O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Download 21.56 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.56 Kb.
#1036728
1   2   3
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Aholi daromadlarini oshirish va kambag’allikni qisqartirish masalalari, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yuzasidan bir qator olimlar tadqiqot olib borganlar. Nobel mukofoti laureatlari 2019-yil A.Banerj, E.Dyuflo, va M.Kremer kambag’allikni qisqartirish borasida qo’llagan tadqiqotlari uchun Nobel mukofotiga loyiq ko’rilgan. Ular asarlarida kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar joylardagi shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda aniq tajribalar asosida ishlab chiqish, arzon va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish, bepulemlash hamda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholining ta’lim olish davomiyligini va ta’lim sifatini oshirish, ijtimoiy himoya tizimi, mikrokreditlash va tadbirkorlikka ruhlantirish, kambag’allikni qisqartirishda psixologik faktorlarning rolini oshirish kabi masalalarni yoritib bergan.[3] Mazkur masalalarning yurtimizga xos bo’lgan ayrim jihatlari A.A.Abdug’aniyev, Sh.Sh.Shodmonov va yana bir qator olimlarning ilmiy ishlarida o’z aksini topgan.
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning maqsadi kambag’allikni qisqartirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish bo’lganligi uchun uni yoritishda mantiqiy tahlil va kuzatish usullaridan foydalandik.
Tahlil va natijalar. Aholi farovonligini ta’minlash va kambag’allikni kamaytirish - aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ta’minlashga bevosita bog’liq. Ishsizlik darajasi va kambag’allik darajasi bir-biri bilan to’g’ri proporsionaldir. Mamlakatda ishsizlar soni ortsa, kambag’allik darajasi ham oshadi, ishsizlar soni kamaysa, aksincha bo’ladi. Ya’ni aholi faravonligini o’sishi real daromadga bog’liqdir. Ish bilan band inson esa o’z mulkini yarata oladi va ma’lum daromadga ega bo’lib, kambag’allik botqog’idan xalos bo’ladi.
Ishsizlar soni (2021-yil dastlabki ma’lumotlar, ming kishi)

I jadval

O’zbekiston Respublikasi Statistikasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Jadvaldan ko’rinadiki, 2000-2006-yillarda ishsizlar soni 25,5-37,5 (ming kishi)ni tashkil qilgan bo’lsa, 2007-20017- yillarda 563,8-837(ming kishi)ga oshib ketdi. 2018-2019-yillarga kelib, ishsizlar soni 1368,6-1353,3(ming kishi)ga yetdi. 2020-yilga kelib, bu natija record darajaga chiqdi va 1561,0 (ming kishi) ishsiz deb topildi. 2018-yildan boshlab ishsizlar sonining keskin oshishi, 2017-yilgacha asl statistikaning yashirilganligi, ishsizlar va kambag’allar soni kamaytirib aytilganligi sabablidir. 2017-yildan so’ng kasallikni yashirish emas, unga qarshi kurashish lozim ekanligini bilgan holda ishsizlarni kamaytirish va kambag’allikni qisqartirish uchun turli chora-tadbirlar ko’rila boshlandi. Buning natijasi o’laroq, 2021-yilga kelib, ishsizlar soni 2020-yilga qaraganda bir muncha qisqardi. Bunga to’g’ri proporsional ravishda kambag’allik ham ancha kamaydi.



Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling