O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi. Lotin alifbosi bilan tanishish


-sabab. Amaldagi lotin alifbosi ko‘p noqulayliklarga ega


Download 212.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.03.2023
Hajmi212.17 Kb.
#1270491
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

1-sabab. Amaldagi lotin alifbosi ko‘p noqulayliklarga ega. 
Birinchi noqulaylik o‘ va g‘ harflari bilan bog‘liq. Bu harflarni klaviaturada 
alohida tugmachalarga bog‘lab qo‘yishning iloji yo‘q. Qolaversa, (ko‘chish) belgisi 
tutuq belgisi bilan shaklan o‘xshash. Ularni ifodalash uchun biz klaviaturadagi bir 
necha (birvarakayiga 5 ta!) tugmalar kombinatsiyasidan foydalanamiz yoki matnni terib 
bo‘lgach, o‘ va g‘ harflarini “avtozamena” funksiyasi orqali umumiy almashtiramiz. Bu 
— masalaning texnik jihati. Amalda esa, masalan, “to‘g‘ri” so‘zidagi ikki qo‘shimcha 
belgidan birining tushib qolishi ko‘p uchraydi (yo “to‘gri”, yo “tog‘ri”), hatto savodli 
yozilgan matnlarda ham. Bu harflar matn terishda noqulaylik tug‘diradi. 
Ikkinchi noqulaylik sh va ch harflari bilan bog‘liq: bu harflar ingliz yoki boshqa 
tillar uchun qulaydir (chunki ularda aksar so‘zlar qisqa, sh, ch harflarining bir so‘zda 
ikki marta ishlatilishi yoki o‘zakka shu harflar ishtirokida qo‘shimcha qo‘shilishi 
uchramaydi), ammo o‘zbek tilida bu harflar noqulaylik keltirib chiqarmoqda. Shu 
undoshlar bir necha marta ishtirok etgan qashshoq, cho‘chish, shishish, pashsha, ishchi, 
uchrashish kabi so‘zlar yozishga ham, o‘qishga ham noqulay. Shu sababli ijtimoiy 
tarmoqlarning ko‘pchilik foydalanuvchilari harflarni allaqachon w, 6, 4 kabilar bilan 
almashtirib olishgan. Qatordan qatorga ko‘chirganda esa kompyuter ikki belgini bir-
biridan ajratib yuboradi. Bu qo‘sh harflarning alifboga kiritilishi (e'tibor bering, ingliz 
alfavitida ular yo‘q, harf birikmalari sifatida alohida o‘rgatiladi) va alifbomizda yo‘q “s” 
harfi ishtirokida qo‘sh harfning yasalishi (ch) esa mantiqsizlikdan o‘zga narsa emas. 
Uchinchi noqulaylik — “ts” tovushining hozirgi lotin alifbosida alohida harf bilan 
berilmagani. Biz “ts”ni o‘rniga qarab “ts” yoki “s” bilan ifodalaymiz. To‘g‘ri, “ts” 
turkiy tillar uchun yot tovush. Ammo til taraqqiyoti natijasida bu tovush ishtirokidagi 
internatsional so‘zlar, terminlardan keng foydalanayapmiz. Ko‘pchilik “ts”ni hamma 
o‘rinda “s” deb talaffuz etish va yozishni taklif qilayapti. Lekin shunday atamalar borki, 
“s” bilan yozilganda, omonim bo‘lib qoladi: sanga – sanga, seriy – seriy, sokol – sokol 
va hokazo. Bu aynan shunday matnlarni ko‘p yozadigan mutaxassislar, abituriyentlar va 
talabalar tomonidan ma’qullanmayapti. 
To‘rtinchi noqulaylik “ye”, “yo”, “yu”, “ya” kabi “yo”lashgan unlilar imlosi bilan 
bog‘liq. Shu paytgacha, masalan, qachon “yu” va qachon “u” yozilishi bu harflarning 
kelgan o‘rni va bajaradigan vazifasiga bog‘liq deb kelingan (Rahmatullayev Sh. O‘zbek 
tilining yangi alifbosi va imlosi. – Toshkent: Universitet, 1999). Lekin bu qarash ushbu 
harf birikmalarining imlosini murakkablashtirib yubordi. Natijada hatto imlo 
lug‘atlarida ham variativlik ko‘payib ketdi: sentabr – sentyabr, budjet – byudjet, rejissor 
– rejissyor. 
2-sabab. Kirill alifbosi cheklanmagan, u hamma joyda lotincha bilan teng 
ishlatilishi mumkin. Demak, undan voz kechmasa ham bo‘laveradi. Shunday ekan, kim 
boshini qotirib yangi alifboni o‘rganadi, unda o‘qish va yozishga o‘tadi? 

Download 212.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling