O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati мавзунинг режаси: Tayanch iboralar
Download 4,22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ !
O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyatiМАВЗУНИНГ РЕЖАСИ:Tayanch iboralar:O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TO‘G‘RISIDAMazkur Qonun “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 15-yanvardagi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan. 1-modda. Ommaviy axborot vositalari Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin. 2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. 4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q. 5-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini Davlat tili haqidagi Qonunga muvofiq amalga oshiradi. 10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik Ommaviy axborot vositasi xabar, ma’lumot, fakt yoki dalillar taqdim etgan manbaning yoki taxallusini qo‘ygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Ommaviy axborot vositasi axborot manbaining yoki taxallusini qo‘ygan muallifning iltimosiga binoan sudda uning nomidan ishtirok etishi mumkin. ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ !Download 4,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling