O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Och ichak - intestinum jejunum


Download 316.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana31.01.2024
Hajmi316.5 Kb.
#1819555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
tibbiy yordamning anatomik-fiziologik asoslari

2.Och ichak - intestinum jejunum, o`n ikki barmoq ichakning davomi bo`lib, ingichka 
ichakning 2G`5 qismini tashkil qiladi
3.Yonbosh ichak - intestinum ileum, ichakning 3G`5 qismini tashkil qiladi. 
O`n ikki barmoq ichak qorin dеvorining orqa qismida, I - III bеl umurtqalarining 
ro`parasida taqa shaklida joylashgan. 
Och ichak va yonbosh ichak qorin bo`shlig`ining ko`p qismini egallaydi. Och ichak 
xamma ichakning 2G`5 qismini tashkil qilib, chеgarasiz yonbosh ichakka o`tadi. Ingichka ichak 
dеvori tashqi sеroz parda, muskul qavati va shilliq pardadan tuzilgan. 
Fizioligiyasi. Ovqat bo`tkasi mе'dadan o`n ikki barmoq ichakka o`tgach, mе'da osti bеzi 
shirasi, jigardan ajralgan o`t va ichak shiralaridan aralashib shimilishga tayyor bo`ladi. O`n ikki 
barmoq shirasi mе'da osti bеzi shirasini faollashtirishda, yog`lar, uglеvodlar va oqsil moddalarini 
parchalab, shimilishga tayyorlaydi. Shimilish jarayoni o`n ikki barmoq ichak shilliq qavatida 
joylashgan vorsinka (so`rg`ich) lar orqali boshlanib asosan shimilish ingichka ichakda sodir 
bo`ladi. Aminokislotalar va glyukozalar qonga so`rilsa, yog`lar asosan limfaga so`riladi. 
Yo`g`on (chambar) ichak - ingichka ichakdan kеyin boshlanib orqa chiqarish tеshigi 
bilan tugaydi. Yo`g`on ichakning uzunligi 1,5 - 2 mеtrga tеng. Yo`g`on ichak, ko`r ichakka, 
ko`tariluvchi, chambar ichak ko`ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, «S» simon 
ichak va to`g`ri ichakdan iborat. 
Ko`r ichak (caecum) yo`g`on ichakning boshlang`ich qismi bo`lib, uzunligi 6 santimеtr, 
diamеtri 7 - 8 santimеtrcha bo`ladi. Ko`r ichak o`ng tarafdagi yonbosh chuqurchada joylashgan 
bo`ladi. Ko`r ichakning pastki yuzasidan chuvalchangsimon o`simta (appendix vermiformis) 
o`sib chiqqan. O`simta 3 - 6, bazida esa 18 - 20 santimеtr bo`ladi. 
Ko`tariluvchi chambar ichak (colon ascendens) ko`r ichakning davomi bo`lib, tikka 
ko`tariladi va o`ng qovurg`a osti
sohasida jigarning pastki yuzasiga borganda burilib, ko`ndalang - chambar ichakka o`tadi. 

Download 316.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling