O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarahamiyati


Download 53.01 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi53.01 Kb.
#1537273
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarahamiyati

Fermer xoʻjaligini tashkil etish. Fermer xoʻjaligini yuritish istagini bildirgan fuqarolar birinchi navbatda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunda belgilab berilgan tartibda uzoq muddatli ijaraga yer uchastkasi ajratishni soʻrab qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi nomiga ariza beradilar. Bunda arizalarni berish va koʻrib chiqish qishloq xoʻjaligi ekinlarini yigʻib olish tugagan vaqtga toʻgʻri kelishi maqsadga muvofiqdir.
Fuqaroning arizasi va umumiy majlis qarori fermer xoʻjaligining biznes-rejasi bilan birga tuman hokimiga yuboriladi. Ushbu hujjatlar tuman hokimi tomonidan besh kun muddatda yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasiga xulosa berish uchun topshiriladi. Komissiya oʻn besh kun muddatda hujjatlar bilan tanishib chiqadi va boʻlajak fermer bilan suhbat oʻtkazadi hamda ijaraga yer berish muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida xulosasini tayyorlaydi. Xulosani yuqoridagi hujjatlar bilan birga tuman hokimiga taqdim etadi.
Tuman hokimi oʻn besh kun muddatda taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, fermer xoʻjaligi yuritish uchun fuqaroga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror tayyorlaydi. Tuman hokimining tavsiyasi bilan viloyat hokimiyatida tuzilgan komissiyaga yuboriladi. Komissiya xulosasiga asosan, tuman hokimi qaror chiqaradi. Tuman hokimi qaror qabul qilingandan soʻng, oʻn kun muddat ichida hokimiyatning yer tuzish va yerdan foydalanish xizmati bilan fermer xoʻjaligi boshligʻi oʻrtasida yer ijarasi shartnomasi tayyorlanib, imzolanishi lozim.
Shartnoma imzolangandan soʻng, oʻn kun muddatda tuman bosh yer tuzuvchisi va shirkat xoʻjaligi vaqili fermer uchun ajratilgan yerni koʻrsatadi va uch nusxadagi dalolatnoma bilan tasdiqlaydi. Fermer xoʻjaligi tuman hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtadi. Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi qaroriga muvofiq, ushbu toifadagi xoʻjaliklar tuman hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • ariza;

  • qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy yigʻilishining yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi oliy boshqaruv organi yoki ish beruvchi (maʼmuriyati)ning fermer xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;

  • notarial tasdiqlangan nizomning ikkita asl nusxasi;

  • davlat boji yoki roʻyxatdan oʻtish toʻlovi toʻlanganligi toʻgʻrisida bank toʻlov hujjati (eng kam ish haqining besh barobari miqdorida);

  • vakolatli shahar (tuman) hokimiyati organlari tomonidan berilgan xoʻjalik nomini tasdiqlovchi hujjat;

  • hokimiyat qarori bilan tashkil etilgan tanlov komissiyasining yer uchastkasi berish haqidagi qarori, ishlab chiqarishni tashkil etishning biznes-rejasi nusxalari;

  • muhr va shtampning uch nusxadagi eskizi.

Fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar boʻlajak fermerning oʻzi yoki shartnoma asosida tuman hokimligining fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qarori yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ariza beruvchi ariza bergan kundan boshlab (yetti) ish kunida, tuman hokimligining fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi qarori bilan bir paytda qabul qilinadi. Shundan soʻng, tuman hokimligi yangi tashkil etilgan fermerga “Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida”gi guvohnoma va tuman hokimiyati muhri bilan tasdiqlangan “ruyxatga olingan” belgisiga ega taʼsis hujjatlarini hamda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani topshiradi.
Fermer xoʻjaligi tashkil etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonunga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin.
Davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi, shuningdek, roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Tuman hokimiyatidagikorxonalarni roʻyxatdan oʻtqazish boʻlimigafuqoro tomonida yuqoridagi hujjatlar taqdim etiladi. Tuman hokimi tomonidan 3 kalendar kunida korxonani tashkil etish yoki rab etish qarori qabul qilinadi.Qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan subyektlar orasida fermer xoʻjaliklariyetakchi kuchga aylanib, ular orasida koʻp tarmoqli fermerlar soni tobora ortib bormoqda. Respublikkning barcha xududlarida2017-yilda 75 mingdan otiqkoʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari tashkil etilib, yangi qoʻshimcha ishlab chiqarish sohalarini, mahsulotlarini qayta ishlash va xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirildi.Dastur doirasida 150 ta goʻsht, sut va meva-sabzavotni qayta ishlash 420 ta korxonalari ishga tushirildi hamda 8316 ta fermer xoʻjaligida servis xizmatlari, 350 dan ortiq Muzlatkich omborxonalar tashkil etilgan.Natijada qishloq joylarda 69 mingga yaqin (rejaga nisbatan 76,1%) yangi ish oʻrinlari yaratilib, ularga qishloq yoshlarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2018-yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha qabul qilingan hududiy Dasturlarga asosan 21 mingdan ortiq fermer xoʻjaliklarini koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish belgilangan, Dasturlar ijrosini amalga oshirish uchun jami 1 586milliard soʻm mablagʻdan ziyot sarflanishi koʻzda tutilib, shundan 991.3 milliard soʻmi fermer xoʻjaliklari oʻz mablagʻlari hisobidan, 595.3 milliard soʻmi tijorat banklarining kredit mablagʻlari jalb etilishi hamda qishloq joylarda 85 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.  Prezident “fermer xoʻjaliklari qishloqlarimizning tayanch ustunidir”, deb taʼrif bergan. Chunki,koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.
2008-2017-yillar oraligʻidagi respublikada faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklar soni va ularning Paxta-gʻallachilik, Sabzovot- polizchilik, sabzavot-gʻallachilik, bogʻdorchilik-uzumchilik, Chorvachilik vaboshqa yoʻnalishlarga viloyatlar kesimida ixtisoslashuvini quyidagi 3.1-jadvaldan koʻrish mumkin.
3.2.1-jadvaldan koʻrinib turibdiki, Respublikada 2008-yilda 217962 ta fermer xoʻjaliki foliyat olib borgan boʻlsa,2017-yilga kelib bu koʻrsatkich 160372 taga oshdi. Bu fermer xoʻjaliklarining asosiy faoliyati turli sohalarga ixtisoslashtirildi. Masalan: 2008-yilda 145016 ta fermer xoʻjaligi paxta va gʻallachilik ixtisoslashgan boʻlib ularning soni 2017-yilga 39691 taga, sabzavotchilik-polizchilikda 7668-6480ta, bogʻdorchilik-uzumchilikda 4491-16683ta, chorvachilikda 12929-6974ta, boshqa yoʻnalishlarda 7368-6602ta fermer xoʻjaliklari faoliyat olib bormoqda.Natijada ixtisoslashganfermer xoʻjaliklaridayerning tabiiy unumdorligini oshirish uchunalmashlab ekish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bogʻdorchilik va uzumchilik sohasi bilan Fargʻona, Samarkand va Qashqadaryo viloyatlari shugʻullangan boʻlsa endilikda boshqa xududlarda ham rivojlanish boʻladi.
2008-2011-yillarda qishloq xoʻjaligida keskin oʻzgarishlar amalga oshirildi. Sobiq sovet tizimidan qolgan sovxoz va kolxozlar toʻliq tugatilib, yirikixtisoslashgan fermermer xoʻjaliklari tashkil qilindi.
2017-yilda fermer xoʻjaliklari soni160 mingdan ortiq boʻlibuning ekin maydoni 3580 501 gektarni tashkil qildi, oʻrtacha bir fermerga 22.3 ga maydoni toʻgʻri kelmoqda. Shu jumladan paxta va gʻallachilika ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari soni 53 862 tani, yer maydoni esa 2 975 454 gektarni tashkil etdi.
Tadbirkorlik subyektlari hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarining shakllanishi va dehqon oʻzining faoliyatidan kelib chiqib dehqonchilik qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Download 53.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling