O'zbekiston Respublikasida eritilgan flyuslarni ishlab chiqarish Reja


Keramik flyuslar ishlab chiqarish


Download 89.5 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1415850
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasida eritilgan flyuslarni ishlab chiqarish

Keramik flyuslar ishlab chiqarish. Keramik flyuslar tayyorlash asosan quyidagi operatsiyalardan iborat. Flyusning tashkil etuvchilari maydalanadi, to‘yiladi va g‘alvirda elanadi. Mineral tashkil etuvchilar 1600 teshik/sm2 li, ferroqotishma va metall kukunlari esa 900 - 1200 teshik/sm2 li g‘alvirdan o‘tishi lozim.
Zarur miqdordagi tashkil etuvchilardan tuzilgan aralashma yaxshilab aralashtiriladi, keyin unga suyuq shishaning suvdagi eritmasi qo‘shiladi va yana obdon aralashtiriladi.
Olingan bir jinsli qorishma ikki usul bilan ishlovdan oMkazilishi mumkin:
a) qorishma briketlar tayyorlanib, 350.....400°C da quritiladi va qizdiriladi, maydalanadi, 25 teshik/sm2 li g‘alvirda elanadi;
b) qorishma hoM (xom) holatda maxsus mashinalar (granulyatorlar) da yoki (uncha katta boMmagan turkumlar tayyorlashda) simlaming oraligM 2 mm boMgan sim g‘alvirdan ishqalash yoMi bilan oMkazib, dona-dona qilinadi.
Tayyor boMgan oqshoq 150 - 200°C haroratda 1 5 - 2 0 daqiqa quritilib, keyin 25 teshik/sm2 li g'alvirda elanadi va 350 - 400°C da 2 - 3 soat qizdiriladi.
ФЦК flyuslari oldindan qizdirmasdan, chamasi 700°C haroratda 1 soat qizdiriladi.
Izoh: ФЦК flyusi suyuq shisha qo‘shmasdan tayyorlanadi, ammo ulaming aralashmasiga suv qo‘shiladi.
Tayyor boMgan flyus uning namlanish va bugManish ehtimoli boMmagan sharoitda saqlanishi hamda tashilishi kerak.
Alyuminiy va marganets qotishmalarini payvandlash uchun ko'pgina aktivlovchi flyuslar ishlab chiqilgan (7.7-jadval). Oksid pardalari
160
kimyoviy bog‘lanishi, gaz g‘ovaklari kichiklashuvi, modifikatsiyalanish evaziga mexanik xossalari yuqori boMgan payvand birikmalar yuzaga keladi. Ta’kidlash joizki, aktivlovchi flyuslar, garchi katta qalinlikdagi detallami payvandlash ancha qiyin boMsa-da, yengil qotishmalaming erish chuqurligini oshirish uchun kam hollarda qoMlaniladi.
Flyuslaming alyuminiy qotishmalarini argon-yoy yordamida payvandlash jarayoniga ta’siri haqida toMiqroq maMumotlar ushbu kitob muallifining “Алюминий котишмаларини аргон-ёй ёрдамида пайвандлаш” monografiyasida keltirilgan. U hammualliflari bilan taklif etgan ТФА seriyasidagi flyuslar payvand chokni birlamchi kristallitlami mikrolegirlash va yo‘nalishini o‘zgartirish hisobiga o‘zgartiradi. Flyus pasta - eritib olingan flyusning spirt yoki suvdagi eritmasi ko‘rinishida detallar chetlarining orqa qismiga surtiladi. Flyuslaming ta’sirini muallif shlakli fazaning oksid pardasi bilan o‘zaro ta’sirlashishi hamda payvandlash vannasining yupqa shlak pardasi vositasida himoyalanishi bilan tushuntiradi. Flyuslar bilan payvandlashda eritish balandligi, aftidan, fazalararo tortilish ortishi hisobiga kamaygan. Flyusning tashqi sirtda joylashtirilishini katod purkalish va flyusning gazli fazaga oMishi tufayli samarasiz, deb hisoblanadi.
Yon va frontal yuzaga surtilganda, flyuslarning boshqa bir kamchiligi - shlak qo‘shilmalari paydo boMishi hamda yoyning g'alayonlanishidan iborat. Ammo muallif xususan flyus bugMarining payvandlash vannasidagi oksidlar va himoya muhitidagi gazlar bilan reaksiyaga kirishishi evaziga chokning xossalariga ijobiy ta’sir qilishi mumkin boMgan payvandlash usulini mufassal tadqiq qilmagan. ТФА-5 flyusi bilan argon-yoy yordamida payvandlaganda AMr turidagi qotishmalar bilan hosil qilingan chokning mexanik xossalari yaxshilanadi (7.8, 7.9-jadvallar).
Chokning kimyoviy tarkibi yaxshilandi: foydali magniy va litiy miqdori ko‘paydi, zararli natriy miqdori esa ozaydi. 1420 turidagi qotishma ТФА-8 flyusi bilan payvandlanganda g'ovakdorlik batamom barham topishiga va oksidli qo‘shilmalaming kamayishiga erishildi. ТФА-5 va ТФА-8 flyuslari “ИМЕТ” namunasida qizish darzlari paydo bo‘lish koeffitsiyentini kichraytirdi (7.10-jadval).
Xlorli flyuslardan 1420 qotishmasini payvandlashda foydalanildi, ammo g‘ovaklar samarali tarzda kamaymadi va birikmaning mexanik xossalari yaxshilanmadi, aftidan, bunga flyuslaming gigroskopikligi hamda chokning vodorod bilan to'yinishi sabab bo'lgan (7.11-jadval).
1201, АМг2, АМгЗ, АМг5, АМгб qotishmalarini payvandlashda ВИАМ-3 flyusidan foydalanilganda oksidli qo‘shilmalar biroz kamaydi, АФ-4А flyusi bilan payvandlaganda esa oksidlarning uzunligi 2 barobar qisqardi. Ftorli ИЭС, ФА-1, ФА-1Т flyuslari АМгб qotishmasini payvandlashda oksidlar miqdorini 10 - 20 barobar ozaytirdi. AM r qotishmalari АФ-4А flyusi bilan payvandlanganda yirik g‘ovaklar miqdori 3 barobar kamaydi, ammo mayda g'ovaklar miqdori ko'paydi.
Gazsimon flyuslar aralashtirilgan inert gazlar muhitida АМгб qotishmasini payvandlab hosil qilingan birikmalar tadqiq qilingan (7.12-jadval).
Shunday qilib, alyuminiy qotishmalarini payvandlashda aktivlovchi flyuslardan foydalanilganda payvand birikmalaming sifati va mexanik xossalari yuqori lashadi.
164
Titan qotishmalarini payvandlash xossalari va texnologiyasi haqidagi eng ishonchli ma’lumotlar S.M.Gurevich va hammualliflaming asarlarida berilgan. Ammo, afsuski, aktivlovchi flyuslar bilan payvandlash jarayoni tadqiqotiga monografiyada faqat bo‘limning bir qismi bag‘ishlangan. Xususan, mualliflar bunda ФАН-l flyusining ijobiy ta’sirini ta’kidlab o‘tishadi (7.13 - jadval).
Xossalaming yaxshilanishini mualliflar payvandlash vannasining tozalanishi natijasida kislorod miqdori 0,1% gacha kamayishi bilan tushuntiri^hadi. Aktivlovchi flyusdan yasalgan o‘zagi bo‘lgan ППТ-1 markadagi kukunli payvandlash simi bilan argon-yoy yordamida payvandlab hosil qilingan birikmalaming xossalari haqidagi toMiqroq ma’lumotlar 7.14 - jadvalda berilgan.
Kimyoviy tarkibi quyidagicha bo'lgan 2,5 mm qalinlikdagi list ko'rinishidagi BT6C qotishmasini payvandlab hosil qilingan birikmalar tadqiq qilindi, %: A1 - 4,9; V - 3,6; Fe - 0,21; Si - 0,12; [N] - 0,019; [O] - 0,02; [H] - 0,0115; uning mexanik xossalari esa quyidagichadir:
165
ctv=928 MPa; 6=12%; \j/=25,3; KCV=50 J/sm2; egilish burchagi a=40°. BT6C qotishmasi 0 ‘rtacha mustahkamlikdagi deformatsiyalanadigan, yaxshi payvandlanadigan qotishmalar jumlasiga kiradi, uning muvozanat tuzilmasi titan asosidagi a-fazadan iborat bo'lib, unda P* barqarorlashtiruvchilar - vanadiy va ayrim boshqa aralashmalar miqdori ko‘p bo‘lmaydi.
Titan qotishmalarini payvandlash uchun CaF2 - SiF (AHT-15A), CaF2 - MgF2 (AHT-17A), CaF2 - LiF2 - LaF3 (AHT-19A) tizimlaridagi, spirtli shlak yer ko'rinishidagi flyuslardan foydalaniladi. BT6C qotishmasi toza argonda, AHT-15A flyusi bo'lgan argonda, 1,2% BF3 bo'lgan argonda, 1,0% xladon-12 bo'lgan argonda ushbu rejimlarda payvandlab ko'rildi (7.15-jadval).
Payvand choklar xossalarini aniqlash uchun ko'z bilan chamalab o'lchash, rentgenografik nazorat, metallografik tahlil, qattiqlikni o'lchash hamda mexanik sinash usullaridan foydalanildi.
BT6C qotishmasidan olingan 300x100x2,5mm o'lchamli namunalar mis taglik ustida payvandlash kallagi bilan payvandlandi. B F 3 li argonda payvandlangan payvand chokda tovlanish ranglari paydo bo'ldi. CaF2 li argonda payvandlaganda yoyning detallar qirralarida joylashuvi o'zgardi (fluktuatsiya). Xladon-12 va BF3 li argonda payvandlaganda termik ta’sir zonasi va erish koeffitsiyenti kichiklashdi
Argonda payvandlangan namunalar rentgenografiya qilinganda 0,1 - 0,2mm diametrli alohida g‘ovaklar hamda 0,1mm diametrli g‘ovaklar zanjirlari aniqlandi, ular payvand chok chegarasida, qotish chizigM yonida joylashgan edi. Namunalar AHT-15A flyusi bilan BF3 li argonda payvandlanganda ularda g‘ovaklar kamaydi, xladon-12 li argonda payvandlanganda esa g'ovaklar paydo boMmadi.
Mikrotuzilmani tadqiq qilish uchun shliflar plavik, azot kislota va glitserin aralashmasida xurushlab (ishlov berib) olingan. Mikrotuzilma surati 500 marta kattalashtirib ko‘rsatuvchi МИМ-7 mikroskopi bilan olingan. Titanning kimyoviy aktivligi mikrotuzilma murakkab boMishiga olib keladi, bunday tuzilma kislorod, vodorod hamda azot borligi bilan qo‘shimcha ravishda murakkablashadi. Kislorod miqdori ko‘payishi bilan a eritmalar sohasi kengayadi va Ti(Ah)3 birikmalari, TbO va TieO suboksidlari yuzaga keladi. Vodorod va azot P-barqarorlashtiruvchi sanaladi, ammo a-faza o‘tganda a-eritma, titan gidrid va titan nitrid aralashmalari hosil boMadi. Payvandlaganda eritib qoplangan metall va chok yaqinidagi zonaning mikrotuzilmasi BF3, CaF2 va xladon-12 ta’sirida yanada ko‘proq o‘zgaradi.
Qayishqoqlik va zarbiy qovushqoqlik pasayganligining bilvosita ko‘rsatkichlari yirik donli tuzilmadan, o‘ta qizish sharoitida martensitli fazalar hosil boMganini ko‘rsatuvchi dag‘al ignasimon tuzilishdan, chokning alohida zonalari orasida keskin tuzilmaviy o‘tish mavjudligidan, fazalar tashkil etuvchilarining noqulay shaklidan iborat. Toza argonda, eritib qoplangan metallning tuzilmasi “savatsimon”, bunday tuzilma tarkibida martensitli tashkil etuvchilar boMgan, temir ishlovdan o‘tkaziladigan ikki fazali titan qotishmalari uchun xosdir (7.4-rasm).
167

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling