O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


O`zbekistonda agrar islohotlar va uning mazmuni


Download 0.94 Mb.
bet63/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

4.O`zbekistonda agrar islohotlar va uning mazmuni.

O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz I.A.Karimov fermer xo`jaliklari qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko`rsatishi lozimligini ta'kidlab o`tgan edi. Shu sababli Respublikamizda qishloq xo`jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko`rib ishlash natijasida og`ir ahvolga tushib qolgan davlat xo`jaliklarining tarkibini fermer xo`jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo`jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo`jaliklari uyushtirish hamda dehqonning o`z mol - mulki negizida dehqon xo`jaligini tashkil qilish yo`li bilan boradi.Fermer xo`jaligining barcha tashkiliy shakllarini umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko`rsatadi. Fermer va dehqon xo`jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi, «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi, «Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.


Bu qonuniy aktlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab belgilab qo`yilgan. Iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga katta e'tibor berildi.
Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog`i 1991 yilda 18, 8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilda 35, 9 foizga o`sdi1.
Respublikada fermer xo`jaliklari samarali ishlashi uchun xizmat ko`rsatuvchi infratuzilma - agrofirmalar, mashina - traktor parklari, ta'mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling