdan samarali foydalanish, uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog`liq bo`lganligi uchun bu rentaning asosiy qismi xo`jalikning o`zida qoldiriladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin. Chunki davlat bu rentaning hosil bo`lishida ma'lumdarajada o`z hissasini qo`shadi, ya'ni yirik transport yo`llari qurilishi, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirishga kapital mablag`lar sarflaydi va hokazo. Shunday qilib, differentsial renta 1 va 2 yer egasi bo`lgan davlat bilan xo`jalik yurituvchi sub'ektlar o`rtasida taqsimlanadi.
Absolyut renta. Ko`pgina mamlakatlarda yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to`g`ri keladi. Bu monopoliya ijaraga beriladigan barcha yerlarning sifatidan kat'iy nazar yer egalariga daromad olish imkonini beradi. Ijarachilar tomonidan mulkdorga beriladigan ana shu to`lov absolyut renta deyiladi.
Monopol renta. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba'zan noyob qishloq xo`jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarni alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday mahsulotlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlar mahsulotlarning qiymatidan ancha yuqori bo`lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo`jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo`shimcha daromad olinadi. Ma'lumki qazilma konlari joylashuvi jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo`jaligidagi singari, o`rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo`shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi.
Er tovar, lekin u qiymatga ega emas, chunki u mehnat mahsuli emas.Er tovar (oldi-sotdi) ob'ekti bo`lgach, uning narxi bor. yerning narxi kapitallashgan renta bo`lib, u renta miqdoriga to`g`ri, bank foiziga teskari mutanosibdir.
R Bu yerda : En - yer narxi
En=------ x 100 : R - renta
P P -bank foizi

Er taklifi cheklangani uchun uning bahosi orta boradi va u tabaqalashgan shaklga ega bo`ladi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling