GERONTO PSIXOLOGIYA (grekcha - qariya, ilm, fan) -organizmning qarishi
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon va hodisalarni hamda qarilikning psixologik
tomoilarini o‘rganadigan fan.
GEPERTIREOZ -qalqonsimon bezlarning kuchaytirilgan funktsiyasi.
GIPOFIZ (grekcha -o‘simta) - pastki miya o‘simtasi. U ichki sekretsiya bezi bo‘lib,
hayvon va
odamning bosh miya umurtqasida joylashgan. Gipofiz gormonlari organizmning
ish faoliyatda muhim rol o‘inaydi. Gipofiz funktsiyasining bo‘zilishi organizmning
shakllanishi va rivojlanishiga ta‘sir etadi, bunda gormonlarning ortib ketishi yoki
kamayib ketishi ko‘zatiladi. Gipofiz bo‘zilishida bolalarning bo‘yi o‘smaydi,
moddalar almashinuvi bo‘ziladi, jinsiy bezlarning rivojlanishi bo‘zilishi natijasida
semirib ketish hollari ko‘zatiladi, bola psixikasida intellektning bo‘zilishi, hotiraning
yomonlashishi yo‘z beradi.
"GESHTALT PSIXOLOGIYA" (nem. shakl, struktura, yaxlitlik) — XX asrning
boshlarida Germaniya, so‘ngra AQSh da vujudga kelgan psixologiyaning bir
yo‘nalishi. Unga asosan, psixikaning boshlang‘ich va asosiy hodisalari butun, yaxlit
mavjudlik «geshtalt»lar hisoblanadi.
GLOBAL (lot. er shari) — umumiy, borliqni qamrab oluvchi, barchaga ta‘luqli.
NOSTIK (grekcha - bilmoq} FAOLIYaT - butun borliqni bilishga yo‘naltirilgan
faoliyat.
GORMONLAR (grekcha - uyg‘otmoq undamoq) - ichki sekretsiya bezlari faoliyatini
ta‘minlab turuvchi faol biologik ashyolar.
GRADIENT (lot. qadam tashlab boruvchi) — yagona o‘zunlikka o‘tish natijasida
biror-bir fizik kattalikning moziydagi ko‘payishi yoki kamayishi.
GUMORAL (lot. namlik) — organizmning o‘zidagi suyuqliklar bilan bog‘liqligi,
masalan; qon, limfalar.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |