O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “sport o‘yinlari” fakulteti


-Mavzu׃ Amaliyot obyektining vujudga kelish tarixi hamda ichki tartib tizimi


Download 242.5 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi242.5 Kb.
#1491527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 к Amaliyot dastur 2022-2023

1-Mavzu׃ Amaliyot obyektining vujudga kelish tarixi hamda ichki tartib tizimi.
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari׃
Amaliyot obyektining vujudga kelish tarixi va unda o‘rnatilgan tartib qoidalar bilan tanishish va ularni o‘rganish. Ish yuritish mexanizmini o‘rganish. Sport yo‘nalishlari va unda taʼlim olayotgan shug‘ullanayotgan o‘quvchi sportchilarning majburiyatlari bilan tanishish. Obyektning ichki tizim tarkibi ( to‘garaklar hamda boshqaruv organlari) ish faoliyatlari bilan tanishish. Amaliyot obyektining rahbar va rahbar muovinlari (o‘quv ishlari bo‘yicha, maʼnaviyat ishlari bo‘yicha, sport faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha, amaliyot ishlari bo‘yicha) ish faoliyatlari bilan tanishish. Biriktirilgan amaliyot rahbari, yaʼni tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiyning ish faoliyati bilan tanishish va uni o‘rganish. Tanlangan sport turi bo‘yicha biriktirilgan guruh o‘quvchi sportchilari bilan tanishish, kundalik daftarga F.I.Sh. qayd etish.


Mavzu bo‘yicha topshiriqlar





AMALIYOT OBYEKTIDA BAJARILADIGAN TOPSHIRIQLAR

MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR.

1.

Rahbar, rahbar muovinlari va tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiy bilan tanishish.

Ular bilan amaliyot maqsadi va yo‘nalishini tanlash.

2.

Amaliyot obyekti tarixi, tuzulmasi bilan tanishish.



Amaliyot obyekti ichki tarkib tuzilmasining chizmasini ishlab chiqish. Tashkilot qachon tashkil topganligi, ixtisoslashganligi murabbiy va o‘quvchilarni sig‘imi.

3.

Amaliyot Obyektidagi mavjud sport anjomlari yoki umumiy moddiy-texnik bazasi bilan tanishish.

Texnik vositalari bilan ishlash jarayonini kuzatish va qo‘llash

4.

Biriktirilgan amaliyot
rahbari ish faoliyati va tanlangan sport turi bo‘yicha shug‘ullanuvchi sportchi o‘quvchilar bilan amaliyot maqsadini belgilash.

Tanlangan sport turi bo‘yicha (basketbol, voleybol) shug‘ullanuvchi sportchi o‘quvchilar jamoasining demografik va biografik tarixini o‘rganish. (Tanlangan sport turi bilan qayerda, qachondan, kim bilan shug‘ullanib boshlaganligi va h.k.)




Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling