O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
O`zbekistonda agrar islohotlar va uning mazmuni
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
4.O`zbekistonda agrar islohotlar va uning mazmuni.
O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz I.A.Karimov fermer xo`jaliklari qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko`rsatishi lozimligini ta'kidlab o`tgan edi. Shu sababli Respublikamizda qishloq xo`jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko`rib ishlash natijasida og`ir ahvolga tushib qolgan davlat xo`jaliklarining tarkibini fermer xo`jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo`jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo`jaliklari uyushtirish hamda dehqonning o`z mol - mulki negizida dehqon xo`jaligini tashkil qilish yo`li bilan boradi.Fermer xo`jaligining barcha tashkiliy shakllarini umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko`rsatadi. Fermer va dehqon xo`jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi, «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi, «Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy aktlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab belgilab qo`yilgan. Iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga katta e'tibor berildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog`i 1991 yilda 18, 8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1998 yilda 35, 9 foizga o`sdi1. Respublikada fermer xo`jaliklari samarali ishlashi uchun xizmat ko`rsatuvchi infratuzilma - agrofirmalar, mashina - traktor parklari, ta'mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling