O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Ko‘rgazmali metodga oid usul


Download 94.36 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi94.36 Kb.
#1600657
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulrux

Ko‘rgazmali metodga oid usullar. Bolalarni harakatlarga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi, yaqqol ko‘rish usullari harakat yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish etilishidan: Tevarak-atrofdagi hayot ko‘rinishlariga taqlid qilishdan; masofani bosib o‘tishda mo‘ljal olishdan foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar kinofilmlar, teleeshittirishlar, fotolavhalar, suratlar va hokazolardan foydalanishdan iboratdir. Taktil-muskul ko‘rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya
qo‘llanmalarini kiritish bilan ta’minlanadi.Masalan, ketma-ket qo‘yilgan yoy shaklidagi darvozachalar tizzani baland ko‘tarib, yugurish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. Yugurish paytida oyoqni bu to‘siqlar osha ko‘tarib o‘tish bolaning tizzani baland ko‘tarish ko‘nikmasini egallashga yordam bcradi. Bundan tashqari predmetlar bolalarga yo‘l qo‘ygan xatosini his qilish va tushunish (mazkur holatda agar oyoqning uchi darvozachalarga tegib ketganda) imkonini bcradi. Bola ongida tarbiyachining “darvozachaga tegib ketmaslik” haqidagi topshirig‘ining saqlanib qolishi xato qilayotgan paytida teri muskul sczgisi bilan bog‘lanadi va bola o‘z harakatining noto‘g‘riligini o‘zi aniqlay oladi.Taktil-muskul ko‘rgazmaliligi bola gavdasining alohida qismlarini boshqaruvchi tarbiyachining bcvosita yordamida ham ifodalanadi (masalan, qad-qomatni to‘g‘ri muskul tonusi sezgisini uyg‘otadigan qo‘l tckkazish orqali rostlash). Biroq tarbiyachining bunday yordami qisqa muddatli bo‘lishi lozim.
aks holda muayyan dinamik (streotipni hosil qilishga xizmat qiluvchi doimiy qo‘zg‘atuvchilar tizimidagi signal) ahamiyatiga ega bo‘lib qolishi mumkin. Keyinchalik ko‘nikma og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida mustahkamlanadi.
Yaqqol eshitish metodlari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ko‘pincha bolalar bog‘chalarida musiqa asbobini chalishni bilmaydigan tarbiyachi harakat sur’ati va ritmini boshqarishda chirmanda (buben)dan foydalanadi, bu ritmik ko‘rinishlarni o‘zgartirishda o‘zini yctarli darajada oqlaydi. Bundan tashqari o‘zining hazil mazmuni va ritmi bilan bolalarni jalb etuvchi xalq termalari, sherlari va boshqa matnlarini boshqarishga xizmat qilishi mumkin. Shunday qilib, ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarini to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongini kengayishiga, harakatlarni bajarishda o‘z o‘zini nazorat qilishning vujudga kelishiga, harakatlar sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Download 94.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling