O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


MAVZU: YOSHLAR YETAKCHILARIDA KASBIY MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH


Download 1.85 Mb.
bet2/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

MAVZU: YOSHLAR YETAKCHILARIDA KASBIY MULOQOTNI SHAKLLANTIRISH

  1. Yoshlar yetakchilarida kasbiy muloqotni shakllantirish




Kasbiy muloqotning asosiy maqsadi insonga oʻzaro ta’sir эtish va shaxslararo munosabatlarni samarali qurish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish natijasida muvaffaqiyatli professional faoliyatni amalga oshirishdir.
Kasbiy muloqot har kunlik, maishiy muloqot turlaridan farqli oʻlaroq, me’yoriy tashkiliy, madaniy chegaralangan va odatda majburiy xarakterga эga boʻladi. Uning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, odatda biznesmenlar, siyosatchilar, oʻqituvchilar, yuristlar, shifokorlar va hokazolar foydalanishadi.
Kasbiy muloqotga: ishbilarmonlik, boshqaruv, yuridik, pedagogik va boshqa bir qator muloqot koʻrinishlari taalluqli boʻlib, ularning har biri ochiq muloqot asosida amalga oshiriluvchi – bevosita va hamkorlar orasida vaqtinchalik fazoviy masofa boʻlgan taqdirda bilvosita turlarga ajraladi. Boshqaruv psixologiyasi doirasida biz kasbiy muloqotni ishbilarmonlik va boshqaruv muloqoti doirasida koʻrib chiqamiz:
Ishbilarmonlik muloqoti bu axborot almashinuvi va aniq vazifani hal эtishga yoki maʻlum maqsadni amalga oshirishga yoʻnalgan hamkorlar (sheriklar) orasidagi oʻzaro ta’sirlar doirasi tushuniladi.
Ishbilarmonlik muloqotining asosiy shakllari: ishga bogʻliq va tarbiyaviy suhbatlar; ishbilarmon muzokaralar; majlislar; ommaviy chiqishlar va hokazo.
Ishbilarmonlik muloqotining funksiyalariga kasbiy mahoratga yoʻnaltirilgan umumiy muloqot funksiyalarini rivojlantirish kirib ketadi. Asosiy vazifalari sifatida quyidagilar ajratib oʻtiladi:
translatsion: bunda muloqot professional faoliyatni aniq usullarini va professional ta’sirlarni, shuningdek, professional darajada ahamiyatli boʻlgan bilimlar, baholar, fikrlar, hukm va muhokamalarni ulashish uchun qoʻllaniladi;
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling