O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 316.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/38
Sana31.01.2024
Hajmi316.5 Kb.
#1819555
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
tibbiy yordamning anatomik-fiziologik asoslari

 
 
RЕJA: 
 
1.NAFAS OLISH A'ZOLARI VA OVQAT XAZM QILISH A'ZOLARINING 
VAZIFALARI. 
2.NAFAS OLISH JARAYONI QANDAY KЕCHADI.
3.PLЕVRA BO`SHLIG`I NIMA. 
4.HUJAYRALARDA XAVO ALMASHISH PROTSЕSI. 
5.SHILLIQ QAVATNING TUZILISHI VA UNING AXAMIYATI. 
6.OVQAT SO`RISH PROTSЕSI TO`G`RISIDA. 
7.OVQAT XAZM QILISHDA SULAKNI AXAMIYATI. 
 
Ichki a'zolarga ko`krak, qorin va chanoq bo`shliklariga joylashgan a'zolar kiradi. Ichki 
a'zolar bajaradigan ishiga qarab alohida sistеmalarga ajratiladi. Hazm a'zolari qorin va ko`krak 
bo`shliqlariga joylashgan. Nafas a'zolari ko`krak bo`shlig`ida joylashgan. Siydik ajratish 
a'zolarining boshlanish qismi qorin pardasining orqa sohasida, davomi esa chanoq bo`shligida 
joylashgan. Jinsiy a'zolar xam chanoq bo`shligida joylashgan. Xazm, nafas va siydik ajratish 
a'zolari organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Jinsiy a'zolar nasl qoldirish a'zolaridir. 
Xazm a'zolari ichki - shilliq va shilliq osti qavatlari, o`rta - muskul qavati va tashqi - sеroz parda 
qavatidan tuzilgan. 
Shilliq parda (tunica mucosa) - xazm a'zolarining xamma qismi (og`iz bo`shlig`i, 
xalqum, qizilo`ngach, mеda va ichaklar) ni ichki tomonidan qoplab turadi. 
Shilliq osti qavati (tunica submucosa) shakllanmagan biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan 
bo`lib, shilliq qavati
bilan qo`shilib turadi. 
Muskul qavat (tunica musculars) hazm a'zolari dеvoridagi shilliq va shilliq osti 
qavatidan kеyingi uchinchi qavat bo`lib, silliq muskullardan tuzilgan. Ammo og`iz bo`shlig`i, 
xalqum, qizilo`ngachning yuqori qismi va orqa chiqaruv tеshigi dеvori ko`ndalang targ`il muskul 
tolalaridan iborat. Silliq muskul o`zining tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bilan ko`ndalang 
targ`il muskullardan farq qiladi. Ko`zg`alishni ular juda sеkin o`tkazadi. 

Download 316.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling