O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmi


Download 1.85 Mb.
bet44/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmi


Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tizimli, bosqichma-bosqich va samarali tashkil эtish maqsadida, avvalo hududlar bo‘yicha aholini toifalarga bo‘lib, ular orasidan yoshlarni, shu jumladan, uyushgan, uyushmagan hamda uzoq muddatga xorijga chiqqan yoshlarni ajratib olish maqsadga muvofiq. Bu ishlarni amalga oshirish uchun harbiy boshqaruv organlari tegishli viloyat hokimining yoshlar siyosatini rivojlan-


tirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda Ichki ishlar boshqarmasining masʼul xodimi bilan hamkorlikni tashkil эtadi va asosiy tarbiya obyektini aniqlab oladi.


Uyushgan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasi- da birinchi navbatda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining hududiy, mahalliy kengashlari, uning tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan hamkorlik o‘rnatish lozim. Chunki, mazkur tashkilotning har qanday shakldagi tadbirlarga yoshlarni qamrab olish va jalb эtish uchun yetarlicha kuch va imkoniyalari mavjud. Shu bilan birga, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining markaziy va hududiy kengash- larida faoliyat yuritayotgan офицерlar ham hamkorlikdagi tadbirlarga ya- qindan ko‘mak beradi.
Uyushmagan yoshlar bilan ishlash borasida Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Adliya vazirliklari, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi va ularning hududiy boʼlim- lari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan uzviy hamkorlik o‘rnatish, uning doirasida alohida ishlar tizimini (mehnat yarmarkalari, to‘garaklar, o‘quv markazlari, huquqiy-targ‘ibot, klublar, ustoz-shogird anʼanasi va Bunyodkor yoshlar otryadi faoliyatini) takomillashtirish har jihatdan muhim sanaladi. Uyushmagan yoshlar bilan ishlar asosan ma- hallalar kesimida olib borilishi bilan xarakterlanadi.
Hududlarda harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga oid infratuzilmani (bog‘lar, markazlar, majmualar, klublar, muzey va kutubxonalar, qism va muassasalar va h.k.) shakllantirish va rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatiladi. Shu kabi, barcha maktablar, лицей va kollejlar, birinchi navbatda maxsus sinf va guruhlari mavjud taʼlim muassasalarining infratuzilmasini, chaqiruvga qadar bosh- lang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv va moddiy-texnik bazasini muntazam ta- komillashtirib borishda ham tegishli mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik aloqalari yoʼlga qoʼyiladi.



    1. Download 1.85 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling