O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Og‘zaki metodga oid usullar
Download 94.36 Kb.
|
Gulrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obrazli syujetli hikoya og‘zaki usul
- OYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
- Ilmiy rahbar: N.Abdullayev
Og‘zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o‘rgatishdagi og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ulardagi mavjud hayotiy tajriba va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirishda; harakatlarni aniq ko‘rsatish yoki uning ayrim elementlarni aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalarda; yangi jismoniy maashqlar va harakatli o‘yinlarni joriy qilish yoki harakatlarni o‘rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o‘yin syujeti va hokazolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o‘tkaziladigan suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash yoki syujetli harakatli o‘yinlar obrazl ari haqidagi tasavvurning boryo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin harakatlari va boshqalarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan savollarida.Bundan tashqari ko‘rsatib o‘tilgan usullar turli komandalar, farmoyish va signallarni aniq, emotsional va ta’sirchan Tarzda berishda ham ifodalanadi. Masalan, tarbiyachi shunday deydi: “Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib turing!” Yoki “To‘xtang! Bir, ikki, uch – yuguringlar!” va hokazo. Bu komandalar bolalarning javob harakat reaksiyasining tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib sanash va o‘yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin. Xalq og‘zaki ijodi bunday narsalarga juda boydir.
Qofiyali matnlarning musiqiyligi va ritmliligi bolalarda emotsional ruh uyg‘otadi, natijada bu qofiyalar ular tomonidan oson o‘zlashtiriladi va keyinchalik mustaqil o‘yinlarda foydalaniladi. Obrazli syujetli hikoya og‘zaki usullarga mansub. U harakatlardagi ifodalilikni rivojlantirish va o‘yin obraziga yaxshiroq kirish maqsadida qo‘llaniladi. Syujetli hikoya amalda ertakni qisqa hikoya (1,5–2 minut) qilishga o‘xshashdir. U bolalarda o‘yin holati va harakatlarning barchasini xuddi ko‘rib turgandek qayta tasavvur qilishga imkon beradi, emotsional holatni tiklaydi. Tarbiyachi o‘yinni odatdagicha bir xilda tushuntirish, rollarni taqsimlash va harakat o‘rnini ko‘rsatish (syujetsiz o‘yinda bo‘lganidek) o‘rniga o‘yin syujeti va qoidalarini qisqa obrazli hikoyada ochib beradi. Masalan, “Echki, echkichalar va bo‘ri” ertagini shunday boshlaydi: “Bor ekanda yo‘q ekan, chiroyli qayrilma shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor ekan. Uning kichik bolalari borekan…” va hokazo. Bu usul bolalarda his- hayajon uyg‘otadi, xayolga chorlaydi. Tasavvurni oydinlashtiradi. Butun vaziyatni ijodiy tarzda bajarishga undaydi, harakatlarning obrazliligini ta’minlaydi.Syujetli hikoyadan bayon etish xarakterini o‘zgartirgan holda turli yosh guruhlarida foydalanish mumkin.Harakatli o‘yinlarda o‘yin mazmunini shakllanishiga yordam beruvchi matnlar, sherlardan foydalanish mumkin. Ular orqali bolalar tegishli harakatlarni bajaradilar.Og‘zaki ko‘rsatma. Ruhshunos va pedagoglarning tadqiqotlari 4,5 va ayniqsa 6 yoshli bolalar o‘ziga mos turli harakat faoliyatining vazifa va shartlarini tushunib olishda yetarli tayyorgarlikka ega ekanliklarini ko‘rsatmoqda. Bu harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda og‘zaki ta’sir etish usullaridan keng foydalanish imkonini beradi. Ular faqat ko‘nikmalarni egallash sur’atini emas, balki sifatini ham oshiradi.“Bola rivojlanishining keyingi bosqichlarida og‘zaki ta’sir etish tizimi yordamida avvalgi taassurotlar izlarining yangi birikma va kombinatsiyalarda jonlanishi yuz beradi. Bundan asosan birinchi bor sof og‘zaki ko‘rsatma va tushuntirishlar yordamida yangi muvaqqat aloqa o‘rnatish, yangi bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni tug‘iladi”. Maktabgacha katta yoshda harakat ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘p jihatdan bolaning mashq mazmuni va tuzilishi, ya’ni uning barcha elementlarini qaysi izchillikda va qanday bajarish kerakligini anglash darajasiga bog‘liq bo‘ladi.Bolalarni o‘rgatishda og‘zaki va ko‘rgazmali usullarning maqsadga muvofiq qo‘shib olib borilishi ularning o‘zaro bog‘liqligi bir tomondan harakatlarni idrok etish va qayta bajarishning aniqligi va obrazliligini, ikkinchi tomondan bolalar bajaradigan harakatli topshiriqlar – ular mazmuni va har bir harakat faoliyatining barcha elementlari izchilligini ongli tushunilishini ta’minlaydi.Tarbiyachi bolalarning amaliy faoliyatini tashkil etayotib, butun ta’lim jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuniga muvofiq rejalab oladi. U bolalarga tanish harakatlarni takomillashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga bo‘ladi, mustaqil harakat qilishni taklif etadi; bolalarga mashqlarni o‘rgatayotib, uni bir necha marta takrorlaydi va butun mashq jarayonini rejalagan holda o‘zgartiradi; bolalarning ijodiy izlanishini mukofotlab, mashqlarni, harakatli o‘yinni o‘zgartirish, ularning variantlarini tuzish, yangisini o‘ylab topish kabi topshiriqlarni beradi.Bola ta’lim jarayonida har bir yosh bosqichida katta bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab boradi. Shuning natijasida harakatlarning mustaqilliligi, egallagan ko‘nikmalarini o‘yin va hayotda qo‘llanishdagi topqirlik kuchaya boradi. XULOSA Tarbiyachi har bir bolaning individual tomonlarini hisobga olgan holda unga ko‘proq diqqat-e’tibor bilan qarashi kerak. Agar bola harakatlarni bajarishga qiynalsa, berilayotgan izohlarga yaxshi tushunmasa, harakatlarni u bilan birgalikda bajarish lozim. Bunda tarbiyachi bola gavdasining ma’lum bir qismini ushlab turadi, uning (qo‘l, bosh, oyoq va boshqa) harakatlarini o‘z qo‘l harakati bilan boshqarib boradi. Tarbiyachi bolaga topshiriq ma’nosiga yetib olishda yordamlashib, mashq ma’nosini izohlab yordam beradi. Agar bolani o‘zi yordam berishni so‘rasa, bunday bevosita qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir. Ba’zan bolani maqtab, unga biroz dalda berib qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. O‘rta guruhda jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulot rejasi mashg‘ulotning tuzilishiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy talablarga binoan tuziladi. Mashg‘ulotning kirish qismida mashqlarni rang-barang qilishga urinib, uni vaqt jihatdan (3 minutdan ortiq) cho‘zib yubormaslik kerak. Harakatli o‘yinlar mashg‘ulotning asosiy qismi mazmunidagi majburiy qism hisoblanadi. O‘yinni shunday tashkil etish kerakki, bolalar o‘yin o‘tkazish vaqtida eng ko‘p fiziologik va emotsional yuklama olsinlar, ko‘proq harakat qilsinlar va kamroq turib qolsinlar. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismi xilma-xil mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotni sokin yurish bilan, qo‘shiq aytib yurish bilan, kam harakatli o‘yin bilan, o‘tkazilgan mashg‘ulot xususida tarbiyachining suhbati bilan va shu singari boshqa tadbirlar bilan yakunlash mumkin Katta guruhlarda harakatlarni o‘rganishning boshlanishidanoq odatdagi xatolarni o‘z vaqtida aytib o‘tish mumkin. U guruh bolalar bilan har doim o‘tkaziladigan, amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan aralash tipdagi mashg‘ulotlardan tashqari mu jassam mashg‘ulotl ar keng o‘rin egallay boshlaydi. Bunday mashg‘ulotlarda tarbiyachi va ‘ faqat bir maqsadni ko‘zlamasdan bir mashg‘ulotda ikki va uchta maqsadni ko‘zlashi mumkin. Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga o‘rgatish, saflanish va qayta saflanishga o‘rgatishni davom ettirish. Bu maqsadga erishish uchun tarbiyachi jismoniy mashg‘ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo‘rligida turli yurishlarga o‘rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira, to‘rtburchak, uchburchak) saflanishlarni taklif etadi. Maktabgacha katta yoshdagi bog‘cha bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bilish faolligining o‘sishi o‘ziga xos xususiyatdir. Ular tarbiyachining ko‘rsatmalarini qiziqish bilan bajaradilar, mashqning bajarilishi va tuzilishiga oid savollar beradilar, topshiriqni qayta ko‘rsatib berishni so‘raydilar, o‘zlari mashqni qay darajada bajarganliklarini aniqlab oladilar. Tarbiyachi bolalarning aqliy faolligini uyg‘otish maqsadida ularning bunday qiziqishlarini qo‘llab quvvatlaydilar. Bolalar endi o‘z malakalar ini takomillashtirish uchun mashqlar qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini tushunadilar. Bu narsa shunga olib keladiki, bolalar ko‘pincha o‘zlari yaxshi bajara olmayotgan harakatlarni mustaqil ravishda mashq qila boshlaydilar. O‘z harakatlarini va o‘rtoqlarining harakatlarini baholashda tobora adolatli bo‘la boradilar. Tarbiyachi bolalarning bir-birlariga yordam berish to‘g‘risidagi istaklarini rag‘batlantiradi, ularga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlar beradi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI “Ilk qadam” davlat dasturi. Toshkent 2018. O‘quv qo‘llanma. B.T.Haydarov, G.X.Ibroimova, J.J.Kazimov “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi”. SamDU. Samarqand -2020. B.T.Haydarov, G.X.Xolboyeva darslik “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. SamDU. Samarqand -2020. 4.Tulenova X., Xojaev F, Xojaeva.Meliyev H “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”. Iqtisod-Moliya. 2012. 5.Xojaev F. Raximqulov K.D, Nig‘manov B.B “Harakatli oyinlar va uni oqitish metodikasi” Cholpon nashriyoti Toshkent 2011 6.Xojaev F, Raximqulov K.D., Nig‘manov B.B “Sport va harakatli oyinlar va uni oqitish metodikasi” TDPU nashriyoti Toshkent 2008 . 7.M.X. Tadjiyeva, S.I. Xusanxodjayeva MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI Mahkamjonov K, Salomov R, Ikromov I Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil. 9.Xojaev F, Raximqulov K.D., Nig’manov B.B «Sport va harakatli oyinlar va uni oqitish metodikasi» TDPU nashriyoti Toshkent 2008 yil. 10.Usmonxojaev T.F va boshqalar Harakatli oyinlar T.: Oqituvchi 1992y 11.Jismoniy tarbiya Mashgulotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari mavzusidagi Respublika ilmiy nazariy anjumani to’plami Jizzax 2008yil 12.Usmonxojaev T va boshqalar. Milliy xarakatli oyinlar Toshkent o`qituvchi 2000y 13.www.ziyonet.uz Samarqand davlat universitetining Kattaq‘o‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi II bosqich talabasi Burxonova Layloning “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanidan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jismoniy tarbiya jarayonida uslubiy tamoyillarni amalga oshirish yoʻllari” mavzusida kurs ishiga ilmiy rahbar mulohazasi. __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Ilmiy rahbar: N.Abdullayev Download 94.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling