Аvtokrat uslubining belgilari quyidagicha:
-rahbar jamoa bilan kelishmagan xolda buyruqlar beradi;
-qaror qabul qilishga qoʼl ostidagilarni yoʼlatmaydi;
-bir oʼzi mukofatlash, taqdirlash va jazo choralarini aniqlaydi:
-mehnat jamoasidan oʼzini yiroq tutadi;
-faqat oʼz fikri bilan xisoblashadi;
-xodimlarning tashkilotga taallukli boʼlgan axborot va maьlumotlar bilan tanishtirishni, bildirishni shart deb bilmaydi:
-tashkilotdagi muxit, oʼzaro munosabat bilan qiziqmaydi.
Demokratik uslubning belgilari:
- mehnat jamoasini fikrini bilib, boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish:
- ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni keng jalb qilish:
- xodimlarni yaxshi bilish, oʼrganishga intilish:
- oʼzini kamtar tutish xosdir:
Bunday jamoalarda odatda hamkorlikka intilish, tashabbuskorlik va ijodiy yondoshuv koʼzga tashlanadi. Bu tipdagi boshqaruv eng samarali tarzda ishlab chiqarish borasidagi vazifalar va funktsiyalarni bajara olishiga mosdir. Demokratik boshqaruvni buyruq berish emas, balki ishontirish deb bilgan xolda, yetarli darajada qatьiy va oʼziga masьuliyatni olishdan qoʼrqmaydigan rahbar amalga oshira oladi.
Liberal uslubning belgilari:
-irodasizlik;
-tashabbussizlik;
-qabul qilinayotgan qarorlarning masьuliyatini oʼz boʼyniga olmaslikka intilish bilan farq qilib turadi.
Bunday tip rahbar boʼlishdan qochadi, ishni oʼz bilarmonlik xoliga tashlab qoʼyaadi, qiyinchiliklar oldida pand beradi, xodimlarga talabchanlik qilmaydi. Xech kim bilan munosabatni buzmay yumshoq boʼlishga xarakat qiladi. Nazorat funktsiyasini sust bajaradi, ishlab chiqarishdagi kamchiliklarga koʼz yumadi, shu bilan moddiy va moliyaviy zararga sabab boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |