O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Narx shakllanishining ob'ektiv asoslari


Download 0.94 Mb.
bet57/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

3.Narx shakllanishining ob'ektiv asoslari.

Narx-bozor iqtisodiyotini tartibga soluvchi muhim mexanizmlardan biridir. Aholining turmush darajasi ham bevosita narx darajasiga bog`liq.


Tovarning qiymati va ularning nafligi o`zlarining namoyon bo`lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag`batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi.Shu sababli «ijtimoiy iste'mol qiymat» tushunchasining o`zi biror tovarning jamiyat uchun nafliligi, qadr qiymatga egali ekanligini ko`rsatadi. Demak, narx o`zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma'lum miqdorini pul ko`rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo`lmaydi. Chunki, tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o`z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma'lum darajada iloji boricha ko`proq foyda olishni ta'minlashi mumkin bo`lgan darajada qiymatni pul shaklida o`zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulning har bir birligiga ko`proq naflikka ega bo`lishga harakat qiladi.Ularning manfaatlari to`g`ri kelgan nuqtada narx o`rnatilib, tovar - pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo`ladi.Bulardan xulosa shuki, narx-bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafligining puldagi ifodasidir.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagicha chizmada fikrimizni bayon etamiz.



Qiymat







Ijtimoiy qiymat






Ijtimoiy qiymatning puldagi ifodasi
















Ijtimoiy zaruriy sarflar (mehnat-moddiy)




Tovar




Narx
















Nafligi (iste'mol qiymati)






Ijtimoiy nafligi






Ijtimoiy naflilikning puldagi ifodasi

Narx bamisoli barometr. Bozor holatini ko`rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo`liqqan bo`ladi, tovar nafsiz bo`lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi kun tartibiga kuyiladi. Narx asosan 5 ta funktsiyani bajaradi:

  1. Bozor muvozanatini ta'minlash funktsiyasi.

  2. Hisob-kitob, o`lchov funktsiyasi.

  3. Iqtisodiy regulyator funktsiyasi.

  4. Raqobat vositasi.

  5. ijtimoiy himoya funktsiyasi.

Narx o`zining ana shu funktsiyalari bilan tovar-pul munosabatlarini harakatga keltiradi.Xaridor va sotuvchi aloqasi shakllanadi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling