O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


yoʻnalish: “Ustoz-shogird” an’anasi doirasida usta


Download 1.85 Mb.
bet34/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

yoʻnalish: “Ustoz-shogird” an’anasi doirasida usta


hunarmandlarga biriktirish orqali bandligini ta’minlash.

  1. Mahallalarda oʻsmir yoshlarni «Ustoz-shogird» anʻanasi doirasida

hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikka yaqindan jalb qilish.

  1. “Ustoz-shogird” an’analari asosida hunar oʻrgatish – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka poydevor vazifasini oʻtashi kerak.

Siz mahallada yetakchi sifatida taklif эtmoqchi boʻlgan qoʻshimcha kasb-hunar turlari:


  1. kosibchilik;

  2. duradgorlik;

  3. toʻquvchilik;

  4. tikuvchilik;

  5. doʻppidoʻzlik;

  6. zardoʻzlik;

  7. sartaroshlik;

  8. oʻymakorlik va h.k.



  1. yoʻnalish: Oʻzini oʻzi band qilish yoʻnalishlari


Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yoʻnaltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok эtishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va ragʻbatlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar hisoblanadi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxati kengaytirilib, 67 taga yetkazildi, ularga bir qator qulayliklar va imtiyozlar berildi hamda ularning faoliyatini masofadan turib roʻyxatga olish uchun mobil ilova ishlab
chiqildi (Savdo-sanoat palatasi tomonidan shakllantirilgan).
2020-yil 1-iyuldan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi hamda ushbu summa toʻliqligicha

бюджетdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.


Bu boradagi ishlarning uzviy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-fevralda э’lon qilingan PF-6155- son “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida aynan, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Shuningdek, 1-iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida oʻqishi xarajatining bir qismi qoplab beriladi. Shu bilan birga, 1-iyuldan boshlab xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarni qayta tayyorlash xarajatining 1 million soʻmgacha boʻlgan qismiga subsidiya beriladi.
Yer olgan yoshlar agrotexnik tadbirlarni bajarib, daromad ola boshlaguncha fermer va klasterlar amaliy yordam koʻrsatadi. Bu sohada ham aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “yoshlar daftari”ga kirganlarga urugʻlik va koʻchatlar xaridi uchun 2 million soʻmgacha subsidiya berish zarurligi qayd эtilgan.


“Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil эtishga



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling