O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
II BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni
Download 94.36 Kb.
|
Gulrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARAKATLI O’YINLAR VA JISMONIY MASHQLAR
II BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni
jirmoniy tarbiyaga o’rgatish xususiyatlari 2.1. Bolalarni harakatlarga o’rgatish bosqichlaring tuzilish asoslari Bоlalarning kundalik hayotdagi harakat faoliyatini to’g’ri tashkil etish bolaning sog’lom jismoniy holati va kun davomidagi ruhiy xolati uchun zarur harakat rejimini bajarilishini taminlaydi. Bolalarning kundalik hayotdagi harakat faoliyatini to’g’ri tashkil etish bolaning sog’lom jismoniy holati va kun davomidagi ruhiy xolati uchun zarur harakat rejimini bajarilishini taminlaydi. Bоlalarni jismoniy tarbiyalash dasturining sog’lоmlashtirish va talim-tarbiyaviy vazifalari turli shaklda amalga oshiriladi, ular orasida harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlarni uyushgan holda o’tkazish muhim ahamiyatga ega. HARAKATLI O’YINLAR VA JISMONIY MASHQLAR Harakatli o’yinlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdek jismоniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi kun tartibiga muvоfiq: ertalab tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi o’yinlarni taqsimlashda harakat ko’nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur takroriylik, murakkablashuvni ko’zda tutadi. Tashqi muhit sharoitini hisobga olish va aniq vaziyatda o’zini tutishni tarbiyalash uchun muhimdir. Tarbiyachi bolalar faoliyati xarakterini kuzatib borib, ularga turli mazmundagi va harakat darajasidagi o’yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularning harakat faolligini boshqaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini bir oz cheklaydi va kerakligicha dam olishini taminlaydi. Harakatli o’yinlar va mashqlarni o’tkazishni rejalashtirishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli o’yinlar sovuq havoda o’rtacha harakat xarakteridagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati xarakteri va suratini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi va sovuq qotishning ham, issiqlab ketishning ham oldini оladi. Bolalarning qish faslida ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlarga yordam beradi, organizmning sog’lomlashuviga yaxshi tasir etadi. Yozda, bolalar hayoti asosan ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyim-boshlar kam yengillashtiriladi, xilma-xil harakatlar bolalar sog’lig’ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg’otadi. Yoz paytida harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarni takomillashtiruvchi qoidali o’yinlardan keng fоydalaniladi. Barcha yosh guruhlarining maydonchalari dasturda ko’rsatilgan yirik jismoniy jihozlar bilan jihozlangan bo’lishi va ulardan bolalarning tirmashib chiqish, oshib o’tish, emaklab o’tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat mashqlari, kim o’zarga yugurish, muayyan maslfaga tabiiy to’siqlar osha tez yugurishni… takomillashtirish uchun muntazam foydalanishi lozim. Maydonchaga har kuni o’yinchoqlar, kichikroq jismoniy tarbiya ashyolari (tayoqchalar, chambaraklar, to’plar…) olib chiqiladi. Ikki, uch g’ildirakli velosipedlar, motorollerlar, g’ildirakli konkilar, samokatlar, avtomobillar, toychalar bolalar ixtiyoriga beriladi. Katta va tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta kabi sport o’yinlari o’tkaziladi. Download 94.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling