O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
BOLALARNING MUSTAQIL HARAKAT FAOLIYATI VA FAOL DAM OLISHLARI
Download 94.36 Kb.
|
Gulrux
BOLALARNING MUSTAQIL HARAKAT FAOLIYATI VA FAOL DAM OLISHLARI
Bolalarning kun bo’yi kechadigan mustaqil harakat faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bola o’zida harakatga kuchli ehtiyoj sezadi, biroq bu xarakat maqsadsiz va tasodifiy bo’lib qolmasligi uchun tarbiyachining maqsadga yo’naltirilgan rahbarligi zarurdir. Bolaga o’z vaqtida uning uchun qiziqarli faoliyatni taklif etish, bu faoliyatni vaqti-vaqti bilan chetdan yo’naltirib, vaqtni meyorlab turish zarur. Bola mustaqil shug’ullanar ekan, diqqatni o’zini qiziqtiruvchi, maqsadga eltuvchi harakatlarga qaratadi. Bu jarayon fikr yuritishni, qatiylikni, maqsadga intiluvchanlikni faollashtiradi. Guruh yoki maydonchada turli o’yinchoqlar va katta jismoniy tarbiya ashyolarining mavjud bo’lishi barcha yosh guruhlarining bolalari uchun mustaqil harakat faoliyati uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Bolalar muassasasida bolalarni faol dam olishlariga jismoniy tarbiya bayramlari bolalarning sog’lom, xushchaqchaq xolati va ularning harakat ko’nikmalarini shakllantirishdagi yutuqlari namoyishdan iborat bo’ladi. Bayramlar toza havoda, maydonchalarda o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya dasturida bolalarning muayyan davr ichida egallagan harakat ko’nikmalarini aks ettirilishi quvnoq harakatli o’yinlar va xilma-xil jismoniy mashqlar tashkil etish lozim. Bayram bolalar bilan muntazam, sistemali ravishda ilib boriladigan ishning natijasi bo’lishi kerak. Bayramlar maydonchaning odatdan tashqari bezatilishi, jismоniy tarbiya ashyolari: gullar, lentalar yordamida jixozlanishi bilan ajralib turadi. Bayram jarayonida musiqa ham katta ahamiyatga egadir. Bayramning I qismi jismoniy tarbiya paradi shaklida qurilishi mumkin. U aloqada komandalarga bo’lingan, o’zlarining vimpel va nishonlarini ko’tarib olgan bolalarning yurishi bilan boshlanadi. Qo’shiq va she`rlar ijro etadilar. Shundan so’ng bolalar o’z yutuqlarini o’yinlar va mashqlarda namoyish qilishlari mumkin. Katta guruh bolalari o’z kuchlariga yarasha musobaqalarda (yugurish, uloqtirish, sakrash, buyumlar bilan bajariladigan mashqlar…), o’yin-estafetalarda, sport o’yinlarida qatnashadilar. Bayramlarning ikkinchi qismi bolalarda katta quvonch uyg’otuvchi tomosha shakli qo’g’irchoq teatri sifatida yoki kattalar va bolalar ishtirokidagi kontsert shaklida tashkil etilishi mumkin. Turli syurpriz momentlari biror ertak qahramonining: hikoyachi, fokuschi, raqqoslarni… paydo bo’lishi bu qismning doimiy komponenti hisoblanadi. Bayram yakunida bolalar boshlovchi taklifiga ko’ra mehmonlar: ota-onalar, pedagoglar, bolalar bog’chasi xodimlarini taklif etib tushiladigan umumiy raqs yaxshi kayfiyatni mustahkamlaydi. Jismoniy tarbiya bayramlarini qishda ham o’tkazgan yaxshi. Ular mazmunini ham bolalarni harakat faoliyati tashkil etadi. Bu mavsum uchun chanada epchillik ko’rsatib uchish, chang’ida yurish, quvnoq harakatli o’yinlar, syurprizli holatlar xarakterlidir. Bolalar bayramni tayyorlashda o’zlarining kuchlari yetadigan ishlarda qatnashishlari mumkin. Bolalarni bayramga tayyorgarlik ko’rishi xursandchilik kayfiyatida bo’lishi kerak. Jismoniy tarbiya bayramlarda o’tkaziladigan tadbirlarning davomiyligi 45-60 daqiqadan oshmasligi kerak. Bo’sh vaqtda jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug’ullanish – bu bolalarning kundalik hayotida ularni quvnоq faоliyat harakatiga birlashtiruvchi yorqin emotsional holatlardan biridir. Bo’sh vaqtlarda asosan harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlar o’tkaziladi. Bo’sh vaqtda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish dasturi turlicha tuziladi. Kichik va o’rta guruhlarda ko’proq murakkab bo’lmagan o’yinlar beriladi: kim o’yinchoqni, to’plarni tezroq оlib keladi; kim tezroq yugurib kelib qo’g’irchoq yoniga saflanadi. Katta guruhlarda bolalar o’z harakat malakalarini musobaqali quvnoq oddiy o’yinlarda va o’yin estafetalarida, sport o’yinlarida yakka va jamoa tarzda namoyon qiladilar. Bo’sh vaqt tarkibiga umumiy quvnoq kayfiyat uyg’otadigan, bolalar uchun qiziqarli va ularga yarasha attraktsionlar ham kiritiladi; bolalarga tanish o’yin va raqslardan ham foydalanish mumkin. Salomatlik kuni – dastur ko’rsatmalariga muvofiq kichik guruhdan boshlab o’tkazish tavsiya etiladi. Uning vazifasi bola nerv tizimi haqida g’amxo’rlik qilishdan, uning organizmini, psixikaning ijobiy emotsional holatini saqlagan holda sog’lomlashtirishdan iboratdir. Shuning uchun bu kuni bolalar ochiq havoda ko’prlq bo’lishlari va imkoni boricha tabiat qo’ynida bo’lishlariga erishish lozimdir. Bolalar aqliy kuch talab qilinadigan mashg’ulotlardan ozod qilinadilar. Ular o’zlari uchun yoqimli bo’lgan faоliyat bilan shug’ullanadilar, sevimli o’yinchoqlarni o’ynaydilar, bir-birlari bilan muloqotda bo’ladilar, musiqa tinglaydilar. Tatillar – dasturda yanvarning boshida va martning oxirida har safar bir hafta muddatda bo’lishi ko’zda tutilgan. Ularning vazifasi salomatlik kunlari bilan umumiy yo’nalishga ega bola nerv tizimining dam olishini taminlash, organizmni ijobiy emotsional hоlati bilan bоg’liq ravishda sog’lomlashtirish va mustahkamlashga yordam beruvchi sharoit yaratishdan iboratdir. Badiiy – ijodiy, musiqaviy, jismoniy faoliyat tatillar mazmunini tashkil etishi mumkin. Oddiy sayyohlik sayrlar ham juda fоydalidir. Imkoni bo’lsa bolalarni hafta davomida shahar tashqarisiga olish uylariga (idoraviy) yoki bolalar bog’chasi dala hovlisiga olib chiqish ham juda foydalidir. Bolalar uchun bunday tashkil etilgan tatillar yaxshi o’ynab olish imkonini beradi. Download 94.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling