O'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimining shakllanishi
Download 0.6 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimining shakllanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: O`zbekistonda professional parlament tizimini shakllantirish zarurati.
- O`zbekistonda professional parlament tizimini shakllantirish zarurati.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI SANATSHUNOSLIK FAKULTETI HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI YO`NALISHI AU-22-1-BOSQICH TALABASI Abdug’aniyeva Durdonaning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O'zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Reja: O`zbekistonda professional parlament tizimini shakllantirish zarurati. O`zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish O`zbekistonda professional parlament tizimini shakllantirish zarurati. O`zbekistonda parlament tizimi rivojlanib, ikki palatali parlamentga o`tishga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan bugungi kunda bu sohada so`nggi yillarda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mohiyatini yanada chuqurroq anglab etish uchun mamlakatimizda ilk qonun chiqaruvchi organni tashkil etish g`oyalari, uning tashkil topishi va bosib o`tgan yo`lini tarixiy izchillikda xolisona tahlil etish lozim. O`zbekiston milliy mustaqillik davrida davlat va jamiyat qurilishi islohotlari shuni ko`rsatdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish uchun nafaqat kuchli davlatchilikni shakllantirish va davlatning islohotchilik o`rnini kuchaytirish, balki jamiyat va uning institutlarini ham demokratik qadriyatlar talablari darajasida rivojlantirish zarurligini islohotlar tajribasi isbotlab berdi. Hali siyosiy partiyalar jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini ifodalash va himoya qilish darajasiga ko`tarila olmaganligi, mintaqaviy manfaatlarni shakllantiruvchi, ifodalovchi, ularni tashuvchi siyosiy institutlarning hali shakllanmaganligini hayot ko`rsatdi. Bu sohadagi bo`shliqni ikki palatali parlament barpo etish bilan to`ldirish mumkin bo`ladi. Parlamentning yuqori palatasi mintaqaviy manfaatlarni ifodalash, himoya qilish, har bir mintaqa manfaatlarini o`zaro kelishtirish, ularni qabul qilinayotgan qonunlarda e’tiborga olish kabi jamiyatdagi turli mintaqaviy intilishlar uchun asos bo`lgan manfaatlarni kelishtirish funktsiyalarini bajarib, jamiyat bilan qonun chiqaruvchi hokimiyatning yanada uyg`unlashuvini ta’minlasa, quyi palata faqat siyosiy partiyalar va tashabbuskor guruhlari nomzodlari asosida shakllanib, bir tomondan, siyosiy partiyalar mas’uliyati va o`rnini kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, siyosiy partiyalar o`z funktsiyalarini demokratik qadriyatlar asosida (ayniqsa, jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining ifodachisi bo`lish funtsiyasini) bajarishga kirishadilar va jamiyat bilan davlat hokimiyatini to`la ma’nodagi uyg`unlashuvini ta’minlaydi. XX asrning so`nggi o`n yilliklari tajribasi ko`rsatayotganidek, ikki palatali parlament fuqarolik jamiyati shakllanishining huquqiy va siyosiy asoslarni yaratishga kengroq imkonlar beradi. SHu bois, mamlakatda birinchi bo`lib ikki palatali parlament tuzish g`oyasini Prezident Islom Karimov ilgari surdi. 2000 yil 23 yanvarda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning II sessiyasida jurnalistlar bilan uchrashuvida Prezident Islom Karimov O`zbekistonda ham ikki palatali parlament tashkil qilish, uni shakllantirish vaqti kelganini, bo`lg`usi parlament tarkibi ikki palatali bo`lishi lozimligini keng jamoatchilik uchun e’lon qildi. Mamlakat xalqi bu g`oyani har tomonlama qo`llab-quvvatlash bilan kutib oldi. O`zbekistondagi parlament islohotlari masalasini tadqiq etar ekanmiz, yurtimizning sovet davridagi qonun chiqaruvchi hokimiyat vakolatini bajargan davlat organining mohiyati va rolini to`g`ri baholamasdan turib, bugungi o`zgarishlar ahamiyatini chuqur tasavvur etish mushkul. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, "Hayotimizda qanday o`zgarishlar ro`y berganini baholash uchun bizga sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini yana bir karra eslashimiz zarur". Darhaqiqat, jamiyatimizda kechayotgan jarayonlarni xolisona tahlil qilish uchun O`zbekiston parlamentchiligi rivojlanishining bosqichlarini puxta o`rganish, ularga to`g`ri baho berish, sho`ro hokimiyati paytidagi hodisalar, mustaqillikka erishilgan so`ng yangi islohotlar jarayonini keng tahlil qilish lozim. Boisi, O`zbekiston parlamentchiligi taraqqiyotining Karimov I.A. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda Birinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy navbatdagi bosqichi uni ikki palatali shaklga transformatsiya bo`lishi bizdan tarixni puxta bilishni talab qiladi. Buning yana bir foydali tomoni shundaki, manbalarni sinchkovlik bilan o`rganish, ilgari yo`l qo`yilgan kamchiliklarni tahlil qilish bunyodkorlikdagi tajribani orttirib, parlamentning yangi shaklga o`tishida bu omillardan samarali foydalanish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling