O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksi 17-moddasi


Download 0.76 Mb.
bet6/8
Sana01.11.2021
Hajmi0.76 Mb.
#169670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan soliqlar va boshqa majburiy

35-modda. Yuridik shaxslar

Quyidagilar yuridik shaxs deb e'tirof etiladi:

1) O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);

2) fuqarolik huquqi layoqatiga ega bo'lgan, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet ellik yuridik shaxslar (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar);

3) xalqaro tashkilotlar.

O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining undan hududiy jihatdan alohida bo'lgan, turgan joyida statsionar ish o'rinlari jihozlangan har qanday bo'linmasi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo'linmasi deb e'tirof etiladi.Yuridik shaxsning alohida bo'linmasini alohida bo'linma deb e'tirof etish unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-farmoyish beruvchi hujjatlarida aks ettirilganligidan yoki aks ettirilmaganligidan qat'i nazar amalga oshiriladi.Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga tashkil etilgan bo'lsa, u statsionar ish joyi deb hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo'linmasining turgan joyi deb ushbu yuridik shaxs tomonidan faoliyatni o'zining alohida bo'linmasi orqali amalga oshirish joyi (statsionar ish o'rinlari jihozlangan joy) e'tirof etiladi


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling