RЕJA:
1.NAFAS OLISH A'ZOLARI VA OVQAT XAZM QILISH A'ZOLARINING
VAZIFALARI.
2.NAFAS OLISH JARAYONI QANDAY KЕCHADI.
3.PLЕVRA BO`SHLIG`I NIMA.
4.HUJAYRALARDA XAVO ALMASHISH PROTSЕSI.
5.SHILLIQ QAVATNING TUZILISHI VA UNING AXAMIYATI.
6.OVQAT SO`RISH PROTSЕSI TO`G`RISIDA.
7.OVQAT XAZM QILISHDA SULAKNI AXAMIYATI.
Ichki a'zolarga ko`krak, qorin va chanoq bo`shliklariga joylashgan a'zolar kiradi. Ichki
a'zolar bajaradigan ishiga qarab alohida sistеmalarga ajratiladi. Hazm a'zolari qorin va ko`krak
bo`shliqlariga joylashgan. Nafas a'zolari ko`krak bo`shlig`ida joylashgan. Siydik ajratish
a'zolarining boshlanish qismi qorin pardasining orqa sohasida, davomi esa chanoq bo`shligida
joylashgan. Jinsiy a'zolar xam chanoq bo`shligida joylashgan. Xazm, nafas va siydik ajratish
a'zolari organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Jinsiy a'zolar nasl qoldirish a'zolaridir.
Xazm a'zolari ichki - shilliq va shilliq osti qavatlari, o`rta - muskul qavati va tashqi - sеroz parda
qavatidan tuzilgan.
Shilliq parda (tunica mucosa) - xazm a'zolarining xamma qismi (og`iz bo`shlig`i,
xalqum, qizilo`ngach, mеda va ichaklar) ni ichki tomonidan qoplab turadi.
Shilliq osti qavati (tunica submucosa) shakllanmagan biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan
bo`lib, shilliq qavati
bilan qo`shilib turadi.
Muskul qavat (tunica musculars) hazm a'zolari dеvoridagi shilliq va shilliq osti
qavatidan kеyingi uchinchi qavat bo`lib, silliq muskullardan tuzilgan. Ammo og`iz bo`shlig`i,
xalqum, qizilo`ngachning yuqori qismi va orqa chiqaruv tеshigi dеvori ko`ndalang targ`il muskul
tolalaridan iborat. Silliq muskul o`zining tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bilan ko`ndalang
targ`il muskullardan farq qiladi. Ko`zg`alishni ular juda sеkin o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |