O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “sport o‘yinlari” fakulteti
Download 242.5 Kb.
|
3 к Amaliyot dastur 2022-2023
2.UMUMIY QOIDALAR
2. 1. MALAKAVIY AMALIYOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI Ushbu malakaviy amaliyot bakalavrlarni tayyorlashda o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u o‘quv jarayonining bevosita davomi hisoblanadi. O‘tkaziladigan malakaviy oldi amaliyotning maqsadi amaliyot obyekti hisoblangan ta’lim muassasalarida talabalar tomonidan tanlangan sport turi bo‘yicha (voleybol, basketbol) sport seksiyalari faoliyatini muntazam yo‘lga qo‘yish va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda jamoaviy holda mustaqil ishlashga o‘rgatish; sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish hamda nazorat olib borish shuningdek, sportchilarni shaxsiy xususiyatlari jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi, funksional holatlarini aniqlashda ilg‘or tajribalarni qo‘llashni hamda malakaviy malakaviy ishini bajarish uchun zaruriy materiallar to‘plash hisoblanadi.Talabalar malakaviy oldi amaliyoti ob’ektida mavjud bo‘lgan uslubiy ko‘rsatmalar, namunaviy dasturlar, tayyorgarlik va musobaqalar, musobaqa oldi va umumiy sport (yakka va jamoaviy) mashg‘ulotlarni tashkil etish rejalari, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar bilan tanishadilar. Amaliyot ob’ektida tayyorgarlik musobaqa oldi va musobaqalarni tashkil etish usullari va yo‘llarining (yakka va jamoaviy) mashg‘ulotlarini o‘ziga xos usullarini o‘rganadilar va tanlangan sport turi bo‘yicha egallagan bilimlarini amalda qo‘llab sport faoliyatida murabbiylikning kasbiy sir asrorlari va pedagogik faoliyati bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarini oshiradilar. Malakaviy malakaviy oldiishi hamda malakaviy amaliyot hisoboti uchun zarur bo‘lgan ilmiy-tadqiqotlarning tajriba natijalarini to‘playdilar, qiyosiy tahlil etadilar va umumlashtiradilar. Tanlab olingan sport turlari bo‘yicha hakamlik qilish malakalariga ega bo‘ladilar. Malakaviy oldi amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagila dan iborat: 1. Malakaviychi talabalar o‘z faoliyatlarida murabbiylikni kasbiy sir asrorlari, pedagogik faoliyati bo‘yicha amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 2. Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish; 3. Yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish; 4. Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlarning ommaviy sport tadbirlari bilan qamrab olinishini ta’minlash vazifalarini tanlab olish; 5. Amaliyot obyektida yuritilayotgan me’yoriy hujjatlar tizimi bilan tanishish; 6. Amaliyot obyektida mavjud tartib qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarni o‘rganish; 7. Amaliyot ob’ektida talabalar tomonidan tanlangan sport turi bo‘yicha voleybol, basketbol sog‘lomlashtirish va jismoniy tayyorgarligini oshirish to‘garagini tashkil etish, sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilish va sportchini yakka hamda jamoaviy holatda mustaqil ishlashga o‘rgatish; 8. Talabalar tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarni amaliyot obyekti jamoasi o‘rtasida keng namoyishini yo‘lga qo‘yish va ularni to‘laqonli ishtirokini ta’minlash; 9. Tanlangan sport turlari bo‘yicha o‘quvchi yoshlarni maxsus testlar asosida tanlash va saralash mezonlarini bilish, texnikasini o‘rgatish uslubiyatni bilish, mashg‘ulotlarni tashkil etish va vosita usullarini qo‘llay bilishni sinovdan o‘tkazish; 10. Tanlangan sport turi bo‘yicha tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlarida oylik va yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirish hamda mikro, mezo yuklamalarni taqsimlanishni amalda qo‘llashni bilishi; 11. Tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishni, musobaqa oldi tayyorgarligi va musobaqa faoliyatini boshqarishni, musobaqa Nizomi va dasturini ishlab chiqishni, musobaqalarda bosh hakam, hakam, hakam yordamchisi vazifasini bajarish bilimiga ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni; 12. Tanlangan sport turi bo‘yicha kasbiy va pedagogik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda tajribalarini oshirish; 13. Kurs ishini yozish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun kerakli materiallarni to‘plash hamda malakaviy oldi amaliyoti yuzasidan hisobot taqdimotlarini tayyorlash va himoya qilish vazifalarini bajarish lozim. Download 242.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling