O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiyot- bu mamlakat mikyosida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo`jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makroiqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko`plab infratuzilmalarni o`z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
2.Makroiqtisodiyot tushunchasi. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar. Makroiqtisodiyot- bu mamlakat mikyosida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo`jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy xo`jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o`z ichiga xalq xo`jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko`rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me'yorida faoliyat qilish va barqaror o`sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o`zaro bog`liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish hajmi va ularning o`sishi bir qator ko`rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Ko`pgina mikro ko`rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib va ular asosida iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o`sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o`z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.Bu tizimga kiruvchi turli xil ko`rsatkichlar, birinchidan, bizga ma'lum vaqt oralig`idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tizimi, yalpi milliy maxsulot (YaMM) ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya'ni ishlab chiqarish, taqsimlash kayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko`rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Ko`rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, ular mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning holatini xarakterlovchi muhim makroiqtisodiy ko`rsatkichlar-yalpi milliy maxsulot (YaMM), ichki milliy maxsulot (IMM), sof milliy maxsulot (SMM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD) ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqalar hisoblanadi. Bu ko`rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko`rsatish sohalaridagi barcha xo`jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri-iqtisodiyotda jami ishlab chiqarish natijalarini hisoblab borishdir. Buning uchun milliy hisob-kitoblar tizimi (MXT) borasida kerak bo`ladigan ba'zi tushunchalar majmuini tahlil qilishimiz lozim.Bu nima nima uchun kerak? Aytaylik, buxgalterlik hisoblar ayrim korxona va tashkilotlar uchun qanchalik kerak bo`lsa, bir butun (yaxlit) iqtisodiyot uchun ham ijtimoiy hisob-kitob shunchalik zarur. Korxona rahbari o`z korxonasida ishlarning qay darajada ekanligini bilib borishi juda zarur bo`ladi, lekin bu yengil ish emas. Korxonaning joriy yildagi faoliyatini bilish uchun uning kirim (foyda) va chiqimlari hisob-kitob qilib boriladi. Aynan mana shu axborot orqali korxona raxbari o`z korxonasining iqtisodiy ahvoliga baho bera olishi mumkin. Rahbar ma'lum vaqt mobaynidagi hisobotlarni tahlil qila borib, natijaga qarab umumkorxona darajasida boshqarish uchun to`g`ri qaror chiqarishga erishadi. Milliy hisob-kitoblar tizimi ham bir butun iqtisodiyot uchun aynan yuqoridagi vazifani bajaradi. Bu hisob-kitoblar «mamlakatimiz iqtisodiyotining tomiri ustida barmoqlarimizni ushlab turish» imkonini beradi. Hozirgi zamonning MXT ko`p aloqali, murakkab struktura bo`lib, uning ko`p kirrali balans jadvallari va ulardagi ko`rsatkichlarni aniqlovchi hisob-kitoblar tizimidir. MXT- birinchi marta 30-yillarning ikkinchi yarmida Angliyada paydo bo`lgan. Mazkur tizimni eng asosiy vazifasi daromadni (qo`shimcha qiymatni) ishlab chiqarish bosqichidan boshlab to uni iste'mol qilinishigacha bo`lgan harakat balansini ifodalashdir. MXT da buxgalteriya hisob-kitoblaridek, ikki yoklama hisob usuli qo`llanilib, har bir operatsiya ikki marta o`zaro hisob-kitob yo`li bilan ifodalanadi, ya'ni faol (debet) va passiv (kredit). Milliy hisoblar tizimi beradigan axborot iqtisodiyotimiz yo`nalishini yaxshilash borasida asos bo`lib xizmat qiladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling