O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Agrobiznes va uning tarkibi


Download 0.94 Mb.
bet62/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

3.Agrobiznes va uning tarkibi.
Qonuniy ravishda daromad topishga yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jaligi bilan bog`liq har qanday faoliyat agrobiznes deb yuritiladi.
Shunga muvofiq agrobiznes o`z ichiga :

  • qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlikni;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash va iste'molchiga yetkazib berish bilan bog`liq tadbirkorlikni:

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish va vositachilik bilan shug`ullananuvchi firmalar tadbirkorligini;

  • agrar sohaga xizmat qiluvchi ixtisoslashgan banklar, sug`urta va moliya kompaniyalari faoliyatini oladi.

Shuning uchun agrobiznes avval faqat sof qishloq xo`jaligi tarmog`ining o`zi bilan cheklangan bo`lsa, hozirda esa agrosanoat majmui (ASM)ni kamrab olgan. ASM - qishloq xo`jaligi bilan sanoat integratsiyasining hosilasi hisoblanadi.
Rivojlangan bozor sharoitida agrorbiznesning keng tarqalgan dastlabki shakli fermerlik (dehqonchilik) faoliyati bilan shug`ullananish bo`lib, u qishloq xo`jaligida kichik biznesning ko`rinishidir. U ko`proq oilaviy xarakterda bo`lib, o`z mulki va mehnatiga asoslanadi, yollanma mehnat qo`shimcha ahamiyatga ega. Fermerlikning afzalliklari:

  • unda mulk va mehnat ajralmagan, demak o`zi uchun ishlanadi;

  • u iqtisodiy mustaqil va bozor uchun ishlaydi;

  • manfaat va mas'uliyat yagona faoliyatning ikki uzviy qismi sanaladi;

  • tobora ko`p foyda olish uning yagona intilishi emas, nisbatan kam daromadga ham qanoat qilish imkoni bor, ko`pincha u davlat himoyasida bo`ladi;

  • fermer mehnati yollanma mehnatdan samarali va unumliroqdir.

O`zbekiston Respublikasida fermer xo`jaliklari ko`payib bormoqda, natijada 1999 yilda fermer xo`jaliklari soni 23 mingdan ziyodni tashkil etdi, ularning 10 mingdan ortiqrog`i chorvachilikka ixtisoslashgan.
1998-1999 yillarda Respublikada yetishtirilgan go`shtning 90%, sutning 92 %, kartoshkaning 76 %, sabzavotning 70%, mevaning 61%, poliz mahsulotlarining 53%, uzumning 50% dehqon xo`jaliklari tomonidan tayyorlandi1.
Agrobiznes shakllaridan biri agrofirmalardir. U qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, iste'molchiga yetkazib berish bilan shug`ullananadi.
Agrobiznesning yirik ko`rinishi agrosanoat birlashmalaridir. Ular faoliyati bir-biri bilan bog`liq mustaqil korxonalarning integratsiyasining natijasidir. Masalan, meva - sabzavotchilik xo`jaliklari va ularning mahsulotini qayta ishlovchi, saqlovchi, sotuvchi zavod, savdo tarmoqlari kabilardir. Ular mulki ikki qismdan iborat: tarkibiy-tashkiliy tuzilmalar, xo`jaliklar mulki va jamoaning kooperativ mulki.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling