O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish ishlarining tizimi va bosqichlari kirish I bob. Umumiy O’rta Ta`Limda Kasbga Yo’naltirish Ishlarining Mazmuni Va Ta`Lim Jarayoni Kasbiy Yo’nalganligini Ta`Minlash
Download 56.89 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish ishlarining tizimi va bosqichlari
XOLOSA.Ma`lumki, o’quvchilar kasblarga oid ma`lumotlarning asosiy hajmini umumiy o’rta ta`lim maktabining 8-9 sinflarida mehnat ta`limi jarayonida egallaydilar. Tadqiqot ishida dastlabki paragraflarda bu jarayonning muhimligini ta`kidlovchi ikki omil tahlil qilib berildi, ya`ni birinchidan, kasbga moslashtirish ishlari to’g`ri yo’lga qo’yilganida o’quvchilar o’z qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, salomatligi va boshqa sifatlaridan kelib chiqib kelajagini to’g`ri belgilab olishini ta`minlaydi; ikkinchidan, jamiyatimizning har bir jabhasida o’z kasbini mahorat darajasida egallagan, mustaqil va ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga ega bo’ladi. O’quvchilarni kasbga moslashtirishda o’qitishning yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari mazmun-mohiyati tahlili asosida darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilish maqsad va vazifalari, o’quvchi kasbiy sifatlarini dastlabki pedagogik-psixologik tashhis qilish, tanlagan kasbi to’g`risida axborot berish, o’quvchi shaxsini ijtimoiy-kasbiy moslashtirish, kasbiy maslahatlar, kasbiy-iqtisodiy tarbiya metodlarini qo’llash yo’llari ko’rsatib berildi. SHu bilan birgalikda darsdan tashqari mashg`ulotlari, ommaviy shakldagi darsdan tashqari mashg`ulotlar hamda o’quvchilarning mehnat birlashmalari kabi mashg`ulot shakllaridan foydalanishga oid tavsiyalar berildi. O’quvchilarni kasbga moslashtirishning ishlab chiqilgan texnologiyasi hamda to’garaklar o’quv dasturlarini amaliyotga tadbiq etishning eng samarali echimi sifatida kasbga moslashtirish ishlarini tashkil qilishda darsdan tashqari mashg`ulotlar mazmunini tanlashning tashkiliy-pedagogik mezonlari ishlab chiqildi. Ushbu mezonlarda o’quvchiga tushuncha berilayotgan kasbning turlari va nomlari bo’yicha real mavjud kasblarning mikdoriga nisbatan optimal munosabatni sakdash, kasb tanlash ishida mahalliy va mintaqaviy ehtiyojlar asosida kasbga moslashtirishning ustuvorligi, bo’lajak kasb turi bilan bog`liq faoliyatning mazmuni va tuzilmasini asoslash, o’quvchining o’zi moslashtirilayotgan kasb ob`ektlarining xususiyatlari to’g`risida ma`lumotga ega bo’lishligi kabi holatlar o’z aksini topgan. Darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishda o’quvchilar umumii o’rta ta`lim o’quv dasturi bilan uzviy bogliq ravishda kasbga moslashtirish oid tushunchalarni uzluksiz egallab bordilar. To’garaklar uchun ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshirish murakkab pedagogik-psixologik hamda tashkiliy jarayonlarni o’z ichiga olganligi sababli, tadkiqot ishida o’quvchilar qabul qilishi lozim bo’lgan barcha axborotlar oqimini guruhlar buyicha tizimlashgirib chiqildi. Bunda o’quvchilarni kasbga moslashtirish ishlarini axborot bilan ta`minlash tuzilmasini taxlil qilish asosida o’quvchilarning umumiy o’rta ta`lim o’quv dasturi asosida dars jarayonida tanishishi mumkin bo’lgan tanlagan kasbi va u to’g`risidagi axborotlar jamlandi hamda tizimlashtirildi. Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijasida o’quvchilarni darsdan tashqari mashqulotlar jarayonida kasbga moslashtirishning tavsiya etilayotgan pedagogik texnologiyasini ta`lim muassasalari amaliyotiga joriy etish yo’li bilan o’rganildi. Bunda dastlab, darsdan tashqari mashqulotlar jarayonida kasbga moslashtirish ishlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quvchi shaxsini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish shakllari va mazmuni ishlab chiqildi. So’ngra shu asosda ishlab chiqilgan ta`lim mazmuni va metodlari bevosita o’quvchilarning darsdan tashqari mashqulotlari jarayonida sinab ko’rildi. O’quv qo’llanmada o’quvchilarni kasbga moslashtirish texnologiyasining ishlanganlik darajasi taxdil qilinib, ta`limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning eng maqbul yo’nalishiga o’quvchilarni kasb moslashtirish ishlariga to’g`ri yo’naltirish orqali erishish mumkinligi ilmiy asoslandi. Download 56.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling