O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
1.Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko`p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo`yicha ro`y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o`z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o`zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarini olib notekis boradi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo`lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo`lgan iqtisodiy o`sish ko`proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o`sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo`lib, o`z ifodasini real YaMM (YaIM) hajmida va uning aholi jon boshiga ko`payishini bildiradi. Iqtisodiy o`sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur'atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o`sish sur'atlarining jadallashishi, jiddiy pasayishi va xatto cheklanishi davrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo`lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o`sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo`ladi. Shu bilan birga, iqtisodiy o`sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o`zgarishlari shaklida ham namoyon bo`ladi. Shunday ekan, iqtisodiy o`sish bevosita yalpi milliy maxsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko`payishi hamda sifatining o`zgarishida ifodalanadi. Maxsulotning o`sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o`zgarishi o`rtasidagi nisbat iqtisodiy o`sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy o`sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko`payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, maxsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko`paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o`rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati bo`yicha, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo`yicha xuddi shunday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o`zgarmay qoladi. Iqtisodiy o`sishning intensiv turi sharoitida maxsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo`llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo`li bilan erishiladi. Intensiv yo`l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samarada, pirovard maxsulot miqdorining o`sishida, maxsulotining sifatining oshishida o`z ifodasini topadi. Bunda maxsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxona qurishga hojat yo`q. Bu natijaga ishlab urgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo`lmagan, balki muayyan uyg`unlikda, bir-biri bilan qo`shilgan tarzda bo`ladi. Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o`sish turlari tahlil qilinadi. Iqtisodiy o`sish murakkab va ko`p qkirrali jarayon. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bir ko`rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko`rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko`rsatkichlar tizimida natura va qiymat ifodasidagi ko`rsatkichlar farqlanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling