O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.94 Mb.
bet53/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

Qo`shimcha xarajat deb, keyingi qo`shilgan mahsulotning har bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog`liq qo`shimcha xarajatlarga aytiladi. Qo`shimcha xarajatlarni har bir navbatdagi chiqarilgan qo`shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin.


3.Foyda va uning mohiyati, turlari.Foyda normasi va massasi.

Jamiyat nuqtai nazaridan, takror ishlab chiqarish samaradorligi cheklangan resurslardan samarali foydalanishga bog`liq. Bu samaradorlik o`zida resurslarni taqsimlash samaradorligi va ishlab chiqarish samaradorligini ifodalaydi. Resurslarni taqsimlashning samaradorligiga erishish uchun resurslar korxona va tarmoqlar o`rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, natijada jamiyatga eng zarur bo`lgan mahsulotlarning ma'lum turlari olinsin.


Korxona faoliyatining samaradorlik darajasiga baho berishda ham uning erishgan natijasi (iqtisodiy yoki sof foyda) ishlab chiqarish sarf xarajatlari yoki qo`llanilgan resurslar miqdori bilan taqqoslanadi.
Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo`shimcha mahsulotning o`zgargan shaklidir. Demak, foydaning asl manbai qo`shimcha mahsulot bo`lib, u mahsulot sotilgandan keyin pul shaklida namoyon bo`ladi.
Iqtisodiy foyda- tovarlarni sotishdan tushgan yalpi pul tushumidan shu mahsulotlarni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar ayirmasining natijasidir.
Sof foyda - korxonaning umumiy foydasidan byudjetga ya'ni soliq to`lovlari, banklarga to`lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlangandan keyingi foydadir.
Foyda massasi- korxona foydasining mutloq miqdoridir. Foyda massasini umumiy xarajatlarga nisbatining foizlardagi ifodasi foyda normasi deyiladi.
Foydaning o`sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o`zgarmagan holda ikki yo`l bilan : ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin.
4.Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi.

Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan har bir davlatda davlat korxonalarini, xususiy tadbirkorlik harakatini oxirgi natija, ya'ni foyda ta'minlaydi, chunki foyda avval taqsimlanadi va so`ngra ishlatiladi. Ko`pchilik hollarda foydaning bir qismi soliq sifatida davlat byudjetiga o`tkaziladi.Uning yana bir qismi korxona egalari o`rtasida daromad sifatida taqsimlanadi.Bir qismi korxona ishchilari o`rtasida ularning foydadagi ulushi, ya'ni bajargan xizmatlarining miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Buning mohiyati shundaki, aynan shu taqsimotga ko`ra kishilarning mehnatiga yarasha haq, ya'ni ish haqi shakllanadi, shuningdek qo`shimcha har xil mukofotlar shaklida taqsimot amalga oshiriladi.


Nihoyat, foyda investitsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ketadi. Foydaning shaxsiy daromad sifatida korxona egalari va ishchilariga tekkan qismi ularning o`zlarining ixtiyori bilan ishlatiladi.
Foydaning bir qismi korxonaning infrastrukturasini yaxshilash, ishlab chiqarishini yanada kengaytirish imkonini beradi, ya'ni investitsiya bilan ta'minlanadi.Demak, foyda kim qanday hissa qo`shganiga qarab taqsimlanib, o`zlashtiriladi. Bu taqsimotni quyidagicha ifoda etamiz!

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling