O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Oilada bolalarni jismoniy tarbiyaga o’ragatish xususiyatlari
Download 94.36 Kb.
|
Gulrux
1.2. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyaga o’ragatish xususiyatlari.
Bolalarni oilada va davlat muassasalarida jismoniy tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan hal qilinishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga dam olish kunlari, ko‘p bolali oilalar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratilishi – bularning hammasi ota-onalarga o‘z bolalarining tarbiyasiga ko‘p vaqt ajratish imkonini beradi. Oilada jismoniy tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun ota-onalar bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, bolalarning sport maktablarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini va kun hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari ularning to‘liq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga majburdirlar. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarga jismoniy tarbiya vositalari kompleksi qo‘llanishi muhim. Ular uchun eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning tabiiy omillari (quyosh, havo, suv)dan foydalanish muhimdir. Oila tarbiyachisi bola bilan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlarni hovlida, maxsus jismoniy tarbiyaga oid jihozlangan xonalarda yoki imkoniyatlardan kelib chiqib jixozlanmagan xonalarda ham tashkil etishi mumkin. Bunda havoning haroratiga qarab ochiq havoda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda, Mustaqil O‘zbekistonda ko‘pgina oila bolalarining tarbiyasiga oila tarbiyachisini yollamoqdalar. Oila 40 tarbiyachisi oilada bolalar tarbiyasida yetakchi o‘rin egallaydi. U oilada bolalarni yakka tartibda hayotga har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga javobgar shaxsdir. Oila 2-3-4 farzanddan iborat bo’lishi mumkin. Oila tarbiyachisi oiladan ota-onalar va bolalar haqida ma’lumot oladi, bolalar soni, yoshi, sog‘lig‘I, rivojlanish darajasi, egallagan harakat, malaka va ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasini o’rganib chiqadi, so‘ng “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bola bilan tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirib oladi. Oila tarbiyachisi jismoniy tarbiya bo‘yicha olib boriladigan ishlarga puxta tayyorlanishi, bolani faollikka, mustaqillikka, undaydigan ta’lim metodlarini tanlashi lozim. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash o’ziga xos xususiyatga ega. Tarbiyachi ertalabki badan tarbiyani bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib (ayniqsa, 3-4 yosh) ularni she’rlar, musiqa sadolari, ashulalar, turli xil hayvon obrazlari harakatlari orqali jismoniy harakatlarni bajarishga undaydigan mashqlarni rejalashtirishi kerak. Tarbiyachi ota-onalardan o‘z bolalari bilan birgalikda badantarbiya mashqlarini bajarishda, ota-onalar va bolalar bilan sport musobaqalarini tashkil etish, bunda bolalar ota-onalari bilan birgalikda harakat qilishlari ularga ijobiy ta’sir etadi va ularni rag’batlantiradi. Masalan, “Ota-onam va men – sportchi oilasi”. Download 94.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling