O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish ishlarining tizimi va bosqichlari kirish I bob. Umumiy O’rta Ta`Limda Kasbga Yo’naltirish Ishlarining Mazmuni Va Ta`Lim Jarayoni Kasbiy Yo’nalganligini Ta`Minlash
Kasbga yo’naltirish yuzasidan amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari va ularning xususiyatlari
Download 56.89 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish ishlarining tizimi va bosqichlari
2.2. Kasbga yo’naltirish yuzasidan amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari va ularning xususiyatlariTajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichida o’quvchilarni kasbga moslashtirish texnologiyasining darajasi tahlil qilindi. Bunda tajriba-sinov ishlari tajriba guruhida biz taklif etgan texnologiya asosida, nazorat guruhida esa an`anaviy dastur bo’yicha amalga oshirildi. Uning natijalarini baholash uchun mehnat ta`limi bo’yicha ta`lim standartining taxlili asosida o’quvchilarning kasbga moslashtirish bo’yicha egallashlari lozim bo’lgan eng ahamiyatli turtta ko’nikmani aniklab oldik, ya`ni: Axborotlarni tahlil qilish ko’nikmasi. Ushbu ko’nikma o’quvchilarning kasb tasnifi, uning asosiy turkumlariga xos umumiy xususiyatlarni bilishi, kasblarning murakkablik omillarini taxlil qila olishi bilan baholanadi; Gnostik ko’nikmalar. U kasbi bo’yicha talab qilinadigan shart-sharoitlar bilan o’quvchining qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, salomatligi va boshqa sifatlarining o’zaro muvofiqligini aniqlash asosida baholanadi; Konstruktiv ko’nikmalar. O’quvchi tomonidan kasbga doir shaxsiy rejaning mazmuni, bo’limlari va vazifasiiing asoslanishi, kasbga tayyorgarlik va kasb mahoratini oshirish usullarini egallaganligi. Tashkiliy ko’nikmalar. Kasbga moslashtirish va kasbga xos bilimlarni, malakalarni egallash hamda diagnostik kasb maslahatidan foydalanishni, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining o’quvchilariga bo’lgan talablarni, ularning bir-biridan farqini bilishi. So’ngra, mazkur ko’nikmalarniig tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarida qay darajada shakllanganligani qiyosiy taxlil qilish maqsadida ularning har biri anketa savollari hamda amaliy topshiriq yordamida baholandi. Bu o’rinda anketa savollari nazariy, topshiriq esa amaliy bilim va ko’nikmalarni anikdigaga xizmat qilishi ko’zda tutilib, har bir savol 5 balli tizimda baholab borildi. Biz o’quvchilar tomonvdan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish sifatini baholashning umumlashgan ko’rsatkichi - oxirgi natija bo’yicha taqoslashdan foydalandik. Bunda o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini keltirilgan o’rtacha o’zlashtirish bali orqali baholash eng samarali yo’nalish hisoblanib, u guruhlardagi o’rtacha o’zlashtirish bali farqi va o’rtacha ball atrofida ballarning yoyilish ko’rsatkichidan foydalanib anikdanadi. Kasb-hunar tanlashda adashmaslik uchun o’quvchilar quyidagilarni bilishi va uddalashi kerak: A) mehnat va kasb turlariga bo’lgan o’z moyilligi, qiziqish va layoqat; B) Kasb-hunar bo’yicha mehnat sharoiti va mazmuni (predmeti, maqsadi, mehnat quroli, ishchining asosiy vazifalarini, bilimni, ko’nikmalarni, mehnat tashkillashtirish; V) Insonning shaxsiy xislat-lari va sog`ligiga kasb tomonidan qo’yiladigan talablarni; G) Kasb-hunar egallash va malaka oshirish yo’llarini (ishlab chiqarish jarayoni, kasb-hunar kollejlarida, maxsus kurslarda, OO’YUda va h.k.); D) Tanlagan kasb-hunar bo’yicha ishlash mumkin bo’lgan eng yaqin korxonalar to’g`risidagi ma`lumotlarni, to’garaklarda ishtirok etish jarayonida o’z qiziqish va mo yillarni amaliyotda sinash; E) Ma`lumotlar va maxsus adabiyotlar orqali kasblar bilan tanishish, mutaxassis bilan maslahatlashish, ishchi o’rni bilan tanishish; J) Kasb-hunarga yo’naltirish Markazidan maslahatlar olish, amaliyotdan o’tish, shifokor maslahatini olish; Z) Kasb-hunar to’g`risidagi ma`-lumotnomalarni va adabiyot-larni ―Kim bo’lsam ekan?‖ mavzusidagi materiadlarni o’qishni, bo’sh ishchi o’rinlari to’grisida ish bilan bandlik tashkilotlari materiallari bilan tanishish va maslaxatlashishni. Barkamol o’quvchi shaxsini tarbiyalashda kasbga moslashtirish ishlarining mazmunini belgilashdagi quyidagi fikrlarga amal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi: - o’quvchilarning kasbga moslashtirishning pedagogik texnologiya borasidagi amalga oshirgan tadqiqotlarimiz ishlab chiqilgan texnologiyamizning samarali va ishonchli ekanligini tasdikladi; - o’quvchilarda shakllantirilgan kasb oid ko’nikma va malakalar, ularning bo’lajak mutaxassislar sifatida kasbiy shakllanishidagi ahamiyatini o’rganish uchun qo’llanilgan metodlar majmuasi olingan natijalarning haqqoniyligi va ijobiy tavsifdaligini tasdiqladi; - darsdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida o’quvchilarning umumta`lim, umummehnat bilim va ko’nikmalari darajasini oshirishning ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyasini ta`lim tizimi amaliyotiga tadbiq qilish mumkin, deb hisoblaymiz. O’quvchilarni kasbga moslashtirishda mehnat ta`limi bo’yicha darsdan tashqari mashg`ulotlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdikdadi. O’quvchilarning kasb tanlashga oid bilim va ko’nikmalari diagrammalar hamda qiyosiy jadvallar yordamida tahlil qilishini natijasida darsdan tashqari mashg`ulotlarda o’quvchilarni kasbga moslashtirish ishlarining maqsadga muvofiq tashkil etilishi bu mashg`ulotlarga muntazam ishtirok etuvchi o’quvchilarning umummehnat bilim va ko’nikmalari, umumta`lim fanlaridan o’zlashtirish darajasi qolgan o’quvchilarga nisbatan birmuncha yuqori ekanligada o’z isbotini topdi; - kasbiy tarbiya tizimida kuyidagilarga amal qilinishi lozim deb hisoblaymiz: • kasbiy tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror hamda o’ziga xosligani hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e`tiborga olish; • yoshlarda istak va imkoniyat muvofikdigi tuyg`usini qaror toptirish; • milliylikning o’ziga xos an`analari va vositalariga tayanish; • shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e`tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bulish; • kasbiy tarbiya jarayonida uzluksizlikka va turli yoshdagi bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish. Qayd etilgan materiallar negizida ―Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalarini rasmiylashtirishning namunaviy tartibi‖da quyidagilarga tayanish: tadqiqot mazmuni, mantiqiy tuzilishi, asosiy tushunchalari hamda asosnomasi, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muammosi, tadqiqotning maqsadi, tadqiqot farazi, tadqiqot ob`ekti, tadqiqot predmeti, tadqiqot vazifalari, tadqiqotning nazariy ahamiyati, tadqiqotning amaliy ahamiyati, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning ishonchliligi va asoslanganligi, himoyaga olib chiqiladigan asosiy xulosalar, tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqot natijalarining amalga oshirilishi, tadqiqotlarni amalga oshirish istiqbollari, ishning mundarijasini tuzish. Mazkur ishlarning bajarilishida ilg`or tajriba va olimlarning fikrlari, g`oyalari bilan to’ldirilishi maqsadga muvofiqdir. Download 56.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling