O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 7.77 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZEXN, LAYOQAT
- UMUMIY ISTE’DOD
- TALANT
- AVTONOM NUTQ
- AVTORITARIZM
Qo`shimcha adabiyotlar 1) Ibroximov A. va boshk. Vatan tuygusi.-T., 1996 2) Karimova V. Va b.k. Mustaqil fikrlash.-T.,Shark, 2000 3) Abu Nosir Forobiy. Toshkent, 1994 4) Nishonova Z.T., Bolalar psixologiyasini o`qitish metodikasi, T.: 2005 yil 5) Nishonova Z.T., Eksperimental psixologiya, T.: 2006 yil Ko‟rgazmali qurollar uchun 1. M.Raxmonova «Psixologiya darsida ko‘rgazmalilik» Toshkent- 1991 yil 2. M.V.Gomezo., I.A.Domashenko., Atlas po psixologii, M.: 1986 yil G L O S S A R I Y GENIALLIK - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyot bilan o‘zini namoyon qilish hodisasi. DIFFERENTSIAL PSIXOLOGIYA - psixologiya fanining bir qismi bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi yakka psixologik farqlarni o‘rganadi. ZEXN, LAYOQAT - nerv sistemasining ba‘zi genetik determinlashgan anatom — fiziologik xususiyati bo‘lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka tug‘ma tabiiy zamini. KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR - shaxs qobiliyatlaridan bo‘lib, bu kishining boshqa odamlar bilan bo‘ladigan muloqotini yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyati psixologik qovushuvchanlikni ta‘minlaydigan qobiliyati. UMUMIY ISTE’DOD - kishining qobiliyatlari birligi bo‘lib, bu shaxsning aqliy- intellektual imqoniyatlari doirasi bilan faoliyatning o‘ziga xosligi darajasini belgilab berishda shartlanadi. OLIGOFRENIYA — aqli zaiflik, psixik funktsiyalarning taraqqiyotni ortda qoldirishi. Q.OBILIYATLAR - shaxsning ma‘lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta‘minlaydigan yakka psixologik xususiyatlari. TALANT — shaxsning ma‘lum faoliyati ifodalanadigan qobiliyatlarning yuqori darajasi. FRENOLOGIYA - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning o‘sganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya bo‘lib, bu nazariya avstriyalik vrach F. Gall tomonidan tavsiya etilgan. AVTONOM NUTQ (bolaning antonom nutqi) - ko‘p ma‘no va noaniq so‘zlari bilan xarakterlanadi, ichki nutq bo‘lib, bunda turli predmetlarning bir-biri bilan beqaror va o‘zviy bog‘liqligi tufayli so‘zlarning ma‘nosi ham vaziyatga qarab o‘zgaradi. Bolalarning 156 avtonom nutqi kattalar nutqiga o‘tish davri hisoblanadi. Avtonom nutqi teng yoshli bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. AVTORITARIZM (lot. to‘la hokimiyat, buyurish) - buyruq. asosidagi talablarga ko‘r- ko‘rona, o‘ylamasdan bo‘ysunish. Uni avtoritet (lot. kuch, obro‘) so‘zi bilan almashtirmaslik kerak, negaki ushbu so‘z shaxsdagi kugshilik tomonidan tan olingan fazilat, qadr-qiymat ma‘nosini anglatadi. Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling