O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi
Download 145.72 Kb.
|
ХАСАН Олимон
Siltanish mashqlari. Halqalardagi bu mashqlar turnik va boshqa siltanishli snaryadlardagi bajariladigan mashqlar tamoyili kabi tasniflanadi. Ammo, aynan faqat siltanishli snaryadlardan farqli o‘laroq, halqalar tasnifida aks etishi zarur bo‘lgan statik holatlardan boshlanadigan mashqlarni o‘z ichiga olgan. Taqdim etilgan rasmda, tuzilishida sitatik bukilib osilishdan ijro etiladigan mashqlarni boshqa siltanish harakatlar bilan o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha blok (rasmning pastki qismini ko‘ring) keltirilgan. Bu bog‘liqlikni tahlil etib shunga amin bo‘lish mumkinki, bukilib osilishdan kerilish bilan bajariladigan koordinatsiya harakatlarining elementlari u yoki bu darajada orqaga (jadvalning chap tomoni) yoki oldinga (o‘ng tomon) dastlabki aylanishlar asosida (fonida) ijro etiladigan mashqlarda ham mavjud. Ayniqsa bu mashqlarning asosiy qismi tavsifiga yaqin o‘tishi bilan bajariladigan mashqlarda juda sezilarlidir. Demak, bukilib osilishdan orqaga ko‘tarilib qo‘llarda turish tuzilishi va texnikasi bo‘yicha tayanishdan orqaga aylanishga juda yaqin. Osilish yoki tayanishdan oldinga siltanib sakrash siltanishlar va boshqa sakrab tushishlarda hamda joyda kerilib ko‘ratirishlarda va boshqalar mavjud bo‘lgan biroz o‘zgargan shaklda tanani faol kerilishini o‘z ichiga oladi.
Halqalarda siltanish mashqlarining asosiy tuzilish tiplprini keltiramiz: Osilishda va tayanishda tebranish, osilib tayanishdan surilishlar; Oddiy oldinga siltanib ko‘tarilish va burchak tayanish; Oddiy osilish va tayanishdan sakrab tushishlar; Orqaga siltanib ko‘tarilib tayanishlar, qo‘llarda turish; Oddiy orqaga siltanish bilan sakrab tushish va tos harakatlariga urg‘u berish bilan orqaga siltanib ko‘tarilishlar; Osilishdan siltanib orqaga va oldinga baland aylanishlar; Osilishdan ko‘tarilib to‘ntarilib orqaga va oldinga, “xonma” tayanish; Osilishdan orqaga to‘ntarilib baland tayanish, turish, orqaga va oldinga katta aylanishlar; Gujanak, bukilishda, “vertushka” orqaga tezkor to‘ntarilishlar; To‘ntarilish va oddiy sakrash bilan orqaga salto, bir martalik burilishlar bilan salto; Burilishlar bilan bukilish, yozilish bilan oldinga salto oddiy sakrab tushish; Orqaga turli ikkitalik salto, uchtalik salto; Oldinga turli ikkitalik salto, uchtalik salto; Orqaga siltanish bilan orqaga salto sakrab tushish; Tayanishdan oldinga siltanish bilan orqaga to‘ntarilib osilish, orqadan osilish; Orqaga siltanish bilan qo‘llarda turish, osilish, bukilib osilishda qo‘llarda turish orqali oldinga tezkor to‘ntarilish; Tayanishda orqaga tezkor aylanishlar, oyoqlarni ochib sakrab tushish, oldinga siltanish bilan aylanishlar; Joyda orqaga tezkor, pas, baland aylanish; Orqaga templi ko‘tarilish past tayanch,baland tayanch, qo‘llarda turish; Kerilib ko‘tarilish baland tayanch, burchak tayanish; Boshqasi bilan baland, o‘rtacha siltanish; Boshqasi bilan oddiy sakrab tushish, boshqasi bilan –oldinga salto, oldinga oyoqlarni ochib siltanib o‘tish bilan sakrab tushish. Download 145.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling