O'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimining shakllanishi


Download 0.6 Mb.
bet5/6
Sana07.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1436548
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimining shakllanishi

Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda ikki palatali professional parlament uchun kerak bo`lgan professonal korpus - yuqori malakali siyosatshunoslar, huquqshunoslar, iqtisodchi mutaxassislar etishib chiqdi.
Ikkinchidan, jamiyat a’zolarining ongidagi sobiq tuzumdan qolgan echkicha qarashlar bir muncha barham topdi. o`tgan vaqt davomida ularning huquqiy va siyosiy ongi yuksalib bordi. Saylov instituti takomillashdi, saylovga doir qonunchilik bazasi mustahkamlandi.
Uchinchidan, siyosiy munosabatlarning yangi sub’ektlari vujudga keldi. Davlat boshqaruviga bevosita ta’sir ko`rsata oladigan siyosiy partiyalar shakllandi, nodavlat nohukumat tashkilotlar, xususiy mulkdorlar va tadbirkorlar tabaqasi vujudga keldi.
To`rtinchidan, davlat hokimiyatini tashkil etishning ma’muriy buyruqbozlik usullari barham topdi. Boshqacha aytganda, boshqaruv usullar totalitar elementlardan xalos bo`ldi. Va nihoyat, O`zbekiston Respublikasida jahonning eng ilg`or mamlakatlari tajribalaridan unumli foydalanish uchun barcha shart-sharotlar
va imkoniyatlar yaratildi.
Bir so`z bilan aytganda, ikki chaqiriq davomida faoliyat ko`rsatgan Oliy Majlis ikki palatali parlamentni vujudga keltirish uchun zamin yaratib berdi. SHuningdek, professional parlamentning demokratik taraqqiyot uchun hayotiy zaruriyat ekanligini vaqt ko`rsatmoqda. Ayniqsa, bu zaruriyat quyidagilarda ko`zga tashlanmoqda: irinchidan, parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarning u yoki
bu vilo yatda ijrosi masalasi muhokamasi va u yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlar kechkin baxs-munozaralarsiz qabul qilindi, deyish mumkin. Ikkinchidan, fraktsiyalar davlat va jamiyat hayotiga doir qonunlarni qabul qilishda muqobil fikrlar va qarashlarni ilgari sura bilishlari lozim. Albatta, bu ular bir-birlarining fikrlarini asossiz ravishda inkor qilishi kerak, degani emas. Balki fraktsiyalar fikrlar xilma-xilligini vujudga keltirishlari va shu asosda qabul qilinadigan qonunlarning hayotiyligini hamda ularning ijrosini ta’minlashlari lozim. Uchinchidan, parlament hukumat tomonidan taklif etilayotgan qarorlar va xujjatlarni har tomonlama chuqur o`rganishi va kerak bo`lsa, qayta ishlashga yuborishi ham demokratik qadriyatlar mezonini tashkil etadi. Jumladan, byudjetni qabul qilish, uni tarmoqlar bo`yicha taqsimlanishi va ijrosi masalalarida taklif qilinayotgan muqobil variantlarni muhokama qilishdek o`ta muhim jarayonlar parlament faoliyatida muhim yo`nalishlardan birini tashkil qiladi. Zero bu yo`nalishda muqobil fikrlarni, loyihalarni muhokama qilish har qanday tavakkalchilikning oldini olish imkonni beradi. To`rtinchidan, professional parlamentni shakllantirish, ijro okimiyati ustidan parlament nazoratini o`rnatish imkonini beradi. Bu vazifa nafaqat markaziy ijro organlari, balki mahalliy davlat hokimiyati organlarida ham qonunlar ijrosini to`la ta’minlash imkonini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, ikki palatali parlamentning yuzaga kelishi uchun, amaldagi umumxalq referendumi asosida Konstitutsiyaga tegishli o`zgartirishlar kiritildi. Parlament hamda saylovlar to`g`risidagi qonunlar
qaytadan ko`rib chiqildi, moxiyatan va mazmunan yangi ќonunlar qabul qilindi.
Mazkur islohotlar jarayonlari O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borayotganligini, «O`zbek modeli» jahondagi keng jamoatchilik tomonidan tan olinayotganligini ko`rsatmoqda.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling