O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ibragimova oltinoy baxramovna


Gimnastikachilarning umumiy va maxsus


Download 163.61 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi163.61 Kb.
#1579216
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibragimova Oltinoy Baxramovna.docx 2.

1.2. Gimnastikachilarning umumiy va maxsus
tayyorgarligi ta’rifi.
Gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligi - gimnastika ko‘pkurashi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olishga qaratilgan jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlikning maqsadi-o‘ziga xos sport faoliyati ichki imkoniyatlarni amalga oshirish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun shart sharoit yaratishdan iborat.
Bu maqsad odam organizmining ma’lum bir xususiyatlariga: kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamliligiga ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi, bu fazilatlar sport nazariyasida jismoniy sifatlar deb yuritiladi.
Jismoniy tayyorgarlik ham bu fazilatlarni ma’lum darajagacha tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, gimnastikachining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlantirish jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)–gimnastikachining harakat faoliyatini ta’minlaydigan organizmning barcha a’zolari va tizimlariga keng ta’sir etishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham umumiy jismoniy tayyorgarlikda ko‘proq tanaga kengroq ta’sir ko‘rsatadigan vositalar qo‘llaniladi. Chunonchi, krosslar, bir tekis va o‘zgaruvchan suratdagi uzoq vaqt yugurishlar yordamida gimnastikachilarning chidamliligi rivojlanadi, yugurish texnikasi takomillashadi, mushaklarning egiluvchanligi yaxshilanadi, nafas va yurak qon-tomir tizimlari takomillashadi, natijada esa ularning sog‘lig‘i mustahkamlanadi. Undan tashqari bu mashqlar yordamida gimnastikachilarning irodaviy sifatlari tarbiyalanadi.
Sport o‘yinlaridan (basketbol, futbol) foydalanilganda gimnastikachiga yanada ko‘proq omillar ta’sir etadi, yuqorida qayd etilgan fazilatlar (tezlik, chaqqonlik, harakat uyg‘unligi) kabi fazoda o‘zini his qilish va chamalash xususiyatlari yaxshilanadi, harakat aniqligi oshadi va hokazo.
Har tomonlama jismoniy tarbiyalash hal qilishda gimnastika xos shuning bilan birga boshqa sport turlarining umumtayyorgarlik mashqlariga katta ahamiyat beriladi. Bular yurish va yugurish, sakrash va uloqtirish, amortizator va og‘irliklar (gantellar, toshlar, shtanga) bilan bajariladigan va qomat buzilishdagi nuqsonlarni tuzatuvchi bir xil mashqlardir. UJT mashqlarining faol dam olish vositasi sifatida ham ahamiyati kattadir.
Bu vositalar gimnastikachini boshlang‘ich tayyorgarlik davrida, bo‘lajak ko‘p yillik shug‘ullanish uchun asos yaratiladigan davrda ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Bu davr asosan maxsus gimnastik yuklamalar bir tomonlama ta’siri uchun o‘ta zaif va organizmi muttasil rivojlanib borayotgan yosh gimnastikachilarning kontingentini qamrab oladi. Gimnastikachilarning UJT dasturiy-yuklamalar asosini «Alpomish va Barchinoy» majmuasi tashkil etadi.
Gimnastika ko‘pkurashi barcha turlarining mashqlarini muvaffaqiyatli egallashni ta’minlovchi gimnastikachining maxsus jismoniy tayyorgarligi (MJT) organizm tizimlari va organlari sifatlarini qo‘llab quvvatlash va yuqori darajada rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Buning uchun gimnastikachi ma’lum bir mushak guruhini egiluvchanligi va kuchini, umurtqa pog‘onasining, elka va tos-son bo‘g‘imlarining harakatlanishini, maxsus sakrovchanlikni, harakatdagi aniqlik va muvofiqlikni rivojlanishi, dinamik va statik kuchga bo‘lgan chidamlilikni oshirishi, maxsus ish qobiliyatini oshirishi zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalarni avvalo, gimnastika ko‘pkurashi musobaqa mashqlari, shu bilan birga sifatlarni va gimnastikachilarning o‘quv hamda mashg‘ulot jarayonini tobora o‘sib borishini ta’minlovchi maxsus-tayyorlov mashqlari tashkil etadi.
Bu ayrim mushak yoki mushak guruhlari xuddi shunday yoki o‘xshash tarzda xizmat qiladigan mashqning dinamik va kinematik tuzilishiga ko‘ra musobaqa bilan o‘xshashlikdir.
Gimnastikachining «ortig‘i bilan faoliyat qobiliyati» to‘plashni ko‘zda tutuvchi jismoniy sifatlarini rivojlanish uslubiyatini bitta umumiy xususiyat bilan belgilash zarur, ya’ni gimnastikachining oldida turgan minimal harakat vazifalarini echish uchun kerak bo‘lgan sifat va imkoniyatlarning bunday rivojlanishi ancha ortadi. (Korenberg. 1970) Bu gimnastikachining harakat faoliyatidagi yuqori darajali ishonchlilikni ta’minlaydi.

Download 163.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling