O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 19 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumta’lim muassasasi kutubxonasi to‘g‘risida"gi nizomni tahlil qilish
Download 28.79 Kb.
|
Jumaniyazova Gulnoza school amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “Axborot-Kutubxona Tizimlari” kafedrasi “School libraries”fanidan AMALIY TOPSHIRIQ Bajardi:Axborot-Kutubxona Faoliyati ta’lim yo‘nalishi 061-19 guruh talabasi Jumaniyazova Gulnoza Qabul qildi: Toshkent 2023 Topshiriqlar. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 19 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasasi kutubxonasi to‘g‘risida”gi nizomni tahlil qilish. Maktab kutubxona fondiga ilmiy va texnik ishlov berish jarayonini tahlil qilish. O‘zDst 1215 standartning 5,6,7 bo‘limlarini o‘rganib, 10 tadan misol yozish. Maktab kutubxona hujjatlarini yuritish. Maktab kutubxona hodimiga qo‘yiladigan talablar. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 19 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasasi kutubxonasi to‘g‘risida”gi nizomda shunday deyiladi: “Kutubxona quyidagi vazifalarni bajaradi: foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish… Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o‘qitish; homiy tashkilotlar, turli tashkilotlar va muassasalar, ayrim fuqarolarning yordamlari hisobidan kutubxona fondini to‘ldirib borish”. Qolaversa, “Elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi”. Bu nizomda aynan maktab kutubxonalarining qanday bo‘lishi haqida, balki barcha umumta’lim muassasalari Oliy o‘quv yurtlari, texnikum va litseylar nazarda tutilgan. Maktablarda kitobxonlarning talabidan kelib chiqqan holda fondni to‘ldirish kitobxonlarnning yoshiga mos badiiy adabiyotlar bilan boyitish lozim, qolaversa kutubxona zamonaviy qulay jihozlar bilan jihozlangani, kitobxonlarning saviyasi va salohiyatini yanada yuksaltiradi. Kutubxonachi malakali, kasbini sevadigan fidoiy bo‘lsa, kitobxonlarga o‘z tavsiyalarini bera oladi. Aksariyat maktab kutubxonalarini fondi juda kamligi, o‘quv zalining kichikligi yorug‘lik yetarli emasligi kitobbxonlarni o‘z-o‘zidan kutubxonaga borish ishtiyoqini ham so‘ndiradi bu esa katta va og‘riqli muammodir. To‘g‘ri telivizor orqali berilayotgan kitobxon ko‘rsatuvini ko‘rib bolalar kitob o‘qib shu darajaga yetib hatto avtomobil ham yutib olishmoqda ammo bu urinishlar yutuqni olish uchungina hizmat qilmoqda. Bolalarni yoshligidan kitobga mehrli qilib tarbiyalasak kelajakda ulardan yurt uchun jamiyat uchun hizmat qiladigan mard jasur avlodlar yetishib chiqadi. Maktab kutubxonalari fondiga ilmiy va texnik ishlov berish kitobni ro’yaxtga olishdan boshlanadi. Kutubxonachi kutubxonadagi kitoblarni alfavitli va sistemali tartibda terilishini nazorat qilib borishi, reja bo‘yicha haftaning bir kunida bir ko‘zdan kechirib chiqib undagi qaytarish varaqalari, yorliqlar, kitob pasporti va cho‘ntakchalarini joyidaligini nazorat qilib turishi kerak. Kutubxonaga kelgan komissiya ishlov berilmagan bir dona kitobni ko‘rib qolsa, boshqa kitoblarga «to‘liq ishlov berilmagan» degan xulosani yozib ketishi mumkin. Shuning uchun bunga beparvo bo‘lish kerak emas. Kitobning jihoz raqami inventardagi bilan bir xil bo‘lishi, inventar kitobidagi raqam kitobdagi bilan bir xil bo‘lmasa ham inventar noto‘g‘ri yuritilgan deb xulosa yozib ketishi ham bundan mustasno emas. Kutubxonadagi kitoblarning yaroqsiz holga kelgani yoki yo‘qolganiligi haqida dalolatnomani tuzish kerak va har oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar kutubxonadagi kitoblar haqidagi hisobotni tayyorlashi va uni maktab direktoriga taqdim etishi lozim. Yangi kelgan badiiy adabiyotlarga yuqorida keltirilgandek ishlov berishi yorliq, kitob pasporti va qaytarish varag‘i kabi narsalarni kompyuterdan chiqarib, qirqib, yozib, yopishtiradi. Ma’lumot uchun bir dona badiiy kitobga to‘liq ishlov berib javonga qo‘yish uchun kutubxonachi 8-10 daqiqa vaqtini sarflaydi. 1) Malik, Tohir. Halol nima-yu…harom nima [Matn]: ma’rifiy suhbatlar / Tohir Malik; -Toshkent: Yangi asr avlodlari, 2018. – 256, [2] b. - 5000 nusxa. – ISBN 978-9943-27-289-7 2) Fitrat. Bedil [Matn] : Bir majlisda ; Fitrat; // Nashrga tayyorlovchi, so‘zboshi va izohlar muallifi H. Boltaboyev / . – Toshkent: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashryoti, 1996. – 48 b. -3000 nusxa. ISBN 5-86484-034-3 3) Karimov, Islom. “Kamolot” yoshlarimizning chinakam suyachi va tayanchi bo‘lsin[Matn]: Islom Karimov; – Toshkent: O‘zbekiston, 2001. –48b. – 30000 nusxa. ISBN 5-640-0297-2 4) Malik, Tohir. Iymonlahish umidi [Matn]: / Tohir Malik; -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. – 186, [2] b. - 1500 nusxa. ISBN 5-633-00219-9 5) Karimov, I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin[Matn]: / I.A. Karimov; – Toshkent: O‘zbekiston, 1994. –299 b. – 20000 nusxa. ISBN 5-640-01722-8 Rajabova, Mavjuda. Diniy ekstremizm va terrorchilik: Uning ildizi qayerda? Maqsadi nima? Unga qarshi qanday kurashish kerak? [Matn]: / Mavjuda Rajabova; – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2000. –164 b. – 5000 nusxa. ISBN 5-633-01173-2 Qodiriy, Abdulla. O‘tgan kunlar [Matn]: Roman / XX asr o‘zbek romani turkumi/ Abdulla Qodiriy; mas’ul muhar. Tohir Malik; - Toshkent: Sharq, 1995.-400,[2] b.: - adadi 25000. Ibrohimov, Ansoriddin. Boburnoma-buyuk asar [Matn]: /Asoriddin Ibrohimov; - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. -80 b. ISBN 5-635-01945-5 Robin, Sharma. “Ferrari”sini sotgan rohib bilan o‘z taqdiringizni kashf eting: [Matn] bestseller / Tarjimon G‘afforova Adalat – Toshkent: ZUKKO KITOBXON nashriyot-matbaa uyi, 2022. -240 b. ISBN 978-9943-8022-7-8 Rauf Jilasun Uvays Qoroniy: [Matn]: / tarjimonlar : Zilola Jo‘rayeva, Jahongir Xasan. – Toshkent: ZUKKO KITOBXON nashriyot-matbaa uyi, 2022. – 256 b. ISBN 978-9943-8221-9-1 Download 28.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling