O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ibragimova oltinoy baxramovna


II BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA TASHKIL ETISH


Download 163.61 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi163.61 Kb.
#1579216
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibragimova Oltinoy Baxramovna.docx 2.

II BOB. TADQIQOTNING VAZIFALARI, USLUBLARI VA TASHKIL ETISH.
2.1. Tadqiqotning maqsadi.
Sport maxoratini oshirish trenirovka jarayonida eng qulay asosiy vosittalarni taqsimlash bilan gimnastikachilarni maxsus jismoniy tayyorlash uslubini takomillashtirishdan iborat.
2.2. Tadqiqotning vazifalari.
Maqsad – bolalarning xarakat faolligida asosiy gimnastika vositalaridan foydali ta’sirini asoslab berish.

  1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni taxlil qilib berilgan adabiyotlardan foydalanib savollar tarkibini o‘rganib chiqish.

  2. Bog‘cha sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarni harakat tayyorgarligini aniqlash.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni xarakat tayyorgarligiga gimnastika vositalarini ta’siri.

2.3. Tadqiqotning uslublari
2.2.1.Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganib chiqish.
2.2.2. Pedagogik kuzatish.
2.2.3.Pedagogik testlash.
2.2.4.Matematik-statistik tahlil.
2.3. Tadqiqotni tashkil etish.
Tadqiqotlar 2022 yil martdan 2023 yil martgacha Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani 10 sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 60 nafar 5-6 yoshli bolalari ishtirok etdi pedagogik tajriba uch bosqichda olib borildi.
Birinchi bosqich (2022- mart – aprel’ oylarida) bog‘cha bolalarini jismoniy va harakat tayyorgarligi ilmiy-uslubiy adabiyotlar orqali tahlil qilindi va tadqiqot jarayonida quyidagi vazifalar echildi:

  1. Bog‘chalarda mashg‘ulotlar yo‘nalishi o‘rganib chiqildi.

  2. Jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish tadqiqot qilindi.

  3. Bog‘chalarda mashg‘ulot o‘tish usuli.

  4. Bolalarning jismoniy tayyorgarligi tadqiqot qilindi.

  5. Tajriba va nazorat guruhlari aniqlandi.

Ikkinchi bosqich (2022 aprel’da) 5-6 yoshli bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi aniqlash uchun daslabki tajriba o‘tkazildi. Tajriba boshlanishida xarakat tayyorgarlik hech qanday farqsiz o‘tkazildi. Tajriba guruhi ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha shug‘ullandilar.
Vaholanki birinchi sinov natijalari jinslar orasida ham farq borligini ko‘rsatdi. Tortilish va qo‘llarni bukib yozish maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan katta natija berdi.
Aytib o‘tish joizki, egiluvchanlik ko‘rsatgichlari qiz bolalarda ham, o‘g‘il bolalarda ham past natija ko‘rsatdi. Lekin qiz bolalarda egiluvchanlik rivojlanishi imkoniyatlari ko‘proq. Shunday qilib dastlabki o‘tkazilgan sinov natijalari 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlab berdi, jismoniy sifatlarni shakillanishida jinslar farqini ham ochib berdi. Masalan: tezkor-kuch sifatlarini rivojlanishi maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ajoyib natija berdi, egiluvchanlikni rivojlanishi esa aksincha natija ko‘rsatdi
Uchinchi bosqich (2023 yil martda) o‘tkazildi Asosiy tadqiqot natijalari olindi va Matematik-statistika uslublarida tahlil qilindi olingan natijalar asosida bitiruv malakaviy ish yozildi.

Download 163.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling