О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri


Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish


Download 0.84 Mb.
bet11/21
Sana27.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1133530
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI

Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish


“Bolalar ekologik jurnali “Buloqcha” (Rodnichok)da mavzuli ilovalarni chop etish” grant loyihasi doirasida aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish har bir insonda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish nafaqat davlat va jamiyat, balki har bir fuqaroning vazifasi bо‘lishiga erishish Ekoharakatning ustuvor dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. E’tirof etish joizki, ekologik muammolarni hal etishda nafaqat xо‘jalik faoliyatida resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish, shu bilan birgalikda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlarning о‘zigina ushbu sohadagi muammolarni hal etishda yetarli emasligini davrni о‘zi kо‘rsatmoqda. Bu borada aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish, mamlakatning noyob tabiatini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish, ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirning oldini olish asosiy omillardandir.
Tabiatda rо‘y berayotgan noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish, rо‘y berishi mumkin bо‘lgan bunday vaziyatlarning oldini olish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Insonning tabiatga notо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlarning oldini olishda ekologik ta’lim-tarbiyaning о‘rni nihoyatda katta.
Yashil olam inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini, shuning uchun ham har bir о‘quvchi о‘z maktabi, hovlisi, kо‘cha va xiyobonlarni kо‘klamzorlashtirish ishida faol qatnashishi, kо‘chat о‘tqazib, ularni parvarish qilish orqali atrof-muhitning musaffo bо‘lishiga hissa qо‘shishi kerakligi yoshlarga doimiy ravishda tushuntirilishi lozim.
Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab bolalarda tabiat ne’matlariga mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, ekologiyaga oid bilimlarni ular shuuriga singdirish lozim. Toki ular kelajakda atrof-muhitni muhofaza qila oladigan va tabiatdan tabiatga zarar keltirmagan holda foydalana oladigan bо‘lib voyaga yetishsin.
Oila kishilik jamiyatida insoniy or va nomusni anglash, xalq va Vatan nashidasini о‘zida yetakchi omilga aylantiruvchi birlikdir. Oila insoniy mehr-muruvvat mezonlari kabi tuyg‘ularni о‘zida mustahkam idrok etishga chorlovchi muqaddas va ulug‘ dargoh.
Oilada ayolning о‘ziga xos о‘rni mavjud bо‘lib, rо‘zg‘orni saranjom-sarishta va ozoda tutish, tozalikka rioya qilish xonadonlarimiz bekalaridan alohida e’tibor va mas’uliyat talab etadi. Mana shu oilada kamol topayotgan qizaloq о‘z onasini sinchkovlik bilan kuzatadi va uning yurish turishi, о‘zini tutishi, idish-tovoqlarni pokiza saqlashidan tortib, hovli supirishi, gullar parvarishi, qо‘yingki, barcha-barcha ishlarda andoza oladi va shu zaylda ulg‘ayadi. О‘g‘il bolalar esa erkaklarga xos xislatlarni о‘z otasidan о‘rganadi. Ota bahor oylarida yerlarni chopishni, daraxt nihollari va gul о‘tqazishni, maishiy asboblarni toza tutishni va sozlashni bajarayotgan vaqtda о‘z о‘g‘lini oldiga olib shu ishlarni oz-ozdan о‘rgatib borsa, о‘g‘il ham undan andoza olib о‘lg‘ayadi.
Farzandlarga ilk sо‘zlarni о‘rgata boshlaganlarida, suv, о‘simliklar va non tushunchalarini, ularni qadrlash kerakligini, suvsiz о‘simlik о‘smasligini, о‘simlik о‘smasa non bо‘lmasligini ular ongiga singdirib borish lozim.
Bolada ijobiy xislatlarning shakllanishida oila bilan birgalikda maktab, mahalla-kuy, tengdoshlari va umuman atrof-muhitning ta’siri katta. Bugungi kunda har bir oila oldidagi vazifalardan biri bu bolalar ongida yoshligidanoq ekologik ong va ekomadaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga о‘rgatish, noyob tabiatni asl holicha kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini vujudga keltirish orqali atrof muhitga yetkazilishi mumkin bо‘lgan salbiy ta’sirning oldini olishdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat haqidagi bilimlarni egallab olib о‘simliklarni о‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini о‘rganib, tabiatni kuzatish, uning gо‘zalliklaridan bahra olishni bilib olgan taqdirdagina, ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lishni tarbiyalash imkoniyati tug‘iladi.
Mahallalar ham ekologik ta’lim-tarbiyaning о‘ziga xos о‘choqlaridan biridir. Azaliy qadriyatlarimiz hisoblangan umumxalq hasharlarini о‘tkazish va unga kо‘proq yoshlarni jalb etish ularning tabiatga nisbatan tо‘g‘ri munosabatini shakllantirishga yordam berishi, shubhasiz.
Yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning о‘z ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarishi, ularni hozirgi zamon talablariga tо‘liq javob beradigan har tomonlama yetuk shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish buyicha keng kо‘lamli aniq yо‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, о‘sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyatini, bilim va mas’uliyatini muntazam oshirib borish va ularning atrof tabiiy muhit hamda inson salomatligi muhofazasi masalalarida ishtirokini faollashtirish, shuningdek, Vatanga va Ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida kamol topishlarini ta’minlash maqsadida ular bilan ishlashga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
“Sog‘lom muhit - inson salomatligi” shiori ostida о‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirishda maktab о‘quvchilari о‘rtasida ekologik ta’lim-tarbiyani yaxshilash, uzluksiz ekologik va barqaror rivojlanish uchun ta’lim dasturini amalga oshirishga kо‘maklashish, umumta’lim maktablari va boshqa о‘quv muassasalari hamda oilada yoshlarning ekologik ta’lim-tarbiyasi borasidagi say-harakatlarni birlashtirish, maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, tabiat va inson uyg‘unligiga erishishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
О‘zbekiston ekologik harakati yuqorida zikr etilgan ezgu ishlarni amalga oshirish, yosh avlodning atrof muhit muhofazasi ishida faol ishtirokini ta’minlash hamda ona tabiat va uning ne’matlariga nisbatan mehr-muhabbatini kuchaytirish, ekologik madaniyati yuqori, yuksak intellektual jamiyatni shakllantirishga mustahkam poydevor qо‘yish borasida ulkan ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ekoharakat yoshlar ishtirokida ekologik mavzularda seminar treninglar о‘tkazish, ekobog‘lar barpo etish, ekologik hasharlar va aksiyalar yoshlarni keng jalb qilish, turli ekologik mavzularda tanlovlar, ekologik adabiyotlar kо‘rgazmalarini, ijtimoiy reklamalarni kо‘paytirish, yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, о‘sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyatini, dunyoqarashini, bilim va mas’uliyatini muntazam oshirib borish bilan bog‘liq ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish, telekо‘rsatuvlar, radioeshittirishlarlarni va maxsus dasturlarni muntazam ravishda efirga uzatish kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Joriy yilda ham Ekoharakat tomonidan bunday ezgu ishlar davom ettirildi. Xususan, Ekoharakat О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qо‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Bolalar ekologik jurnali “Buloqcha” (Rodnichok)da mavzuli ilovalarni chop etish” grant loyihasini amalga oshirdi.
Loyihaning asosiy maqsadi yosh avlodning ekologik huquqiy madaniyatini oshirish, ularni tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, о‘simlik va hayvonot olamini ehtiyot qilish, suvdan tejab-tergab foydalanishga о‘rgatish, tozalikka rioya qilish, yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish kabi masalalarni о‘z ichiga qamrab oldi.
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib bahor mavsumida “SOS-bolalar shaharchasi”da yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni yurtimizda olib borilayotgan obondonlashtirish va kо‘kalamazorlashtirish ishlariga keng jalb qilish maqsadida “Ona yerimizni saqlaymiz – kelajak uchun” mavzuida amaliy aksiya tashkil etildi. Amaliy aksiyaning birinchi qismida о‘tqazilgan daraxt mehr bilan parvarish qilinsa, har bir daraxt juda ham mо‘l hosil berishi, xalqimizda tabiatga bо‘lgan e’tibor uzoq о‘tmishga borib taqalishi, о‘simlik dunyosining atrof muhit musaffoligini ta’minlashdagi ahamiyati kabi masalalarda ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Aksiya doirasida ishtirokchilar tomonidan “SOS bolalar shaharchasi” hududiga 200 dan ortiq mevali va manzarlari daraxt kо‘chatlari о‘tqazildi. Shu asosda yoshlar uchun yana bir shinam bog‘ barpo etildi. Eng muhimi yosh nihollarni yerga qadagan bolajonlar kо‘chatlarga о‘z ismlarini berib kelgusida ularni parvarishlashni zimmalariga oldilar.
Shuningdek yoz mavsumida Toshkent viloyati Bо‘stonliq tumanidagi qator yozgi bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlarida yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga yoshlarni keng jalb qilish, ozodalik va obodlik kabi milliy a’nanalarimizni yoshlar ongiga singdirish, uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiya tizimiga kо‘maklashish maqsadida“Yurtimizni obod qilaylik!” shiori ostida ekologik aksiyalar о‘tkazildi.
Aksiyalar avvalida ishtirokchilarga atrof-muhit musaffoligining inson salomatligini asrashdagi roli, daraxtlarni parvarish qilish tartib qoidalari, atmosfera havosi musaffoligini ta’minlashda yashil maydonlarning ahamiyati, sog‘lom turmush tarzi kabi masalalarda tushuntirishlar berildi.
Aksiya davomida oromgohda dam olayotgan bolajonlar bilan birgalikda daraxtlar taglari yumshatildi, daraxtlar oqlandi va ularga shakl berildi. Oromgoh hududini va yon atroflari turli chiqindilardan tozalash ishlari bajarildi.
Bundan tashqari 13-14 iyun kunlari Toshkent viloyatining Bо‘stonliq tumanida “Chimyon oromgohi” sog‘lomlashtirish markazida bо‘lib о‘tgan “Chimyon sadosi” xalqaro ekologik turizm festivalida ham yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning ekologik bilimlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida О‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Ekoforumi, “Rodnichok” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda “Biz toza Chimyon uchun” ekologik aksiyasi hamda “Ochiq osmon ostida ekomaktab” mashg‘ulotlari о‘tkazildi. Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularni atrof muhitni muhofaza qilish ishlariga keng jalb qilish, uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimiga kо‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolajonlar guruhlarga bо‘lingan holda interfaol usulda ishtirok etdilar. Bioxilma-xillikni saqlash, suvni asrash, tozalikka va poklikka rioya qilish yо‘nalishlarida о‘tkazilgan mashg‘ulotlar yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridan biri besh mavzudagi ya’ni, “Jonivorlar bizning dо‘stimiz” (“Jivotniye - nashi druzya”), “Atrofimizdagi о‘simliklar” (“Rasteniye vokrug nas”), , “Suvni asrang” (“Beregite vodu”), “Mening toza mahallam” (“Moya chistaya maxallya”), “Tozalik sog‘lik garovi” (“Chistota zalog zdorovya”) mavzuli kо‘rgazmali plakatlar nashr etildi. Ushbu jozibador rasmlar, qiziqarli ma’lumotlar, tabiat va uning ne’matlariga xususidagi she’rlar bilan boyitilgan rangli plakatlar о‘quvchilar e’tiborini о‘ziga jalb etishi bilan ahamiyatlidir. Plakatlarni nashr etishda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlaridan foydalanishi, ularni kelgusida atrof muhitni muhofaza qilish, о‘simlik va hayvonot olamini asrab avaylash borasidagi ishlarda faolligini oshirishi tabiiy. Shuningdek, tashqari plakatlar, suvni e’tiyot qilish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, obondonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, jonivorlarni, о‘simliklarni asrab avaylash va ularni kо‘paytirish kabi masalalarni ham о‘z ichiga qamrab olgan. Umid qilamizki, ushbu xayrli ishlar yosh avlodni har tomonlama barkamol bо‘lib voyaga yetishlarida, ularni tabiat haqida biliilarini boyishida о‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Zero, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksizlini ta’minlash yosh avlodning ekologik madaniyatli bо‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, yoshlar tabiat uchun shaxsiy javobgarlik xususiyatlarini va shaxsdagi yaratuvchanlik asoslarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari inson qalbidagi ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat fazilatlarini, yoshlarda ekologik muammolarning yechimini izlab topish kо‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Bu esa о‘z navbatida yoshlarda suvni iflos va isrof qilmaslik tushunchalari rivojlanadi, atrof-muhit muhofazasi ijtimoiy zaruriyat ekanligi tо‘g‘risidagi e’tiqodni shakllanishiga, atrof-muhit gо‘zalligini anglash bilan bog‘liq bо‘lgan qiziqishlarni rivojlanishiga, о‘simliklar, hayvonlar tabiatning bir qismi, inson tabiat gо‘zaligi bilan bog‘liq ekanligi, uni asrab-avaylash zarurligini tushunib yetishiga xizmat qiladi.
Binobarin, ota-bobolarimizdan bizga meros hisoblanmish ona tabiatni sofligicha kelgusi avlodlarimizga yetkazish nafaqat tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislar, balki har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling