O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 94.36 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi94.36 Kb.
#1600657
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulrux

SAYR VA EKSKURSIYALAR
Bolalar muassasalaridan tashqaridagi piyoda sayr va ekskursiyalar bоlalar turizmining eng oddiy ko’rinishlaridan biridir. Muayyan maqsadda uyushtirilgan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli va foydalidir. Ular bolalar sоg’lig’ini mustahkamlashga, jismoniy rivojlanishiga, estetik his-tuyg’uni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqotga kirishishga, harakat ko’nikmalari va jismоniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi. Sayrlar kichik guruhlardan boshlanishi lozim, bunda guruh bolalarining yosh xususiyatlari va imkoniyatlari, sog’lig’ining ahvoli, o’ziga xos ko’rsatkichlari hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim.
Sayrlar maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi uchun tarbiyachi ularni oldindan belgilab oladi va o’tkazishga puxta tayyorgarlik ko’radi. Yoz sayrlarni o’tkazishning eng qulay vaqti. Tarbiyachi bolalar muassasasi joylashgan tumanni: shaharda istirohat bog’I, bog’, xiyobonlarni; dala hovlida esa yaqin atrofdagi o’rmon, yaylov, soy, gullagan o’tloq, daryo ko’lni oldindan o’rganadi. Bolalar bilan qaysi yo’ldan borish maqsadga muvofiqligini aniqlash, ayrim marshrutlarning uzoqligini belgilash juda muhimdir. Bоlalarni yo’lda dam oldirish mumkin bo’lgan joylar aniqlanadi, harakat ko’nikmalarini takomillashtirish mashqlarini o’tkazish imkonini beradigan barcha tabiiy sharoit – irmoqchalar, qirg’oq, do’ngalaklar, tepaliklar mavjudligi hisobga olinadi. Sayrlar mazmuniga o’yinchoqlar va kichikroq ashyolardan foydalanib amalga oshiriladigan harakatli o’yinlar, shuningdek qoidali harakatli o’yinlar kiritiladi. Yalangliklarda navbatdagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari harakatli o’yin o’tkazilishi, shundan so’ng bolalar dam olishlari, sayr etishlari, xotirjam o’ynashlari mumkin. Qish faslida ham bоlalar bog’chasidan tashqariga sayr uyushtiriladi. Qish faslidagi sayrlar bardoshlilik, chidamlilikni, bola organizmining qarshilik ko’rsata olishini oshirishga xizmat qiladi.
Sayr va ekskursiyalarni o’tkazish metodikasi
Tarbiyachi bolalar bog’chasi uchastkasidan tashqariga qilinadigan sayrda, bolalarni oldindan ogohlantiradi, ularga sayr maqsadini malum qiladi (masalan: yalanglikda o’ynaymiz, so’ng cho’milamiz). Sayyohlik sayriga otlanayotganda unga tashqi ko’rinish berish maqsadga muvоfiqdir: har bir bоla kichik nonushta solingan, yelkaga osadigan xaltacha-ryukzak taqib oladi. Uning og’irligi 300-400 g dan oshmasligi kerak.
Sayrda barcha yosh guruh bolalarini erkin, istasalar guruh-guruh bo’lib yurishlari mumkin. Faqatgina bоlalar transport yuradigan shosseni kesib o’tishlari kerak bo’lgandagina juft bo’lib yurishlari mumkin. Kichik guruh bolalarini tarbiyachidan tashqari yana tarbiyachining yordamchisi kuzatib bоrishi lozim: u bolalarni yo’ldan o’tkazishga, yalanglik, o’rmonda o’yin uyushtirishga ko’maklashadi. Agar sayrda jismoniy tarbiya mashg’ulotini o’tkazish belgilangan bo’lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar, tik turgan, o’tirgan, yotgan hоlatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, to’siqlar osha yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mo’ljallab uloqtirish kiritiladi. Jismoniy mashqlar belgilangan normaga muvofiq o’tkazilishi lozim. Sayr bolalar tushlik ovqatga kechikmasdan keladigan qilib tashkil etiladi. Sayr va mashg’ulot sof havoning bolaning yalang’och badaniga bevosita tasir etishi tufayli (bolalar faqat trusi, panamka, oyoq kiyim kiygan bo’lishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi. Sayrlarni muntazam o’tkazish bolalarning organizmini chiniqtiradi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, sayyohatlarga qiziqish uyg’otadi, zavq-shavq baxsh etadi.



Download 94.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling