O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 19 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumta’lim muassasasi kutubxonasi to‘g‘risida"gi nizomni tahlil qilish


Ko'p jildli nashrlarni ko'pdarajali tavsifi


Download 28.79 Kb.
bet2/3
Sana21.02.2023
Hajmi28.79 Kb.
#1218212
1   2   3
Bog'liq
Jumaniyazova Gulnoza school amaliy

Ko'p jildli nashrlarni ko'pdarajali tavsifi
Oripov Abdulla. Tanlangan asarlar [Matn] : 8-jildlik / Abdulla Oripov. – Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000-2016. – 10000 nusxa. – (Muqov.).
J.1: She'rlar va dostonlar. – 2000. – 432 b.
J.2: She'rlar va dostonlar. – 2001. – 496 b.
J.3: Tarjimalar. – 2001. – 384 b.
J.4: Kinostsenariy, maqolalar, suhbatlar, xotiralar. – 2001. – 384 b.
J.5: Adolat ko'zgusi: She'rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar. – 2005. – 400 b.
J.6: Quyosh bekati: She'rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar. – 2010. – 384 b.
J.7: She'rlar, doston, maqolalar, suhbatlar, qaydlar. – 2013. – 300 b.
J.8: She'rlar. – 2016. – 324 b.


Ko'p jildli nashrlarni birdarajali tavsifi
Oripov Abdulla. Tanlangan asarlar [Matn] : 8-jildlik / Abdulla Oripov. – Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000-2001. – J.1,3. – 10000 nusxa. – (Muqov.).


Ko'p jildli nashrlarni asosiy sarlavha ostida birdarajali tavsifi
Oripov Abdulla. Tanlangan asarlar [Matn] : 8-jildlik. J.7. She'rlar, doston, maqolalar, suhbatlar, qaydlar / Abdulla Oripov. – Toshkent : G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2013. – 300. – 3000 nusxa. – (Muqov.).
Analitik bibliografik tavsif

  1. Ota hovlimni sog‘inaman…[Matn] / S.Po‘latov // Zo‘r tasvir. -2020. –№40. – B.10-11. ISSN 2010-5053.

  2. Ularga ko‘z teib qolishini istammayman… [Matn] / S.Po‘latov // Zo‘r tasvir. -2020. –№46. – B.10-11. ISSN 2010-5053.

  3. Muhabbbatning eng kuchlisi menda bo‘lgan…[Matn] / S.Po ’latov // Zo‘r tasvir. -2020. –№47. – B.10-11. ISSN 2010-5053.

  4. Sahnada ha hayotda ham bir xil insonman [Matn] / S.Po‘latov // Zo‘r tasvir. -2020. –№44. – B.10-11. ISSN 2010-5053.

  5. Baxt hamma narsada mujassam…[Matn] / S.Po‘latov // Zo‘r tasvir. -2020. –№45. – B.10-11. ISSN 2010-5053.

  6. Direktorlik vazifasi- bu sinov[Matn] / G. Otaonova // Zo‘r tasvir. -2020. –№45. – B.18-19. ISSN 2010-5053.

  7. Ma’naviyat kushandasi [Matn] / B. Mo‘minov // Zo‘r tasvir. -2020. –№45. – B.12-13. ISSN 2010-5053.

  8. Ozodlik qurboni [Matn] / L. Muhammadjonova // Fan va turmush. 1998. –№6. – B. 20. ISSN 0134-4560

  9. O‘zbekiston va jahon [Matn] / Y. Karimov // Fan va turmush. 1998. –№2. – B. 1-3. ISSN 0134-4560

  10. Oson daromad vasvasasi [Matn] / D. Abdulazizov // Zo‘r tasvir. 2020. –№43. – B.6-7. ISSN 2010-5053.


  1. Kutubxonaga maʼsul boʼlgan maktab direktori kitob yig‘ishni to‘g‘ri hisobga olish va saqlashni tashkil etish, fondni sanitariya-gigienik jixatlan saqlanishini nazorat qilish, kitoblarni saqlash uchun moslashtirilgan ajratilgan xonalarni taʼminlash va maktab kutubxonasini maxsus asbob-uskunalar va kutubxona jihozlari bilan taʼminlashi shart.

Kutubxona rahbari kutubxona nizomga muvofiq kitob toʼplamlarini hisobga olish va saqlashni to‘g‘ri tashkil etishni taʼminlashi shart. Fonddagi hujjatlar va boshqa materiallarning muddatidan oldin eskirishi, shikastlanishi va yoʼqolishiga qarshi kurashish uchun kutubxona xodimlari "maktab kutubxonasi to‘g‘risidagi Nizom"da belgilangan asosiy qoidalariga rioya qilishlari lozim. Hujjatlarni saqlash tartibi yorugʼlik, harorat-namlik va sanitariya-gigiena tartiblarining normativ parametrlarini saqlashni taʼminlaydi.
Yorug‘likda saqlash tartibi, fond Hujjatlar qorong‘ulikda yoki tarqoq yorug‘lik bilan yoritilgan xolda saqlanadi. Hujjatlarni quyoshning tik nurlari bilan yoritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



  1. Kutubxonalar ishini tashkil etishda ilmiylik, adolatlilik, kasbiy nazariy va amaliy bilim, tashkilotichlik, tadbirkorlik, milliylik, xalqaro tajribalarga va ilgʼor ish tajirbalaragi amal qilish, xalqchillik tamoyillariga suyanish samarali foyda keltiradi.

Аxborot-kutubxona markazlarida, Respublika maqomiga ega boʼlgan barcha yirik ilmiy kutubxonalarda muassasa faoliyatiga direktor, axborot-resurs markazlarida, tashkilotlarning va muassasalarning tarkibidagi kutubxonalarda mudir boshqaradi.
Direktor respublikada belgilangan tartibga koʼra lavozimga tayinlanadi va boʼshatiladi.
Direktor yakka boshchilik huquqiga ega, yuqori tashkilot nomidan guvohnoma bilan vakolatli organga boʼysunadi va Davlat boshqaruvining tashkilot va muassasalardagi vakili hisoblanadi.
АKM bajarishi shart boʼlgan barcha yoʼnalishlarda oʼz vakolati doirasida buyruq chiqaradi va uning nazoratini taʼminlaydi.
Kutubxonaning direktori tashkilotning moliyaviy, iqtisodiy, maʼnaviy, tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, tovarlar olish, yetkazib berish va xizmat koʼrsatishga doir shartnomalar tuzish ishlarini bajarish uchun mehnat shartnomalarini tuzadi (buxgalteriya bosh hisobchisining roziligi boʼlishi shart);
belgilangan tartibida avanslar olish va oʼz xodimlariga tarqatish uchun ruxsat beradi.
Smetada koʼzda tutilgan mablagʼ hisobidan harajatlarni toʼlashga ruxsat beradi;
belgilangan qoidalarga binoan, muassasaning ehtiyojlari uchun materiallar va moddiy boyliklarni olish, toʼplash, sarflash ishlarini olib boradi;
hisob beruvchi shaxslarning avans hisobotlari, inventarizatsiya natijalari, maʼlum bir sabab bilan fonddan chiqariladigan axborot resurslari va boshqa moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tasdiqlaydi; moliyaviy-hoʼjalik faoliyatini nazorat qiladi.
Direktor tashkilotining gʼoyaviy-siysiy yoʼnalishi, iqtisodiy hayoti, Kadrlarni ishga olish, boʼshatish, boshqa kutubxonalar, tashkilotlar faoliyatini tashkil etish uchun javobgar.
Tizimga qarashli kutubxona xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini, ular uchun seminar va kengashlar faoliyatini tashkil qiladi. Shuningdek, kutubxona ishini rejalashtirish va tashkil qilish, Kadrlarni tanlash, joy-joyiga joylashtirish va tarbiyalash, moliyaviy mablagʼlar va moddiy boyliklarga boshchilik qiladi

Kutubxona ish rejasi va hisobotlarini yuqori tashkilotlarga topshiradi, ular bilan hakmorlikni yoʼlga qoʼyadi, oʼz faoliyati haqida ular oldida hisobot beradi. АKM, АRM va kutubxona binosini joriy va kapital remont qilishga rahbarlik qiladi.


Direktor lavozimiga oliy maʼlumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega boʼlgan kishi tayinlanadi.
Fan nomzodi yoki fan doktori boʼlgan taqdirda ham 5 yillik ish stajiga ega boʼlishi shart.
axborot- kutubxona faoliyatining yoʼnalishlariga oid Davlat siyosatini, mamlakatda belgilangan vazifalarni yaxshi bilishi, ishni tashkil etishning ilmiy asoslarini yaxshi bilishi, kunning sohaga oid dolzarb masalalaridan xabardor boʼlishi, bu ishlarni amalga oshirishda ishtirok etishi, tashabbus koʼrsata olishi zarur.

Kutubxona rahbari mehnat shartnomasi asosida xodimni ishga oladi.


Bunda albatta lavozim yoʼriqnomasi talablari doirasida xodimning maxsus maʼlumotga egaligini, ish tajribasini, kasbiy malakasini, avval ishlagan joydagi mehnat faoliyati, undagi yutuqlari, u joydan ketish sabablarini, mehnat qobiliyatini hisobga oladi va Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligidan chiqmagan holda ishga qabьul qiladi.
Unga jamoat shartnomasidagi talablar, ichki mehnat intizomi talablari tushuntiriladi. Xodim mehnat shartnomasida koʼrsatilgan shartlarga rozi boʼlgan taqdirda unga maʼlum belgilangan tartibda ishlash huquqi beriladi va 2 oy sinov muddatiga ishga qabul qilinadi.
Xodim sinov muddatida talabga javob bermasa, uni ishdan boʼshatish yoki doimiy ishga olib qolmaslik mumkin. Uning roziligidan soʼng xodimlar boʼlimi tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish bilan shugʼullanadi, uni ishga olish haqida buyruq tayyorlaydi, rahbar imzosi bilan tasdiqlab qoʼyadi.
Kutubxona direktori barcha xodimlari mehnatini tashkil etish, kutubxona kengashi va faollari faoliyatining hisob va hisobot ishlari, ish rejalari va hoʼjalik ishlarini bilish, nazorat qila olishi, xodimlar bilan ishlash madaniyatini egallagan boʼlishi, ichki mehnat shartnomasini, ichki tartib intizomni tashkil eta bilishi, nazorat qila olishi kerak
Ilgʼor xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish, mehnat intizomini buzganlarga, mehnat shartnomasida belgilangan shartlarni bajarishdan bosh tortganlarga, kutubxona hududida qoidadan tashqari biror bir nojoʼya harakat qilganlarga nisbatan chora tadbirlarni belgilangangan tartibda qoʼllay olishi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligini tashkil etish va taʼminlanishi ustidan nazorat qilish ish malakalarini oshirishni tashkil qilish, barcha boʼlimlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtirib olib borishi bilan mehnatni toʼgʼri tashkil etishni tashkil qiladi.
Direktor kutubxona ishini tashkil etishi bilan birga, uning mulki va hisobining saqlanishga javobgardir, kutubxona smetasining toʼzilishida ishtirok etadi, ajratilgan mablagʼlarning sarflanishini boshqaradi.
Direktorning kutubxonachilik ishlari boʼyicha muovini axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish, boshqarish, ilmiy-uslubiy faoliyatni tashkil etish, amalga oshirish, axborot-kutubxona xizmati koʼrsatish, tegishli boʼlimlar- abonement, oʼquv zallari, axborot-bibliografiya, ilmiy-bibliografiya, uning tarkibidagi boshqa boʼlimlarning faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish, kutubxonaning kitob fondini tashkil etish, targʼib qilish va undan foydalanish, kutubxonalararo va xalqaro kitob almashuv faoliyatini nazorat qilish, kutubxonachilik ishi masalalariga oid seminarlar, oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazish, kitobxonlarning soʼroqlarini toʼla, tezkorlik va samarali qondirish bilan bogʼliq boʼlgan kompleks masalalar uchun javobgardir.

Download 28.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling