O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ibragimova oltinoy baxramovna
Download 163.61 Kb.
|
Ibragimova Oltinoy Baxramovna.docx 2.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Testlar
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bolalar bu kabi mashqlarni birinchi marta bajarmoqdalar (paralel o‘rindiqda qo‘lni bukib yozish, burchak ushlab turish) shuning uchun natijalar ancha past bo‘ldi. (3.2-jadval). 3.2 -jadval Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarda gimnastika vositalari orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishning dastlabki sinov natijalari.
Oyoq mushaklarini portlash kuchini aniqlash uchun balandlikka sakrash Abalakova ko‘rsatgichlari ro‘yxatga olindi. (3.3-jadval.). Bu erda yoshi ulg‘aygan sari natijalari farqi kamayib boradi va tenglashadi, qiz bolalarda ham, o‘g‘il bolarlarda ham. Ammo qiz bolalar ham katta natija ko‘rsata olishini aytib o‘tish joiz. 3.3- jadval Abalakova bo‘yicha balandlikka sakrashning o‘rtacha natijalari.
Shunday dalillar o‘ziga jalb qiladiki, 6 yoshli o‘g‘il bolalarda qo‘llarni siltab sakrash yaxshi natija (11,2%) berdi, qiz bolalarda esa nisbatan kam (4,18%). Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, amaliyotni nazariya bilan birga qo‘llash jismoniy rivojlanishga va jismoniy tayyorgarlikni o‘sib borishiga yordam beradi. Ushbu tahlil, gimnastika elementlarini o‘rganish ko‘rsatgichlari, jismoniy tarbiya sinovlari natijalari o‘rtacha bog‘liqligini ko‘rsatadi. 5 yoshli bola akrobatik mashqlarda va jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi bilan (tezkor-kuch, kuch va egiluvchanlik) o‘zaro bog‘liqlik tomonlari topildi. XULOSA Maktabgacha yoshdagi bolalarda turli qad-qomatni noto‘g‘ri o‘sishi, yassioyoq turli kasallika uchrab turadi. Buni hisobga olib qad-qomatni to‘g‘rilashga yordam beruvchi maxsus qad-qomatni shakillantiruvchi mashqlar ishlatilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlanishi qizlarda yuqori, o‘g‘il bolalarga nisbyuatan jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatgichlari dinamikasi bo‘yicha. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulot dasturi umumiy bo‘lishi tasdiqlangan. Bolalarning xarakat faolligini oshirish uchun asosiy gimnastika vositalaridan foydalanishning ustunligi ish davomida tasdiqlandi. Ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar dasturi va gimnastika vositalarining tanlash, tajriba guruhi bolalarining sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir ko‘rsatdi va yana dinamik morfofunksional rivojlanish, jismoniy tayyorgarligiga ijobiy ta’sir qildi. AMALIY TAVSIYALAR. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish ta’sirini kuchaytirish maqsadida tavsiya qilingan dasturdan foydalanishi zarur. Xususiyatlarni pastligini nazarda tutib maktabgacha yoshdagi bolalarning e’tiborini jamlash uchun, ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanib mashg‘ulotlar o‘tilishi tavsiya qilinadi. Hayot uchun kerak bo‘lgan sifatlarni rivojlantirish uchun o‘yin, estafeta, aylanma mashg‘ulot, nazorat sinovlari uslubidan ta’siri ko‘proq. Bir yil davomida har oyda bolalarning dinamik rivojlanishini kuzatib borish uchun nazorat sinov o‘tkazib turish tavsiya qilinadi. Bu esa bolalarni bog‘chadan tashqari vaqtlarda ham uzluksiz shug‘ullanishi uchun ko‘nikma hosil qilsin. Jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun quyidagi nazorat mashqlarini tavsiya qilamiz, mokisimon yugurish 2 x 10 metrga, uzunlikka sakrash, % gacha tortilish, yotgan holatda qo‘llarni bukib yozish, oyoqlarni 900 gacha ko‘tarish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari PQ-449-son qarori Karimov X.A.,Yusupov G‘.A., Toshmurodov M.X., Jonqobilov O.A., Umarov X.X., Abdullayev B.B. Sport pedagogik mahoratini oshirish (Gimnastika) Darslik. T.”Barkamol fayz media” nashryoti 2017 yil, 326 b. Jeff Savage (Author). Top 25 Gimnastics Skills, Tips and tricks. Enslow Publishers, Inc. 2012 Eshtayev A.K. “Sport gimnastikasi mashg`ulotining nazariy asoslari”.O‘quv qo’llanmaT.: O‘zDJTI nashr.: 2000 yil. Qo`shimcha adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2909-sonli qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3031-sonli qarori. 3. Karimov X.A., Yusupov G’.A., Toshmurodov M.X., Jonqobilov O‘.A., Umarov X.X., Abdullayev B.B., “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (Gimnastika) Darslik. «Barkamol Fayz media nashriyoti» 2017 yil 326 b. 4. Toshmurodov M.X. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (Gimnastika) O‘quv qo‘llanma. «O‘zkitobsavdonashriyoti» 2020 yil 150 b. Download 163.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling