O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarahamiyati


Download 53.01 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi53.01 Kb.
#1537273
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida ko’p tarmoqlik fermerlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora tadbirlarahamiyati

Birinchidan, qishloq xoʻjaligida oʻtkazilgan samarali islohotlar natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mulkga egaligi tubdan oʻzgardi. Fermerxoʻjaliklariga yerdan uzoq muddatga foydalanish huquqi berildi va ular yerga egalik huquqini his eta boshladilar.
Ikkinchidan, qishloq xoʻjalik korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotga va uni sotishdan tushgan mablagʻlarni tasarruf qilishga boʻlgan huquq oʻzgardi. Fermerlar oʻzlarining hisob raqamlariga tushgan mablagʻlarini mustaqil tasarruf etadigan boʻldilar, bu hol esa,oʻz navbatida, ularda mavjud mablagʻlardan samarali foydalanish toʻgʻrisida fikrlash,mulk egaligini his etish tuygʻusini uygʻotdi.
Uchinchidan, qishloqda mustaqil fikr yuritadigan mulkdorlar sinfi paydo boʻldi. Bularning barchasi qishloq xoʻjaligida mehnat unumdorligining oshishiga, aholini ish bilan bandligi darajasi oʻsishiga va pirovard natijada qishloq aholisining turmush darajasi yuksalib borish omili boʻldi.
Fermer xoʻjaligi mustaqil xoʻjalik yuritish subyekti sifatida oʻziga xos boʻlgan tamoyillarga tayanadi:
1) Fermer xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi, yaʼni, fermer xoʻjaligi aʼzolari oʻz xohishlari, manfaatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib xoʻjalikni tashkil etadi. Qisqacha qilib aytganda fermerlar toʻliq tanlov va tadbirkorlik erkinligiga tayanadilar.
2) Fermer xoʻjaligida mulk egaligi huquqi alohida xususiyatga ega. Fermer xoʻjaligidagi mol-mulk shu xoʻjalik aʼzolarining xususiy mulki boʻlganligi tufayli, ular bu mulkni yaxshi saqlanishi va koʻpayib borishidan manfaatdor.
3) Fermer alohida statusga ega shaxs sifatida yuzaga chiqadi, yaʼni bunda oʻz mehnati bilan ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mehnatkash, yuqori foyda olishni koʻzlab oʻz mol-mulkini tavakkalchilik asosida ishlab chiqarishga jalb etgan tadbirkor va maʼlum bir intelektual qobiliyatga ega boʻlgan boshqaruvchi bir shaxs timsolida mujassamlanadi.
4) Fermer xoʻjaligida mehnatning xarakteri ham oʻziga xos xususiyat kasb etadi. Agrar ishlab chiqarishning doimiy ravishda jonli organizmlar bilan bogʻliq holda yuritilishi, bu sohada ishlab chiqarishga haqiqiy javobgarlik hissi bilan yondashuvchi, uning natijalaridan bevosita manfaatdor shaxslar mehnat qilishi lozimligini koʻrsatadi. Fermer faqat uning oʻzi va oilasining farovonligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan erkin, ijodiy mehnatdagina oʻzining qobiliyatlari va mahoratini toʻlaligicha namoyon eta oladi.
5) Fermer xoʻjaligini asosini jamiyatining boshlangʻich boʻgʻini - oila tashkil etadi. Oilaviy xoʻjalikda oʻzgacha ijtimoiy va maʼnaviy muhit mavjud boʻlib, bu yerda har bir shaxsning manfaati butun oila manfaati bilan qoʻshilib ketadi. Bunda mehnat jamoasi vakillarining bir-biriga boʻlgan ishonchi yuqoriligi sababli, har bir kishiumumiyoila farovonligi yoʻlida vijdonan va sifatli mahnat qiladi, mehnat va uning natijalarini qadrlashga oʻrganadi, oʻzaro yordam va shaxsiy javobgarlik xislatlariga moslashadi2.
6) Fermer xoʻjaligi qisman bozorga yoʻnaltirilgan mayda tovar xoʻjaligi sifatida bozor konyukturasiga tez moslashuvchan boʻladi. Bunday xoʻjaliklar bozor holatidagi ozgina oʻzgarishni ham tezda ilgʻab, bozordagi isteʼmolchilar talabiga mos taklif bilan chiqishga intiladi. Fermerning mahsulotiga oʻrnatiladigan baho bozorda, xaridorlar tomonidan oʻrnatilishi tufayli, uning uchun mahsulot sifatini xaridorlar didiga moslashdan boshqa iloj qolmaydi. Bu holatlar bir tomondan aholini zarur mahsulotlar bilan oʻz vaqtida, kerakli miqdorda va sifatda taʼminlash imkonini yaratsa, ikkinchi tomondan bozorlar moʻl-koʻlchiligi sharoitida baholarning asta-sekin arzonlashib borishiga sabab boʻladi.
7) Fermer xoʻjaligi respublikamiz qishloq xoʻjaligida rivojlanib borayotgan tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorlgini oshirishga imkon beruvchi kuchli ragʻbatlardan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu xususiy tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish orqali ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish moʻljallangan.
Istiqbolda fermer xoʻjaliklari samarali faoliyat yuritish uchun ijaraga olinganekin maydonlariga samarali zamonaviy texnika bilan taʼminlangan, ilgʻor texnologiyalarni puxta egallagan yirik xoʻjaliklardir. Fermer xoʻjaligini tashkil etish uchun,har qanday fuqoro tomonidan oʻzi yashab turgan tuman hokimiyatiga quyidagi hujjatlar asosida murojoat etishlari mumkin.



Download 53.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling