O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi. Lotin alifbosi bilan tanishish


Download 212.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.03.2023
Hajmi212.17 Kb.
#1270491
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

 


Nima qilmoq kerak? 
Xalq ertaklarini eslang: bosh qahramon oldidan uch yo‘l chiqadi – borsa kelar, 
borsa xatar va borsa kelmas. Biz ham ayni damda shunday uch yo‘l qarshisida qoldik: 
-hech narsani o‘zgartirmaslik; 
-lotin alifbosini isloh qilish; 
-kirillchaga qaytish. 
Hech narsani o‘zgartirmaslik tarafdorlari bir xatoni to‘g‘rilayman deb bir necha 
xatoga yo‘l qo‘yish mumkinligidan ogohlantiradilar. Kechuvda otni almashtirmaydilar 
degan gap bor. Hozir biz alifboni almashtiradigan bo‘lsak, yana qancha hujjatlar, 
kitoblar, darslik va qo‘llanmalar – xullas, ancha narsalarni o‘zgartirishimiz kerak. Bu 
ko‘p xarajat, mehnatni talab qiladi, ayrim chalkashliklarga, hatto talafotlarga olib keladi. 
Qolaversa, jahon hamjamiyati oldida beburd bo‘lib qolishimiz ham mumkin. Axir bu 
alifbo va imlo borasida so‘nggi 100 yil ichida qilingan oltinchi islohot bo‘ladi. Bu 
hadiklarda jon bor. Lekin hozirgi ahvolimiz yaxshimi? 
Biz bir botqoqda o‘tiribmiz: badbo‘y, xunuk bo‘lsa-da, o‘zimiz ko‘nikkan, 
iliqqina joy. Faqat botqoq baribir botqoq-da. Alifbomizda yozib bo‘lmaydi, u 
kirillchaning o‘rnini bosolmaydi, uni siqib chiqara olmaydi. Bugun biz qilmasak, ertaga 
avlodlar, xullas, kimdir baribir ahvolni o‘zgartirishi kerak. Muammolardan qochib 
qutulib bo‘lmaydi, yagona yo‘l – ularni hal qilish. 
Ikkinchi yo‘l – joriy alifboni isloh qilish. Bu bilan alifbo qulaylashadi, undan 
foydalanish istagi ortadi. Xo‘sh, qaysi jihatlarini isloh qilish kerak? Matn bilan ko‘p 
ishlaydigan odam sifatida bu borada quyidagi takliflarni kiritaman: 
-o‘ va g‘ harflarini bir belgi bilan ifodalash; 
-sh va ch uchun alifboda harf birikmasi emas, harf ajratish
- “ts” tovushini “s” harfi bilan ifodalash; 
- “yolashgan” unlilar (yo, ye, yu, ya)ni har doim “yo”, “ye”, “yu”, “ya” tarzida 
qo‘llash; 
-yangi imlo qoidalari asosida yagona imlo lug‘ati tuzish va faqat shu lug‘at 
asosida ishlash mexanizmini ishlab chiqish. 
O‘zbek tili va adabiyoti universiteti yagona, ko‘p so‘zli imlo lug‘ati hamda ism-
lar, joy nomlari lug‘atini tuzib, nashrga tavsiya etsa, respublikadagi barcha o‘quv 
muassasalari, nashriyotlar, tahririyatlar shu lug‘atlar asosida ishlasa, maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi. 
Mana shu islohotlar alifboni qulaylashtirishi va ommalashtirishi yo‘lida katta 
qadam bo‘ladi. Lekin shuning o‘zi bilan ish bitmaydi. Hozir bolalarga, maktab 
o‘quvchilariga, abituriyentlarga, talabalarga mo‘ljallangan kitoblar, darslik va 
qo‘llanmalar lotin alifbosida, keng omma uchun kitoblar esa kirill alifbosida 
chiqarilayapti. Chunki lotin alifbosi yetarlicha ommalashmagani, kirillda o‘qiydiganlar 
soni ko‘pligi sabab kirillcha kitoblarga talab yuqori, bozor shartlariga rioya qilib 
ishlaydigan nashriyotlar esa kitoblari yaxshi sotilishi uchun xaridor talabiga ko‘ra 
kirillcha kitoblarni nashr etishadi. Agar lotin alifbosida chop etiladigan kitoblarga 
iqtisodiy imtiyozlar yaratilsa va ularning tannarxi arzonlashsa, kirillcha kitoblar esa 
qimmatlashsa, tabiiyki, ko‘pchilik lotin alifbosidagi arzonroq kitobni oladi. Natijada bir 
o‘q bilan ikki quyon uriladi: noshirlar lotin alifbosida kitob chiqarishga 
rag‘batlantiriladi, aholi o‘rtasida esa bu alifboni o‘rganish jadallashadi. Bundan 
tashqari, oldimizga aniq muddat qo‘yishimiz kerak. Olaylik 3 yo 5 yildan so‘ng kirill 
alifbosining qo‘llanish doirasi cheklansa va bu doira muntazam toraytirib borilsa, 


albatta, odamlarda lotin alifbosini o‘rganishga rag‘bat paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, bu jiddiy 
va inqilobiy yo‘l. Lekin lotinlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan qardosh 
millatlar tajribasi bu usul samarali ekanini ko‘rsatib turibdi. 
O‘zi nimaga lotinga o‘tgandik? Mustamlakachilarning alifbosida yozishni 
istamaganimiz uchun. Biroq 90-yillarning ehtirosi bugun so‘ndi-ku. Alifboni siyosatdan 
ajratib, unga bu qadar ulkan siyosiy ma’no yuklamasmiz balki? 
Nima bo‘lganda ham, qo‘shalifbolik holatidan chiqib ketishimiz kerak. Bu masala 
bugun kun tartibida yanada dolzarb tus oldi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi 
“O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF–5850-son Farmoni
,
“Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada 
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil
20-oktabrdagi 
PF–6084-son 
Farmoni, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich 
to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son 
qarori qabul qilindi. Qarorda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga 2023-yil
1 yanvargacha to‘liq o‘tilishi belgilangan. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasi asosida O‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti qoshida ishchi guruh tuzildi. Bu guruh mavjud ahvolni o‘rganib, lotin 
alifbosini isloh qilish bo‘yicha takliflarni taqdim etishi kerak. Ayni kunlarda guruh ishi 
jadal davom etmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda bu masala keng muhokamaga qo‘yilgan. 
Lekin bu bilan ish bitmaydi, muhokamada O‘zbekistonning har bir fuqarosi ishtirok 
etishi kerak. Shu sababli matbuot, bosma nashrlar ham masalani kengroq yoritishi va 
aholi fikrini o‘rganish bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirishi shart. 

Download 212.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling